4.6. Psixodiagnostik metodlar.
Psixodiagnostika metodlari klassifikasiyasi bo‘yicha yondashuvlar ancha keng bo‘lib, ularning har bir masalani o‘ziga xos tarzda yoritishga erishgan.
Y. Shvansar bo‘yicha metodlar klassifikatsiyasi:
Y. Shvansar psixodiagnostik metodlarni quyidagi asoslarga ko‘ra birlashtirdi:
Foydalaniladigan materiallarga ko‘ra (verbal, neverbal, manipulyatsion, “qog‘oz va qalam”) testlari.
Olingan ko‘rsatkichlarning miqdoriga ko‘ra (oddiy va kompleks)
“To‘g‘ri” javobli testlar va har xil javobli testlar.
Tekshiriluvchilarning psixik faolligiga ko‘ra:
introspektiv (tekshiriluvchining shaxsiy tajribasi va munosabatlariga ko‘ra ma’lumotlar): anketalar, suhbat;
ekstrospektiv (har xil ko‘rinishlarni kuzatish va baholash);
proektiv. Tekshiriluvchi shaxsning anglashilmagan xususiyatlarini kam strukturalashgan, har xil ahamiyatli stimullarni proeksiyalaydi (ichki nizolar, yashirin mayllar va boshqalar);
ijrochilik. Tekshiriluvchi shaxs xislatlari va intellekt ko‘rsatkichlaridan iborat miqdoriy darajalar va sifatiy xususiyatlarni biror bir harakat orqali (perseptiv, aqliy, motor) amalga oshiradi.
V.K. Gayda va V.P. Zaxarovning psixodiagnostik metodlari klassifikatsiyasi:
Mualliflar klassifikatsiyalarida psixodiagnostik metodikalarni quyidagi asoslar bo‘yicha birlashtirganlar:
Sifatiga ko‘ra: standartlashtirilgan , standartlashmagan.
Belgilanishiga ko‘ra:
umumdiagnostik (so‘rovnoma tipidagi shaxslik testlari (R.Kettell yoki G. Ayzenk so‘rovnomalari), umumiy intellekt testlar);
kasbga yaroqlilik testlari;
maxsus qobiliyat testlari (texnik, musiqiy, uchuvchilar uchun testlar);
yerishganlik testlar;
tekshirilichuvlarning o‘rganish materialiga ko‘ra:
blankli;
predmetli (Koss kubiklari, Vekslerning to‘plamidan “figurani yig‘ish”);
apparaturali (diqqat xususiyatlarini o‘rganish uchun moslama va boshqalar);
Tekshiriluvchilarning miqdoriga ko‘ra: individual va guruhiy.
Javoblar shakliga ko‘ra: og‘zaki va yozma.
Yetakchi yo‘nalishiga ko‘ra: tezlik testlari, kuchni o‘rganish testlari, aralash testlar. Kuch testlarining vazifalari murakkab va yechish vaqti cheklanmagan; tadqiqotshi muvaffaqiyat sifatida qiziqadi, masalalarni yechish usullariga ham qiziqadi.
Topshiriqlarni bir xillik darajasiga ko‘ra: gomogen va geterogen (gomogen topshiriqlar bir biriga o‘xashashligi hamda shaxslilik va intellektual xususiyatlarni o‘lchashda qo‘llanilishi; geterogen testlarning topshiriqlari har xil bo‘lib, intellektning turli xil xarakteristikasini o‘rganishi bilan tafovutlanadi).
Kompleksligiga ko‘ra: ajratib qo‘yilgan testlar va test to‘plamlari (batareyalar).
Topshiriqlarning javobiga ko‘ra: javoblari bilan berilgan testlar, erkin javobli testlar.
Psixika xususiyatlarini qamrab olish sohasiga ko‘ra: shaxslik testlari va intellektual testlar.
Aqliy harakatlarning xarakteriga ko‘ra: verbal, noverbal.
Do'stlaringiz bilan baham: |