4-mavzu sifat, son so’z turkumlari (2 soat) reja


Fe’ldan sifat yasovchi affikslar -g’/-q/-k (



Download 125,61 Kb.
bet4/13
Sana11.04.2022
Hajmi125,61 Kb.
#544221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-MAVZU.SIFAT, SON SO’Z TURKUMLARI

Fe’ldan sifat yasovchi affikslar -g’/-q/-k (undoshdan keyin: -ig‘/-iq/-ik//ug`/-uq/-uk) affiksi fe’l o`zagidan anglashilgan harakat yoki holat bilan bog`liq bo`lgan belgini bildiradi. Mas: Qurug` tash uza o’ltursa erdi (Taf., 10 a). Degay-sen kim, yatibdur bir kesuk bash (Nav. MQ, 7). Bo’lman ashifta buzuq kishvar uchun (ShN, 155). Eski o`zbek tilida fe’ldan sifat yasovchi yana ayrim affikslar mavjud bo`lib, bularning qo`llanishi ancha chegaralangan va ba’zi fe’llardangina sifat yasaydi. Bulardan quyidagilarni ko`rsatish mumkin: -unYuzi to’lun ay-tek bolg`ay (Taf., 61 b). -riQuyi egriligi chindur (Lutf., 180 b).

Sifat darajalari Eski o`zbek tilida ham sifatning qiyosiy va orttirma darajalarini ifodalovchi maxsus formalar mavjud bo`lgan. Qiyosiy daraja Sifatlarda qiyosiy darajani ifodalash uchun quyidagi usullardan foydalanilgan. Sintetik usul. Bu usul sifatga -raq/-rak affiksini orttirish yo`li bilan hosil bo`ladi. Qiyosiy darajaning bu formasi sifatda ifodalangan belgining kamligini, kuchsizligini ko`rsatadi. Mas: Ul yaxshiraq turur sizga (Taf., 77 b). Qayu et tatliraq bo’lsa,.. (Rabg`., 16 b). Yana bir budnadur.., qizilroq rangi bar (BN, 362). Bizlarg`a halifa Ahmadjan namlik bir kattaraq bala erdi (Furq. II, 133). -raq/-rak affiksi ravishlarga, miqdor bildiruvchi so`zlarga, umuman, harakat yoki holat belgisini ko`rsatuvchi so`zlarga qo`shilganda, harakat yoki holat belgisining kamligini ko`rsatadi: tezrak yurdi, ko’prak keltirdi, azraq berdi kabi.


Analitik usul. Bu usul chiqish kelishigi affiksi yordamida hosil bo`ladi. Mas: Jandin artuq mehribanimg`a salam (Lutf., 222 b). Ey jandin artuq sevganim, qasd etma axir janima (Sakk., 17 b). Mundin yaxshi at bo’lmas (Sh. tar., 44).
Eski o`zbek tilida bu usul nisbatan kam qo`llangan
Murakkab usul. Bu usul sintaktik va analitik usullarning birikuvidan hosil bo`lib, eski o`zbek tilida keng iste’molda bo`lgan. Mas: Qamug`din azizrak do’stum Muhammad turur (Rabg`., 95 a). Mundin yaxshiraq guvah bo’lmas (Sh. tar., 54).

Download 125,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish