Plavt o‘zidan oldin ijod qilgan shoirlarning(Andronik, Neviy,Enniy) usullarini davom ettirib, o‘z ijodida muttasil yangi yunon komediyasi vakillarining(Felimon,Difil,Menandr) asarlarini Rim sahnasiga moslashtirish bilan shug‘ullangan. Yunon komediyalarini Rim jamiyatining keng ommasi didiga moslashtirish maqsadida u kontaminatsiya usulidan keng foydalanib, mazmun jihatidan bir-biriga yaqin ikkita pyesani birlashtirib yuboradi va yo‘l-yo‘lakay asar to‘qimasiga o‘zidan qiziq-qiziq iboralar, maroqli hodisalar kiritib,dramatik xolatlarning keskin, voqealarning o‘ynoqi bo‘lishiga erishadi.Plavt komediyalaridagi voqealar yunon shaharlarida bo‘lib o‘tib,ismlari ham yunoncha bo‘lsada, Rim tomoshabini o‘zini, urf-odatlarini va axloqini har doim tanigan.
Do'stlaringiz bilan baham: |