Vergiliyning ikkinchi asari «Georgikalar»da dehqonlar hayoti madh etiladi. Shoir shaharni, davlatni to'ydiradigan ikki omilni ko'kka ko'tarib maqtaydi, mamlakatning rivoji mana shu ikki omilga bevosita bog'liq, deb tushuntiradi. Ularning biri go'sht, teri, jun yetishtirib beruvchi cho'ponlar bo'lsa, ikkinchisi qut-baraka, don-dun, shirin shakar mevalar yetishtiruvchi zahmatkash dehqonlardir. Shoir dehqonlar obraziga simvolik ma’no beradi. Ikki qismdan iborat «Eneyida» dostonida esa Eney sarguzashtlari hikoya qilinadi. Bu doston ko'p jihatdan Homeming «Odisseya» dostoniga o'xshab ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |