Intervyu metodi
. Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng qo’llaniladigan anketa
metodidan farq qiladi. Xuddi suhbat metodi kabi intervyu metodi ham so’roq-javob metodiga tegishlidir.
Ko’pincha intervyu uchun savollarni sotsiologik anketalar tipiga o’xshatib, ya‟ni ko’p masalalar yuzasidan
ko’plab javoblar olishni ko’zlab tuziladi. Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning
faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to’g’ri keladi.
Biroq bilimlarni va o’rganilayotgan psixik xususiyatlarni strukturasini hisobga olib tuzilgan savollar
o’rganilayotgan xususiyatlar strukturalari hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli
natijalar berishi mumkin.
Ekspert baholash metodi
. Bu metod shaxs psixologiyasida keng qo’llaniladi. Ekspertlar sifatida
tekshirilayotgan kishilarni yaxshi biladigan shaxslar – bolalar bog’chasi va maktab-internatlarning
tarbiyachilarini, sinf rahbarlari, ishlab chiqarish, texnika bilim yurtlarining masterlari, ishlab chiqarishdagi
masterlar, ilmiy jamoa rahbarlari, harbiy komandirlar, administratorlar, sport trenerlari qatnashishlari
mumkin.
Ekspert baholarni ko’proq xususiyatlarning sifat jihatidan namoyon bo’lishlarini tasvirlash emas (buni
ekspertlar bilan qilinadigan keyingi suhbatlarda o’tkazilsa ancha foydaliroq bo’ladi), balki o’rganilayotgan
xususiyatlarning ifodalanishini miqdoriy baholash tarzida, ya‟ni u yoki bu xususiyat yoki xulq-atvor
elementlari darajalarini baholash tarzida o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Ekspertlar umumlashtirish
bilan bog’liq bo’lmagan xulq-atvor elementlarining ancha-muncha mayda qismlari ifodalanganligini qayd
qilishi lozim. Umumlashtirish – ekspertning emas, balki tadqiqotchining ishidir.
O’z-o’zini kuzatish metodi.
XVIII-XIX asrlar empirik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu metod
so’nggi yillarda yana ma‟lum ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.
Chunonchi, suhbat va so’roq-javob metodlarini o’z-o’zini kuzatish metodi orqali olingan
ma‟lumotlarsiz qo’llab bo’lmaydi. Buni suhbat va shaxsiy savol-javob o’tkazish uchun savollar tuzishda
hisobga olish zarur. Lekin o’z-o’zini kuzatish, garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo’lmasa-
da, mustaqil ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. O’z-o’zini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya‟ni tetik
kayfiyatni, achchiqlanishni, ishchanlikni, kasb bilan bog’liq bo’lgan sermahsul ishlarni o’rganishda
ayniqsa foydali bo’lishi mumkin.
Testlar metodi.
Testlar, ya‟ni ozmi yoki ko’pmi standartlashtirilgan (birxillashtirilgan) shaxs
xususiyatlarini qisqa muddatli sinash metodlari yaxshi yoki yomon asoslangan bo’lishi mumkin. Yaxshi
asoslangan test – bu oldindan o’tkazilgan katta eksperimentlar natijasidir. Nazariy jihatdan asoslangan va
eksperimental jihatdan muhokama qilingan testlar tadqiqotchi uchun ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |