2. O'zbekistonning o'ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlari.
Prezident I.A.Karimov O'zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo'lini ishlab chiqar
ekan, o'tmishdan, sobiq sovet tuzumidan meros bo'lib qolgan tajribadan saboq
chiqardi. U O'zbekistonning chinakam mustaqilligini ta'minlash yo'llarini ishlab
chiqishda avvalo respublikani rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari va shart-
sharoitlarini hisobga oldi. Bu xususiyatlar va shart-sharoitlar nimalardan iborat?
3
Birinchidan, o'zbek xalqi azaldan jamoa bo'lib, uyushib yashashga
odatlangan, to'yda ham, azada ham yonma-yon turib, oddiy kunlarda bir-biriga
ko'maklashgan. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to'g'risida g'amxo'rlik
ko'rsatish, millatidan qat'iy nazar odamlarga xayrixohlik, o'zgalarga yordam tuyg'usi
o'zbek xalqiga tarixan xosdir.
Ikkinchidan, O'zbekiston aholisi va mehnat resurslari yildan-yilga o'sib boruv-
chi mintaqa hisoblanadi. Mamlakat aholisining 60 foizidan ko'prog'i qishloq joy-
larida istiqomat qiladi va ularning asosiy qismi dehqonchilik sohasida ishlaydi.
Uchinchidan, O'zbekiston o'z taraqqiyot yo'lini ishlab chiqishda uning qulay
geografik-siyosiy imkoniyati hisobga olindi. Demakki, mintaqalararo aloqalar,
dunyoviy integratsiyani yo'lga qo'yishga kirishildi.
To'rtinchidan, O'zbekistonning bozor munosabatlariga o'tishida ijtimoiy ong,
ijtimoiy psixologiya masalasini hisobga olish lozimligini ham ko'rsatib berildi.
Sho'rolar davrida kishilar ongida ijtimoiy tenglik tushunchasi, ya'ni yaxshi ishlasam
ham, yomon ishlasam ham davlat baribir boqadi, degan fikr shakllanib,
boqimandalik kayfiyatiga tushib qolgan, mulkka egalik tuyg'usidan uzoqlashgan edi.
Beshinchidan, mustaqil O'zbekiston siyosatini belgilashda islom diniga
munosabatni tubdan o'zgartirish lozim edi.
Oltinchidan, O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini
himoya qilish va ta'minlash imkonini beradigan boy moddiy-ma'naviy hamda ishlab
chiqarish potensialiga va kadrlar qudratiga ega mamlakat ekanligidir. Endi hamma
gap ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanishda edi.
Ushbu xulosalar I.Karimov tomonidan muntazam to'ldirilib, qadam-baqadam
yangi qoida va yo'1-yo'riqlar bilan boyitib borildi.
O'zbekiston mustaqilligining bir yilligi arafasida xalqimizga tuhfa etilgan
Prezidentning «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» nomli asarida
O'zbekiston istiqlolining ham nazariy, ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan
o'rganilib, jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, ma'naviy
poklanishining asosiy yo'l-yo'riqlari yangicha mushohada va yondashuv bilan
ko'rsatib berildi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |