4-mavzu: shaxsning ijtimoiy ustanovkalari reja


Ustanovkalarning to‘rt bosqichli tizimi



Download 53,46 Kb.
bet5/9
Sana28.04.2022
Hajmi53,46 Kb.
#589185
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5.Ustanovkalarning to‘rt bosqichli tizimi

Ijtimoiy ustanovkaning yaxlitlilik g‘oyasi ilgari surilganidan so‘ng rus olimi V.A. Yadov bu borada o‘zining dispozitsion nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariya «Shaxsning ijtimoiy xulqatvorini boshqarishning dispozitsion konsepsiyasi» deb nomlanadi.


Bu nazariyaga ko‘ra turli dispozitsion hosilalarning darajalar ieararxiyasi quyidagicha yuzaga keladi: har bir dispozitsiyaga nisbatan ehtiyojlar darajasi bilan bu ehtiyojlarni qondirish jarayonidagi vaziyatlar darajasi kesishishi darkor. V.A. Yadov o‘zining dispozitsion nazariyasida ustanovkalarni to‘rt bosqich va to‘rt tizimliligini tasavvur qilgan holda izohlaydi va o‘z ilmiy xulosalarini quyidagi darajada joylashtirib asoslab berdi:
Birinchi daraja — bunday daraja g‘arb tadqiqotchilarida set termini bilan ma’lum va mashhur bo‘lib, oddiy vaziyatlarda namoyon bo‘luvchi ehtiyojlar ustanovkasi sifatida yuzaga chiqadi. Demak, elementar (sodda) ustanovkalar (set) — oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko‘pincha ongsiz tarzda hosil bo‘ladigan ustanovkalar. Ularni o‘zgartirish uchun moddiy shart-sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o‘zgartirish kifoya. D.N. Uznadzening fikricha, bunday ustanovkalar eng sodda vaziyatlarda, oilaviy muhitning oddiy shart-sharoitlarida shakllanadi.
Ikkinchi daraja — biroz murakkabroqdir, chunki bunga kichik guruhlarda kechadigan muloqot bilan bog‘liq shaxs ehtiyojlarini qondirishga qarajilgan faoliyat kechinmalari kiritiladi. Bu yerda shaxs faoliyati bilan bogliq ijtimoiy obyekt talabiga nisbatan ma’lum munosabatlarning tarkib topish jarayoni yotadi. Bu esa g‘arbda qabul qilingan «uch komponentli tuzilma» — «kognitiv», «affektiv», «xulq-atvor»lardan iborat ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Demak, ijtimoiy ustanovkalar (attityud) — ijtimoiy vaziyat ta’sirida ijtimoiy obyektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar hisoblanadi. Ularni o‘zgartirish uchun ijtimoiy shart-sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
Uchinchi daraja — ijtimoiy ustanovka manbai sifatida ijtimoiy faollikka nisbatan shaxsning umumiy qiziqishlar yo‘nalishini o‘z ichiga oladi. Bunda shaxs o‘z ehtiyojlarini qondirish bilan birga aniq faoliyat turiga nisbatan faollikni ham namoyon qilishi ko‘zga tashlanadi. Albatta, bunda ham ijtimoiy qiymatga ega boigan yuqoridagi 3 komponent tizimi ishtirok etadi. Demak, bazaviy ijtimoiy ustanovkalar shaxsning umumiy yo‘nalishini belgilaydi va ularni o‘zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o‘zgartirish demakdir.
To‘rtinchi (eng yuqori) daraja — shaxsning ijtimoiy faollik tizimidagi xulq-atvori va faoliyatini ma’lum me’yorda boshqarish bilan bogliq. Bunda shaxs faolligi jamiyat va uning iqtisodiy, siyosiy va g‘oyaviy yo‘nalishdagi prinsiplari asosida tarkib topadi. Demak, qadriyatlar tizimi ustanovkasi avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jam iyatda qadr-qim m at topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih Hadislar islom dinidagilar uchun ana shunday qadriyatlardan biri sanaladi va bu dinga e’tiqod qiluvchi har bir kishi barcha hadislarni tanqidsiz, muhokamasiz qabul qiladi, chunki ular birinchidan, ilohiylik xususiyatiga ega bo‘lsa, ikkinchidan, buyuk allom alar tom onidan yaratilgandir. Shuning uchun ham qadriyatlar tizimi har doim avloddan avlodga o‘z qadrini yo‘qotmay o‘tkazib kelinadi va bunga mos holda ustanovkalar shakllanadi.V.A. Yadov tomonidan ishlab chiqilgan mazkur ierarxik tizim shaxs faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish bilan bog'liq psixologik himoya ierarxiyasi tizimini tasavvur etishda ham m a’lum darajada asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Masaian, taqdim etilgan 1-daraja predmetga nisbatan shaxsning bevosita dastlabki harakatlarini ko'rsatsa, 2-daraja esa shaxsning o‘z xatti-harakatlarini idora qila olishi bilan bog‘liqlikdan dalolat beradi, 3-daraja xatti-harakatlardagi vaziyatni hal qilish bilan bog‘liq kechinmalarni va nihoyat, 4-daraja esa xulq-atvorning bir butunligini yoki shaxs faoliyati bir butunligini ifodalovchi mezon sifatida yakunlanadi.
Psixologik himoya va ustanovka uyg‘unligining metodologik asosini talqin qilishda, psixologiya fanida ma’lum va mashhur D.N. Uznadze maktabi tadqiqotchilari tomonidan ustanovka muammosining maxsus predmet sifatida ishlab chiqilib ilmiy xulosalar chiqarilganligini unutmaslik lozim.
Ustanovka muammosi ijtimoiy psixologiya fanining eng muhim obyekti ekanligini, D.N. Uznadze tomonidan keltirilgan quyidagi ta’rifda ham ko‘rish mumkin: 1. Ustanovka ma’lum faollik holatiga nisbatan tayyorgarlikdir. Ayni paytda, subyekt ehtiyoji va unga mos obyektiv vaziyatning yaratilishi bilan bog‘liq subyektning bir butun dinamik holatidir. Bu o‘rinda obyektiv vaziyat bilan bog‘liq psixologik himoyaning shaxs faolligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillarning o‘rni va ahamiyati alohida o‘rin tutganligi ko‘rinib turibdi. Lekin D.N. Uznadze o‘z tadqiqotlarida shaxsning oddiy fiziologik ehtiyojlarini o‘rganish va tahlil qilish asosida ustanovka qonuniyatlarini ochib beradi va ilmiy xulosalar qila bildi.



Download 53,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish