4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar reja


Voqea  va  hodisalarni  о‘rganish  jarayonida  va  qо‘yilgan  vazifalarga



Download 168,85 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana21.01.2022
Hajmi168,85 Kb.
#398482
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu maruza manti

 

Voqea  va  hodisalarni  о‘rganish  jarayonida  va  qо‘yilgan  vazifalarga 

qarab  ega  va  kesim  о‘z  о‘rinlarini  almashtirib  turishi  mumkin.  Statistik 

jadval    ixcham  va  kо‘rimli  chiqishi  uchun,  uni  tuzishda  quyidagi  qoida  va 

tartiblarga amal qilish kerak: 

  

1.  Jadvallar  hajmi  katta  bо‘lmasligi  kerak.  Murakkab  tо‘plamlarni 




о‘rganishda  jadval  hajmini  kengaytirmasdan,  yaxshisi  ikki  va  undan  ortiq  о‘zaro 

bog‘langan  jadvallar  tuzish  kerak.  Jadvallar  aniq,  tushunarli  va  о‘qishga  oson 

kо‘rinishda tuzilishi kerak. 

 

2.  Jadvalning  umumiy  nomi  undagi  ega  va  kesimlar  mazmunini  ifodalashi 



lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas. 

3. 


 

Jadvalda  bir-biri  bilan  bog‘liq  kо‘rsatkichlar  birin-ketin,  sodddan 

murakkabga о‘sib borish tartibida joylashtirilishi lozim. 

4. 


 

Jadvaldagi ma’lumotlar mazmunini anglash oson bо‘lishi uchun ularni bir 

xil aniqlik darajasi bilan butunlashtirib, kattaroq sonlar orqali ifodalash lozim. 

5. 


 

Shartli  belgilashlarga  katta  e’tibor  berish  kerak.  Zarur  bо‘lganda  ayrim 

kо‘rsatkichlar  yoniga  yulduzcha  yoki  raqamlar  qо‘yilib,  ularni  qayerdan  yoki 

qanday hisoblab olinganligi ilova tarzida berilishi kerak. 

6. 

 

Hodisa  sodir  bо‘lganligi  tо‘g‘risida  ma’lumotlar  bо‘lmasa,  jadvalda  shu 



kо‘rsatkich  о‘rniga  “ma’lumot  yо‘q”  yoki  nuqtalar  (...)  qо‘yiladi,  agarda  hodisa 

umuman  sodir  bо‘lmagan  bо‘lsa,  tire  (-)  belgisi  bilan  ifodalanadi.  Jadvallarni 

tuzish  texnikasi  yaxshi  egallansa,  ularni  о‘qish  va  tushunish  ishi  ancha 

osonlashadi. 

Statistik  ma’lumotlarni  keng  omma  uchun  tushunarli,  ta’sirchan,  diqqatga 

sazovor  va  lо‘nda  qilib  bayon  etish  juda  muhimdir.  Grafik  usuli  ana  shu  maqsad 

uchun xizmat qilib, amalda keng qо‘llanadi.  

Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma’lumotlarni shartli 

olingan  meyorda  tuziluvchi  har  xil  geometrik  shakl  va  chiziqlar,  predmetlarning 

tasvirlari  (suratlari)  hamda  geografik  xaritalarda  nishonlangan  shartli  belgilar 

yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini о‘ziga tez jalb etish bilan 

birga  ma’lumotlarni  esda  yaxshiroq  saqlash,  tо‘laroq  va  chuqurroq  tasavvur 

qilishga  imkon  beradi.  Shuning  uchun  grafiklar  iqtisodiy,  madaniy  va  umuman 

ijtimoiy 

taraqqiyotning 

barcha 


sohalarida 

erishilayotgan 

yutuqlarimizni 

ommalashtirishda muhim qurol vazifasini о‘taydi. 

Shunday qilib, statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni 

soddalashtirish,  ayonlashtirish,  umumlashtirish,  yakunlashtirish  va  pirovardida 

tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bо‘lamiz.  

Bu  usul  turli  hodisalarni  taqqoslashda,  ularni  dinamikasi  va  о‘zaro 

bog‘lanishlarini  tahlil  qilishda,rejalarni,  davlat  buyurtmalarini  bajarish  ustidan 

nazoratni  amalga  oshirishda,  о‘rganilayotgan  murakkab  tо‘plamlarning  tuzilishini 

tekshirishda, ayrim voqealarning yoyilish kо‘lamini tasvirlashda qо‘llanadi. 

 

Grafiklar  tuzilish  shakli  va  qanday  jarayonlarni  tasvirlashi  jihatidan  har  xil 



turlarga, tasnifiy guruhlarga bо‘linadi. 

 

Diagramma  deganda  statistik  ma’lumotlarni  geometrik  shakllar  yordamida 




tasvirlash  tushuniladi.  Agar  ma’lumotlar  shartli  belgilarni  geografik  kartalarga 

tushirish  yо‘li  bilan  tasvirlansa,  bunday  grafiklar  kartogrammalar  deb  ataladi. 

Kartodiagrammalar  diagramma  va  kartogrammalarning  aralashmasidan  tashkil 

topadi.  Bu  holda  geografik  kartalar  hodisalarning  hududiy  taqsimlanishiga  qarab 

konturlarga  (bо‘laklarga)  bо‘linadi  va  ularda  ma’lumotlarni  tasvirlovchi 

diagrammalar  keltiriladi.  Kartogramma  va  kartodiagrammalar  hodisalarning 

makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qо‘llanadi. 

 

Grafiklarning  asosiy  turi  diagrammalardir.  Ularni  tuzayotganda  kо‘pincha 



yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi. 

 

Statistik  ma’lumotlarni  grafiklarda  tasvirlash  uchun  avvalo  masshtab  qabul 



qilinadi va unga qarab shkala tuziladi. 

 

Masshtab  deb  sonlar  bilan  ifodalangan  kо‘rsatkichlarni  tekislikdagi  tasviriy 



nisbatlarga  aylantiruvchi  shartli  meyorga  aytiladi.  U  о‘rganilayotgan  hodisaning 

qanday  miqdori  tekislikdagi  chiziqning  bitta  birligiga  teng  deb  shartli  ravishda 

qabul  qilinganligini  bildiradi.  Masalan,  О‘zbekistonda  paxta  yetishtirish 

diagrammasini tuzayotganda 1 mln.t. paxtani 1 santimetrga teng deb qabul qilsak, 

bu meyor ushbu grafikning masshtabi hisoblanadi. 

 

Shkala  deganda  shunday  chiziq  tushuniladiki,  uning  ayrim  nuqtalari 



tasvirlanayotgan  hodisaning  ma’lum  miqdorlariga  teng  bо‘ladi  va,  demak,  shu 

miqdor deb о‘qilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir (4.2-tarh). 

 

 

      0             10            20            30            40           50 



 

1-chizma. Shkala (teng meyorli). 

 

1) shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq; 



2) chiziqlar bilan nishonlanib ma’lum  tartibda shkala tayanchiga joylashgan 

nuqtalar; 

3) shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar. 

 

Shkala  tayanchining  har  bir  nuqtasiga  о‘rganilayotgan  hodisaning  ma’lum 



miqdori mos keladi va, aksincha, hodisaning har bir miqdorini chiziqdagi ma’lum 

nuqta  ifodalaydi.  Masalan:  2000  yil  О‘zbekistonda  3.8  mln.  tonna  paxta  hosili 

olingan  edi.  Agar  masshtabni,  yuqorida  aytilganidek,  1  sm.  1  mln  tonna  paxtaga 

teng  deb  olsak,  u  holda  shkala  tayanchi  chizig‘ining  sanoq  boshlanadigan  “0” 




nuqtasidan  3.8  sm  uzoqlikda  yotgan  nuqtasi  jami  yetishtirilgan  paxtani  bildiradi 

yoki aksincha, 3.8 mln tonna paxta “0” nuqtasidan 3.8 sm olislikda  yotgan nuqta 

orasidagi masofa о‘lchami bilan tasvirlanadi. 

 

Shkala  tayanchi  tо‘g‘ri  chiziqdan  yoki  egri  chiziqdan  iborat  bо‘lishi 



mumkin.  Shunga  qarab  shkalalar  tо‘g‘ri  chiziqli  va  egri  chiziqli  shkalalarga 

bо‘linadi.  Tо‘g‘ri  chiziqli  shkalaga  oddiy  millimetrli  chizg‘ich  (lineyka)  misol 

bо‘la  oladi.  Soatning  siferblati  esa  egri  chiziqli  shkalaga  misoldir.  Kо‘p  о‘lchov 

asboblari  yoysimon  egri  chiziqli  shkalaga  ega.  Bundan  tashqari  shkalalar  teng 

meyorli  va  о‘zgaruvchan  meyorli  bо‘lishi  mumkin.  Grafiklarni  statistikada 

qо‘llayotganda  odatda  teng  meyorli  shkalalardan  foydalaniladi.  Tasvirlanayotgan 

miqdorlar  bir-biridan  keng  kо‘lamda  farq  qilsa,  grafiklarni  tuzishda  о‘zgaruvchan 

meyorli  shkalalar  ishlatiladi.  Bu  turdagi  shkalalar  qatoriga  logarifmik  yoki 

nimlogorifmli  shkala  kiradi.  Unda  shkala  tayanchidagi  kesmalar  tasvirlanayotgan 

miqdorlarning logarifmlariga proporsionaldir. 

 

Chiziqli  va  yassi  diagrammalarning  juda  kо‘p  turlari  mavjud  bо‘lib,  ular 



orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat. 

 


Download 168,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish