4-Mavzu. O`zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li Reja: 1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. O`zbekistonning o`ziga xos taraqqiyot yo`lini tanlashi. 2. Taraqqiyotning “o`zbek modeli” va uning o`ziga xos xususiyatlari. O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo`li. 3. O`zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari. mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi. 4. Davlat ramzlari. O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Birinchi Prezident Islom Karimov o`n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari to`qqizinchi sessiyasida (1992-yil 4-yanvarda) so`zlagan dasturiy nutqida hamda
1992-yil avgust oyida nashr etilgan „O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li“ asarida O`zbekistonning taraqqiyot yo`lini har tomonlama puxta asoslab berdi.
Taraqqiyotning «o`zbek modeli».Bu model-jamiyatni yangilash va isloh etishning besh tamoyiliga asoslanganligi. Uning O`zbekiston taraqqiyotini ta’minlashda muhim yo`nalish ekanligi.
Taraqqiyotning «o`zbek modeli». Bu model-jamiyatni yangilash va isloh etishning besh tamoyiliga asoslanganligi. Uning O`zbekiston taraqqiyotini ta’minlashda muhim yo`nalish ekanligi.
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi.
O`zgarishlar va yangilanishlarni izchil amalga oshirishda davlatning islohotchilik faoliyati.
Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi.
Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish kabi jarayonlarni o`z ichiga oladi.
Birinchi Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, o`z umrini o`tab bo`lgan eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga azmu qaror qildik”.
Karimov I.A. O`zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo`li. -Т.:O`zbekiston, 2007. -B. 5.
Yosh mustaqil mamlakatimiz oldida islohotlarning dastlabki bosqichidayoq belgilab olingan bir qator vazifalar taraqqiyotning o`ziga xos milliy modelini yaratishni yanada dolzarb qilib qo`ygan edi. Ma’lumki, ushbu vazifalar quyidagi muhim jihatlarni o`z ichiga qamrab oldi:
Ijtimoiy-siyosiy sohada: ma’muriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmi va tuzilmalaridan qutilish hamda davlat qurilishining demokratik, huquqiy tamoyil va me’yorlariga o`tish, fuqarolik jamiyatiga o`tishning poydevorini ko`rish.
Ijtimoiy- iqtisodiy sohada: insonning ishlab chiqarish vositalaridan begonalashuvidan, rejali-taqsimotchilik tizimidan kechish va ko`p ukladli iqtisodiyotga hamda bozor munosabatlariga o`tish.
Ma’naviyat sohasida: aqidabozlik va o`ta siyosatlashtirilgan mafkura hukmronligidan qutulish, milliy ma’naviyatni shakllantirish.
Halqaro munosabatlar sohasida: butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o`zni chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish, jahon hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli hamkorlikka yo`l ochish.
Taraqqiyotning “o`zbek modeli” zaminida mamlakatimizda keng qamrovli siyosiy islohotlar amalga oshirildi. Bunda quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratildi:
Birinchidan, siyosiy islohotlarni amalga oshirishda milliy davlatchilik asoslari bosqichma-bosqich ravishda barpo qilina boshlandi.
Ikkinchidan, bu jarayonda jamiyatimiz demokratik taraqqiyoti manfaatlariga to`liq mos keluvchi siyosiy institutlarni shakllantirish, uning huquqiy asoslarini yaratish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi.
Uchinchidan, avvalgi totalitar tuzumga xizmat qilgan va umrini tugatib bo`lgan davlat tuzilmalaridan to`liq voz kechildi.
Yangi o`zbek davlatchiligining qaror topish jarayoni ham tashkil, ham ichki murakkab sharoitlarda ro`y berdi.
Taraqqiyotning “o`zbek modeli” g’oyasiga ko`ra, yurtimizda yangi jamiyatni barpo etish uchun amalga oshiriladigan barcha islohotlar zaminiga inson omili qo`yildi.
Ya’ni “islohot islohot uchun emas, balki, inson manfaatlari, uning, erki va farovonligi uchun”, degan g’oya barcha yangilanishlarning asosiy o`zagi etib belgilandi