Genetik kod jadvali
3-jadval
Aminokislotalar
|
Kodlovchi tripletlar-kodonlar
|
Alanin
|
GSU GSS GSA GSG
|
Arginin
|
SGU SGS SGA SGG AGA AGG
|
Asparagin
|
AAU AAS
|
Asparagin kislota
|
GAU GAS
|
Valin
|
GUU GUS GUA GUG
|
Gistidin
|
SAU SAS
|
Glitsin
|
GGU GGS GGA GGG
|
Glyutamin
|
SAA SAG
|
Glyutamin kislota
|
GAA GAG
|
Izoleysin
|
AUU AUS AUA
|
Leysin
|
SUU SUS SUA SUG UUA UUG
|
Lizin
|
AAA AAG
|
Metionin
|
AUG
|
Prolin
|
SSU SSS SSA SSG
|
Serin
|
USU USS USA USG AGU AGS
|
Tirozin
|
UAG UAS
|
Treonin
|
ASU ASS ASA ASG
|
Triptofan
|
UGG
|
Fenilalanin
|
UUU UUS
|
Sistin
|
UGU UGS
|
Tinish belgilari
|
UGA UAG UAA
|
Jadvalda keltirilgan 64 ta tripletdan 61 tasi 20 xil aminokislotani kodlaydi, qolganlari esa oqsil sintezining initsiatsiyasi va terminatsiyalarida tinish belgilari sifatida xizmat qiladilar.
Ma’lum bo’lishicha, barcha tirik organizmlarda mikroorganizmlardan tortib, odamlargacha genetik kodning faoliyati bir xil, universal ekanligi aniqlangan. Yuqoridagi ma’lumotlarga asosan genetik kodning asosiy xususiyatlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
genetik kod triplet bo’lib, bitta aminokislotani uchta nukleotid kodlaydi;
triplet kodlari faqat bitta aminokislotani ifodalaydigan o’ziga xos, spetsifik xususiyatga ega;
bitta aminokislota bir nechta tripletlar orqali kodlanadigan “aslidan chekinish” xususiyatiga ega;
genetik kod barcha tirik organizmlar uchun bir xil - universaldir.
barcha organizmlarda kod chiziqli, bir tomonlama va bir-birini qoplamaydi. Genetik informatsiyaning boshlanishi va oxirgi nuqtalariga ega;
genetik kodning asosiy qismi tinish belgilariga ega emas. Triplet kodlar o’rtasida ularni bir-biridan ajratuvchi nuqta, vergul, tirelar bo’lmaydi. 1. Replikatsiya – DNKdan yangi o‘xshash DNK nusxasini hosil
qilish.
2. Transkripsiya – DNKdan genetik axborotni mRNKga ko‘chirilishi.
3. Translyatsiya – mRNKdan axborotni oqsil strukturasiga o‘tkazish
Genetik (biologik) kod. Nuklein kislotalar 4 xil turdagi nukleotidlarning ketma-ket joylashishidan, oqsillar esa 20 xil aminokislotaning ketma-ket joylashishidan tuzilgan. Polipeptid zanjirdagi har bir aminokislota DNK yoki RNKdagi bir yoki bir necha nukleotid yordamida polipeptid zanjirga biriktiriladi. Agar har bir nukleotid bitta qandaydir aminokislotani biriktirgan bo‘lsa, sistema faqatgina 4 xil aminokislotani biriktira oladi. Agarda bir aminokislotani polipeptid zanjiriga kodlashtirishda 2 xil nukleotid kombinatsiyasi ishtirok etsa, sistema 16 aminokislotani biriktirishi mumkin. Bu sistemadagi 16 ta nukleotidlar dupleti 20 ta aminokislota uchun yetarli
emas (42=16). Shu sababli har bir aminokislotani biriktiruvchi nukleotid
Genetik axborot realizatsiyasining ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi
bo'lgan translatsiya jarayonining molekular mexanizmini aniqlashda
genetik axborotning DNK molekulasida kodlanish qonuniyatlarining kashf
etilishi katta ahamiyatga ega bo'ladi. Genetik kod deb oqsil molekulalari
tarkibidagi polipeptid zanjirlarida aminokislotalaming o'zaro bog'lanib
joylashishi tartibining DNK molekulasidagi nukleotidlaming joylashish
tartibi bilan belgilanishiga aytiladi. Kod so'zi kibemetik atama bo'lib,
axborotni harfiar bilan yozishdan shu axborotning o'zini boshqa belgilar,
masalan, telegrammada ishlatiluvchi Morze alitbo (nuqta, tire) si bilan
yozishga o'tishlikni bildiradi. Molekular genetikaning asoschilaridan
bo'lgan D. Uotson va F. Krik DNK molekulasining qo'shaloq spiral
strukturasi modelini yaratgandan keyin genetik kodga oid quyidagi
fikrni ilmiy bashorat tariqasida taklif qilgan edilar. DNK molekulasida
nukleotidlar tartibi shaklida kodlangan genetik axborot oqsil polipeptid
zanjirida joylashishi kerak bo'lgan aminokislotalar tartibini belgilaydi.
Genetik kod i-RNK molekulasi strukturasi va funksiyasini tadqiq qilish
natijasida aniqlandi. DNK dagi genetik axborotning transkripsiya orqali
i-RNKga ko'chirilishi bilan biz tanishdik. Bu sohadagi keng ko'lamda
olib borilgan molekular genetik tadqiqotlar natijasida genetik kodning
quyidagi muhim belgilari aniqlandi:
1) Genetik kodning asosida irsiy birlik tripletlar - kodonlar yotadi.
Muayyan aminokislotaning polipeptid zanjiriga ulanishini ta'min etish
funksiyasini DNK molekulasining polinukleotid zanjirida joylashgan
uchta nukleotiddan iborat triplet deb atalgan irsiy axborotning
kodlanish birligi bajaradi. DNK da joylashgan kod birligi tripletni
kodogen, uning i-RNK da joylashgan nusxasi kodon va t-RNK ning
muayyan qismida joylashgan triplet antikodon deb ataladi
2) Har qaysi aminokislota kO'pincha bittadan ortiq tripletlar bilan
kodlanadi. Kodning bu belgisining mohiyati quyidagicha. Oqsil
molekulalari tarkibidagi aminokislotalar xilining soni 20 ta bo'ladi.
Adabiyotlar:
1) 417-431 b.; 2) 321b 3)154-159
Tavsiya etiladi:
Ya. X. Turakulov. Molekular biologiya. Toshkent. 1996,.
Ris E., Sternberg M. «Vvedeniye v molekularnuyu biologiyu. Ot kletokk atomam» Mir 2002
3.О.О.Оbidоv, А.А.Jurаyеvа, G.Yu.Malikova Toshkent 2014
www.zivonet.uz
2www.maik.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |