3.Attityud tushunchasining mohiyati va
attityudning vazifalari
Keyinchalik G‘arb va AQSH olimlari tomonidan ijtimoiy ustanovka tushunchasi «Attitude» — «attityud» so‘zi bilan ifodalanib, ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya fanlarining ilmiy kategoriyasi sifatida kiritilgan. 1935-yilda G.Ollport «ehtimol attityud tushunchasi, hozirgi zamon amerika ijtimoiy psixologiyasi uchun eng zarur va xarakterli tushunchadir», deb ta’kidlagan edi.
«Attitude» atamasi o'zbek tiliga tarjima qilinganda «yaroqlilik» yoki «moslik» degan ma’noni bildiradi. «Attitude» so‘ziga yana bir ta’rif quyidagicha: «individ tomonidan ijtimoiy obyektning qimmatini, mazmun-mohiyatini, ma’nosini psixologik his qilish»dir. «Attitude» ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan quyidagicha tushunilgan;
— ongning ma’lum bir holati;
— reaksiyaga tayyorlikni aks ettiruvchi holat;
— inson tomonidan maxsus tashkil etilgan holat;
— avvalgi tajribaga asoslanuvchi holat;
— xulq-atvorga dinamik ta’sir kobrsatuvchi holat;
U.Tomas, F.Znanetskiy, G.Ollport, M.Smit, D.Kats va boshqalar attityudni shaxsning guruh a’zosi sifatidagi xulq-atvori mexanizmlarini o‘rganuvchi obyekt sifatida qaraganlar. Demak, ijtimoiy psixologiyada birinchi boiib «attityud» tushunchasi «individning ijtimoiy maqsadi va mohiyatiga nisbatan psixologiktayyorgarligi sifatida yoki ayrim ijtimoiy sifatlarni anglashga nisbatan namoyon bo‘luvchi individning ongli holati» sifatida talqin qilingan va bu talqin qator eksperimental tadqiqotlar asosida mustahkamlangan.
G.Ollport attityudga shaxsning harakatga tayyorgarlik jarayoni sifatida qarab, u xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi yakunlangan manba ekanligini e’tirof etadi va bunday ta’rif, ijtimoiy psixologiyada shaxsning yo‘nalishini o‘rganish uchun juda muhimdir. Xuddi shunday mulohazani E. Bogardusning «Attityud — bu atrof-muhitdagi ayrim omillarga mos yoki qaramaqarshi harakat qilish an’anasidir», degan fikri bilan ham izohlash mumkin.
Attityudning aniq psixologik tuzilmasini asoslashga oid yangicha qarash l.Aytsen va M. Fishbaynlar tomonidan taklif qilingan «komponentlilik» nazariyasi bilan bog‘liqdir. Ular murakkab ustanovka tushunchasini faqat affektiv baholash komponenti doirasida kognitiv, affektiv va konativ komponentlari bilan chegaralashni tavsiya etadilar va buni g‘arb ijtimoiy psixologiyasidagi ustanovka muammosining 4 jihati: harakat, maqsadli obyekt, bajarish konteksti jarayoni va bajarilish vaqti asosida talqin qilinishi bilan ham ifodalash mumkin.
1942-yilda M.Smit attityudning uch komponentli strukturasini ishlab chiqqan. Bunga ko‘ra attityudda uch qism boiib, bular kognitiv, affektiv va konativ qismlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |