Chiziqli diagrammalar
.
Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bо‘lib, ular
yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog‘lanishlar, taqsimlanish
qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish kо‘rsatkichlari tasvirlanadi. Chiziqli
diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal
о‘qqa (ordinata о‘qi) olingan masshtabda dinamika qatorining kо‘rsatkichlari yoki
natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi.
Gorizontal о‘qqa (absissa о‘qi) ma’lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari)
yoki faktor belgisining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin о‘qlardagi
har qaysi nuqtachalardan qarama-qarshi о‘qqa nisbatan parallel ravishda
perpendikulyar chiziqlar о‘tkaziladi. Ularning о‘zaro uchrashgan nuqtalari
(ordinata chо‘qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq chiziq hosil
bо‘ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini yoki о‘rganilayotgan hodisalarning
о‘zaro bog‘lanishini tasvirlaydi.
Intervalli (oraliqli) variatsion qatorlar uchun tuzilgan diagramma esa
taqsimlanish gistogrammasi deb yuritiladi. 4.4-grafikda О‘zbekiston fermer
xо‘jaliklarida paxta terimchilarining kundalik terim normasini bajarish darajasi
bо‘yicha taqsimlanishi gistogramma shaklida tasvirlangan.
Chiziqli diagrammalar kо‘pincha siniq chiziq shaklida tuziladi. Ammo
murakkab hodisa va jarayonlarni о‘rganishda bu shakl har doim qо‘l kelavermaydi.
Ayrim hollarda chiziqli diagrammani spiral shaklida tuzish maqsadga muvofiqdir.
Spiral shaklli diagrammalar о‘rganilayotgan tо‘plamning umumiy о‘zgarishi
bilan bir vaqtda uning tarkibiy qismlarining о‘zgarishini ham tasvirlash yoki
hodisaning davrma-davr (masalan, yilma-yil) о‘zgarishi bilan bir yо‘la har bir davr
ichidagi (masalan, oyma-oy) о‘zgarishini ham aks ettirish zarur bо‘lganda
qо‘llaniladi.
Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammlar. Ustun (yoki tasma) shaklli
diagrammalar statistik ma’lumotlarni kо‘rimli qilib tasvirlashning eng oddiy
usulidir. Ular har xil kо‘rsatkichlarni taqqoslash, murakkab hodisalarning tuzilishi
va ularning zamonda (vaqtda) о‘zgarishini tasvirlash uchun xizmat qiladi.
Sektorli diagramma bо‘laklarga ajratilgan doiradan iborat bо‘lib, ularning
kattaligi tasvirlanuvchi sonlarga mos keladi. Bunday diagrammalar yordamida
murakkab hodisalarning tarkibiy qismlarga taqsimlanishi, ya’ni ularning
strukturasi tasvirlanadi. Ular quyidagi tartibda tuziladi. Doira chizilib, uni
о‘rganilayotgan tо‘plamning umumiy yig‘indi soni (100%) deb qabul qilinadi.
Keyin esa tarkibiy qism sonlariga proporsional holda doira sektorlarga bо‘linadi.
Buning uchun sektorlarning markaziy burchaklari topilib, transportir yordamida
ular doirada belgilanadi. Agar butun va bо‘lak sonlar absolyut miqdorda
ifodalangan bо‘lsa, markaziy burchaklarni aniqlash uchun 360
0
ni umumiy butun
songa bо‘lib, masshtab belgilanadi va uni ketma-ket bо‘lak sonlarga kо‘paytiriladi.
Agarda hodisaning tuzilishi tuzilmaviy nisbiy miqdorlar bilan ifodalangan bо‘lsa
(umumiy tо‘plam 100% deb olinib, uning ayrim qismlari jamiga nisbatan
protsentda hisoblangan), u holda masshtab 3,6
0
ga teng (360
0
: 100%) bо‘lib, ayrim
qismlarning salmog‘i (% da hisoblangan) unga kо‘paytiriladi.
Grafiklarning
ta’sirchanligini
kuchaytirish
uchun
diagrammlar
о‘rganilayotgan hodisalarning tasvirlari (suratlari) ni chizish yо‘li bilan tuziladi.
О‘lchov birligi qilib shartli ravishda tasvirlanayotgan hodisa surati (figurasi)
olinadi. Masalan, temir yо‘lda yuk aylanmasining о‘sishini tasvirlash uchun yuk
vagonlari chiziladi.
Jо‘g‘rofiy tuzilishga ega bо‘lgan statistik qarorlar statistik xarita shaklida
tasvirlanadi. Bu xaritalar о‘rganilayotgan hodisalarning hududiy taqsimlanishida
qanday xususiyat va qonuniyatlar mavjudligini oydinlashtiradi. Ular ishlab
chiqaruvchi kuchlarni iqtisodiy mintaqalar bо‘yicha joylashtirish va rivojlantirish
masalalarini о‘rganishda, iqtisodiy resurslardan foydalanishni hududiy kesimda
qarab bu boradagi miqdoriy nisbatni va qonuniyatlarni belgilashda juda qо‘l keladi.
Statistik xaritalar iqtisodiy jо‘g‘rofiy xaritalardan farq qiladi. Iqtisodiy-
jо‘g‘rofiy xaritalar ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatdan tavsiflab va
chamalab (baholab), ularning jо‘g‘rofiy joylanishini katta aniqlik bilan mufassal
tavsiflaydi. Statistik xaritalar esa shu masalalarga oid statistik ma’lumotlarni
umuman hududiy kesimda fazoviy miqdoriy nisbatlarni yaqqolroq tasavvur
qilishga imkon beradi. Demak, iqtisodiy jо‘g‘rofiy xaritalar iqtisodiy resurslarning
joylanishini sifat tomondan ta’riflab bersa, statistik xaritalar esa uni miqdor
jihatidan ifodalaydi. Bu о‘rinda statistik xaritalarni, umuman jо‘g‘rofiy kesimda
tuzilgan statistik jadvallar mazmunini tasviriy ifodalash deb ta’riflash mumkin
bо‘lar edi. Ammo ular bunday jadvallarga nisbatan bir muncha sermazmundir,
chunki tasviriy til jadval tiliga qaraganda jо‘g‘rofiy jadvallarda ifodalangan miqdor
va nisbatlarni fazoda belgilab olish uchun yaxshiroq moslashgandir. Demak,
statistik xaritalar jо‘g‘rofiy tartibda tuzilgan jadvallarni zо‘raytirib beradi.
Statistik xarita shunday konturli jо‘g‘rofiy xaritaki, unda faqat ma’muriy
bо‘linmalarning konturlari (ayrim hollarda yana suv arteriyalari) mavjud bо‘lib,
ular chegarasida statistik ma’lumotlar shartli belgilar bilan tasvirlanadi.
Statistik xaritalar kо‘zlangan maqsad va vazifalarga qarab uch turga -
xaritogramma va xaritodiagrammalarga va markazgrammalarga bо‘linadi. Agarda
biror hodisaning hududlar bо‘yicha taqsimlanishini tasvirlash zarur bо‘lsa, u holda
xaritogramma qо‘llaniladi. Ammo maqsad ayrim mintaqalarni berilgan belgilar
asosida tо‘laroq ta’riflashdan yoki mintaqalararo aloqalarni tasvirlashdan iborat
bо‘lsa, u holda xaritodiagramma tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |