4-mavzu: O’zbek xalqining etnik shakllanishi


X asr o’rtalarida Qoraxoniylar sulolasi



Download 103,5 Kb.
bet5/6
Sana10.04.2022
Hajmi103,5 Kb.
#541698
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu 66760

X asr o’rtalarida Qoraxoniylar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. Harbiy yurishlar natijasida X asrning oxiri – XI asrning boshlariga kelib Movarounnahrning barcha hududlari egallandi. Endilikda, Qashg’ardan Amudaryogacha, Sharqiy Turkistonning bir qismi, Yettisuv, Toshkent vohasi, qadimgi Farg’ona, qadimgi Sug’d va Baqtriya – Toharistonni o’z ichiga olgan hududiy kenglikda Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi o’zbeklarning xalq sifatida uzil-kesil shakllanganligini ko’rsatuvchi etnik belgi edi.
Shunday qilib, hozirgi O’zbekiston hududi va uning tevarak-atrofida deyarli ikki ming yil davom etgan etnogenetik jarayonlar natijasida o’zbek xalqi XI-XII asrlarda uzil-kesil shakllandi. Bu yakuniy etnogenetik jarayon o’zbek xalqining moddiy va ma’naviy madaniyatida hamda hozirgi zamon o’zbeklarining jismoniy qiyofasida o’z aksini topgan. Binobarin, bundan keyingi tarix o’zbek xalqining etnik tarixi (ya’ni shakllangan xalq tarixining boshlanishi) hisoblanadi.


- IV –

O’zbeklarning etnik tarixi uning etnogenezi kabi uzoq davom etadigan etnomadaniy jarayon bo’lib, bu jarayon to XIX asrning o’rtalarigacha davom etadi. O’zbek etnik tarixida XV asr oxiri XVI asrlar ham muhim davr hisoblanadi. Ushbu bosqichda O’rta Osiyoga mang’it, qo’ng’irot, nayman, uyg’ur, kenagas, qirq va boshqa Dashti Qipchoq o’zbek etnik guruhlarining navbatdagi to’lqini kirib keldi. Natijada Movarounnahr aholisining etnik qiyofasida ularning alomatlari faollashgan.


Dashti Qipchoqdan 2 daryo oralig’i va Xorazmga kelib o’rnashgan etnik guruhlar “o’zbek” nomi ostida mahalliy aholi etnik rang-barangligini birmuncha ko’paytirgan bo’lsalar hamki, lekin uning etnik tarkibini tubdan o’zgartirib yubormagan. Ushbu etnoslar shakllangan o’zbek xalqining tarkibiga kelib qo’shilgan navbatdagi etnik komponent edi, xolos. Ular Movarounnahr va Xorazm aholisining turmush tarziga, an’analariga, madaniyatiga, xo’jalik faoliyatiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan yangi tipdagi madaniy qatlam hosil qilgan.
O’z o’rnida aytib o’tish lozimki, “o’zbek” etnonimining kelib chiqishi bo’yicha fanda yakdil fikr mavjud emas. Ayrim mualliflar Dashti Qipchoqda ko’chib yurgan turk-mo’g’ul qabilalarining bir qismi o’zlarini erkin tutganliklari sababli «o’zbek», ya’ni «o’z-o’ziga bek» deb atagan desalar, boshqalar «o’zbek» etnonimini Oltin O’rda xoni O’zbekxon bilan bog’laydi. Yana bir guruh olimlar esa o’zbek nomi Oq O’rda (Dashti Qipchoqning sharqiy qismi)da ko’chib yurgan turk-mo’g’ul qabilalariga taalluqli degan fikrni ilgari suradilar.
Ba’zi olimlarning fikricha, o’zbek xalqi asosan ikki etnik qatlamdan tashkil topgan. Birinchi qatlam O’rta Osiyo hududlarida shakllangan. Ikkinchi qatlam esa Volga, Irtish daryolari bo’ylaridan tortib, to Xorazmning shimoli, Sirdaryoning o’ng va quyi oqimigacha bo’lgan hududlarda shakllangan. Bu makon o’tmishda turlicha nomlar bilan, xususan, Dashti Qipchoq, Oltin O’rda, o’zbek viloyati, o’zbek mamlakati, o’zbek ulusi deb atalgan.
O’zbek xalqi ham elatdan millat darajasiga ko’tarilgan va jahon sivilizasiyasi tarixida o’z o’rniga ega bo’lgan xalqdir. Hozirda o’zbek millati tarixining boshlanish nuqtasini belgilash dolzarb muammoli masala hisoblanadi. Akademik A.Asqarov o’zining «O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi» nomli asarida «o’zbek xalqining millat tarixi XIX asr oxiri – XX asrning boshlaridan boshlanadi» deb ta’kidlaydi. Bunda olim O’rta Osiyoda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, Rossiya imperiyasining xonliklarga qilgan harbiy harakatlari asosida Turkiston hududiga turli xalqlarning kirib kelishi jarayoni natijasida o’zbek xalqining etnik tarkibi o’zgarishi, son jihatdan ko’payishi elat ko’rinishidan millat darajasiga o’tishini nazarda tutgan bo’lsa kerak.

Download 103,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish