Individ va shaxs. Odam dunyoga odam bulib keladi. Bu takid yuzaki qaragandagina isbot talab qilmaydigan xaqiqat bulib va takrorlanaverib siykasi chikib ketgan iborat bulib tuyuladi. Gap shundagi bu urinda xususan insoniy belgilar va fazilatlarning rivojlanishi uchun tabiiy shart-sharoitlar paydo bulishi genetik jixatdan oldindan belgilab kuyilganligi takidlanadi. Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatning mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aqli-xushining rivojlanishi uchun imkoniyat tuldiradi qullarining shakl-shamoyili mexnat qurollaridan foydalanish istiqbolining mavjudligini kursatadi va xokazo. Bular bilan chaqaloq uz imkoniyatlari yig’indisiga binoan odam xar qanday xolatda xam bu xildagi fazilatlar yig’indisining Shaxs nazariyalari Psixodinamik sotsiodinamik interakstion eksperimental tizimli
Xulq-atvor shakllari Butun umr davomi dinamik
Noeksperimental Maktabgacha va maktab yoshi
Shaxs sifatlari va xususiyatlari soxibiga aylana olmaydigan xayvon bolasidan farq qiladi. Shunday kilib yuqorida aytilganlar orqali chaqaloqning inson zotiga mansubligi tasdiqlanadi va faqat individ tushunchasida qayd etiladi (bundan farqli ularoq xayvon bolasi dunyoga kelishi bilanoq va xayotning oxiriga qadar jonzot deb yuritiladi). "Individ" tushunchasida kishining nasl-nasabi xam mujassamlashgandir.
Yangi tugilgan chakalokni xam katta yoshdagi odamni xam mutafakkirni
xam akli zaifni xam yovvoyilik boskichidagi kabilaning vakilini xam madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini xam individ deb xisoblash mumkin.
Shunday qilib konkret individ deb ataganda biz juda kup narsalarni aytgan bulamiz. Aslini olganda bu bilan uning potensial ravishda inson ekanligi aytilgan dir. Uning bundan keyingi va xatto juda xam umumiy tarzdagi ta'rifi fazilatlar ini bayon etilishi va izoxlanishini takozo kiladi. Bunday fazilatlarsiz u faqat boshqalarga uxshamaydigan emas balki ular kabi xarakat qilmaydigan fikrlamaydigan iztirob xam chekmaydigan jamiyat a'zosi sifatida tarixiyjarayonning ishtirokchisi sifatida jalb xam etilmagan real kishi emas balki demografik ma'lumotnomalardagi jonsiz birlik xolida qoladi xolos. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi aloxida sosial fazilat kashf etadi, shaxs bulib yetishadi. Individ xali bolaligidayok tarixan tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar sistemasiga jalb etiladi.
U bu sistemani allakachon tayyor xolda uchratadi. Kishining jamiyatdagi bundan keyingi rivojlanishi munosabatlarning shu kadar chigalliklarini vujudga keltiradiki bu xol uni shaxs sifatida shakllantiradi.
Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida xosil qilinadigan xamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta'sir utkazish darajasi va sifatini belgilaydigan sistemali tarzdagi sosial fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda etiladi.
Individning aloxida sosial fazilati sifatidagi shaxsning uzi nima Eng avvalo agar biz shaxs individning fazilati ekanligini tan oladigan bulsak bu bilan biz individ va shaxsning birligini tasdiqlagan va ayni paytda bu tushunchalarning bir-biriga uxshashligini inkor etgan bulamiz (misol uchun, yoruglikni sezuvchanlik fotoplenkaning xususiyati xisoblanadi lekin fotoplenka bu yoruglikni sezuvchanlik yoki yoruglikni sezuvchanlik bu fotoplenka degan ma'noni anglatmaydi). "Shaxs va individ" tushunchalarining bir-biriga uxshashligini barcha yetakchi sovet psixologlari B.G.Ananyev, A.N.Leontyev, B.F.Lomov, S.L.Rubinshteyn va boshkalar inkor etishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |