4. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyili.
Prezident yangilanayotgan jamiyat
mazmun-mohiyatini ko'rsatish bilan birga dolzarb vazifa qilib, eng avvalo bozor
iqtisodiga o'tish masalasini qo'yadi. Chunki, faqat iqtisodiy baquvvat davlatgina
kuchli bo'ladi va u har qanday islohotlarga qodir bo'lishini chuqur tushunar edi.
Shuning uchun ham I.Karimov «O'zbekiston — bozor munosabatlariga o'tishining
o'ziga xos yo'li» risolasida (1993) “O'zbekiston o'zi uchun tanlab olgan yol ijtimoiy
sohaga
yo'naltirilgan,
respublikaning
manfaatlariga,
shart-sharoitlari
va
xususiyatlariga eng ko'p darajada mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllan-
tirishga qaratilgandir.
Ayni mana shunday yo'l O'zbekiston xalqining munosib turmushini, uning
huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an'analari va madaniyatining qayta
tiklanishi, insonni shaxs sifatida ma'naviy axloqiy kamol topishini ta'minlashi
mumkin”, deb qat'iy ko'rsatib bergan edi.
l.Karimov mazkur asarida mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jara-
yonlarini chuqur tahlil qilib, O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qi-
lish dasturining o'zagi sifatida quyidagi beshta asosiy tamoyilni o'rtaga tashladi:
Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak,
u biror mafkuraga bo'ysundirilishi mumkin emas. Buning ma'nosi shuki, iqtisodiyot
siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni
mafkuradan holi qilish lozim.
Ikkinchidan, o'tish davrida davlat bosh islohotchi bo'lishi lozim. U
islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, o'zgartishlar siyosatini ishlab
chiqishi va uni izchillik bilan o'tkazishi shart.
Uchinchidan, qonunlarga rioya etish ustuvor bo'lishi lozim. Buning ma'nosi
shuki, demokratik yo'l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech
istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og'ishmay rioya etishi lozim.
`To'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli
ijtimoiy siyosat o'tkazish.
7
Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash
yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko'rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti
yo'lidagi eng dolzarb vazifa bo'lib keldi va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish obyektiv iqtisodiy qonunlar
talablarini hisobga olgan holda, yaqin o'tmishimizdagi «inqilobiy sakrash»larsiz,
ya'ni evolyutsion yo'l bilan puxta o'ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi
kerak.
Ana shu muhim beshta tamoyil O'zbekistonning mustaqil rivojlanish va
taraqqiyot yo'liga asos qilib olindi, yangi jamiyatga o'tish davrining negizini tashkil
etdi. O'tgan davr mobaynida bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini joriy etish
yo'lidan izchil harakat qilishni ta'minladi.
Shu bilan birga, I.Karimovning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich
o'tish haqidagi tamoyili vaqt o'tgani sayin o'zining hayotiy qiymatini, siyosiy kuchini
ko'rsatdi. Binobarin, bular yetakchi tamoyillar sifatida tan olindi. Chunki, ular
iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantig'ini, rivojlanish yo'lini va xarakterini
belgilab berdi.
Darhaqiqat, O'zbekistonning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich
o'tishi bir tomondan, avvaldan meros bo'lib qolgan barcha ijobiy tajribalarni chuqur
o'zlashtirish imkonini berdi, ikkinchi tomondan esa isloh qilishning asosiy
bosqichlarini aniq ajratib berdi. Bu bosqichlarning har bin uchun konkret maqsad-
larni, ularga erishish vositalarini belgilab olishga sharoit yaratdi. Aniqrog'i, bu
tamoyil «yangi uy qurmay turib, eskisini buzmaslik» haqidagi xalqning dono fikri-
ga asoslanganini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |