O'quvchilarning fanlarga qiziqishini o'rganishga qaratilgan metodika (V.V.Kazantseva) I-bo'lim. Maktabda o'qitiladigan fanlar orasidan senga eng... A. Yoqadigan ________________________________________________ B. Yoqmaydigan __________________________________ larini tanla. II-bo'lim. Ushbu fanga sening munosabatingni bildiruvchi sabablarni belgila. Yetishmayotganlarini yozib to'ldir. Bu fan menga yoqadi, chunki: 1. Qiziqarli fan. 2. O'qituvchining dars o'tish usuli yoqadi. 3. Bu fanni hamma bilishi lozim. 4. Bu fan kelajakdagi kasbim uchun zarur. 5. Bu fan oson o'zlashtiriladi. 6. Bu fan o'ylanishga undaydi. 7. Bu foydali fan hisoblanadi. 8. Kuzatuvchanlik va diqqatni talab etadi. 9. Chidamlilikni talab etadi. 10. Qiziqarli fan. 11. Do'stlarimga ham yoqadi. 12. Alohida qiziqarli faktlar mavjud. 13. Ota onam uni kerakli fan deb hisoblaydilar. 14. Bu fan o'qituvchisi bilan munosabatlarim yaxshi. 15. Bu fan o'qituvchisi meni tez tez maqtaydi. 16. Bu fan o'qituvchisi qiziqarli tushuntiradi. 17. Bu fanni o'qisam mazza qilaman. 18. Bu fandan olgan bilimlarim oliygohga kirishda juda zarur. 19. Bu fan umumiy madaniyatni oshirishga yordam beradi. 20. Bu predmet atrof olam to'g'risidagi bilimlarni boyitishga yordam beradi. 21. Shunchaki qiziq. Bu fan menga yoqmaydi, chunki:1. Bu fan menga umuman qiziq emas. 2. O'qituvchining dars o'tish uslubi yoqmaydi. 3. Bu fanni hamma bilishi shart emas. 4. Bu fan kelajakdagi kasbim uchun kerak emas. 5. Fanni o'zlashtirish qiyin. 6. Bu o'ylantiradigan fan emas. 7. Foyda keltiradigan fan hisoblanmaydi. 8. Kuzatuvchanlik va diqqatni talab etmaydi. 9. Sabr toqat talab etmaydi. 10. Qiziqarli fan emas. 11. Do'stlarimga bu fan yoqmaydi. 12. Faqatgina alohida faktlari qiziq. 13. Ota onam bu fanni kerakli deb hisoblashmaydi. 14. O'qituvchim bilan munosabatlarim yaxshi emas. 15. O'qituvchi kamdan kam holatda maqtaydi. 16. O'qituvchi fanini qiziqarli qilib tushuntirmaydi. 17. Fanni o'qiganda zavq olmayman. 18. Fan bo'yicha bilimlar oliy ta'limga kirishda muhim hisoblanmaydi.
19. Fan umumiy madaniyatni oshirishga xizmat qilmaydi. 20. Bu fan atrof olam to'g'risidagi bilimlarni rivojlantirishga xizmat qilmaydi. 21. Shunchaki qiziq emas. III-bo'lim. Nima maqsadda o'qiyapsan? Shu savolga to'g'ri keladigan javoblarini belgilab yetishmayotganlarini to'ldirib qo'y. 1. Bu mening burchim. 2. Savodimni oshirishni istayman. 3. Jamiyatga foydasi tegadigan fuqaro bo'lishni istayman. 4. Sinfimga pand berishni xohlamayman. 5. Aqlli bo'lishni istayman. 6. Chuqur bilim sohibi bo'lishni istayman. 7. Mustaqil ishlashni xohlayman. 8. Hamma kabi o'qiyman. 9. Ota-onam majburlaydi. 10. Yaxshi baho olish yoqadi. 11. O'qituvchim maqtashini istayman. 12. Men bilan do'stlashishlari uchun. 13. Aqliy bilim doiramni kengaytirish uchun. 14. Sinf rahbarimning zo'rligi bilan. 15. O'qishni istayman.
Natijalarni qayta ishlash. Birinchi bo'lim o'quvchilarga yoqadigan fanlarni aniqlash uchun, ikkinchi bo'lim ularga yoqmadigan, uchinchi bo'lim o'quvchi nima uchun o'qiyotganini, qanday motivlari borligini (dunyoqarash, ommaviy, amaliy, shaxsiy va boshqalar) aniqlash uchun yo'naltirilgan, bu javoblar asosida alohida fanlarga va umumiy ta'lim jarayoniga nisbatan o'quvchining munosabati aniqlanadi.