4-mavzu: O’zbek xalqining etnik shakllanishi


Kidariylar. V asrning 20-yillarida



Download 103,5 Kb.
bet4/6
Sana10.04.2022
Hajmi103,5 Kb.
#541698
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu 66760

Kidariylar. V asrning 20-yillarida sharqdan Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga yana bir ko’chmanchi chorvador aholi – toxarlar kirib keladi. Toxarlar kushonlarning avlodlaridan bo’lib, Kidar ismli hukmdori ularga yo’lboshchi edi. Shuning uchun ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Tez orada kidariylar Amudaryo havzasi hamda g’arbiy va janubiy Sug’d yerlarini ishg’ol etib, Xioniylar davlatining janubiy qismida o’z hukmronligini o’rnatganlar. Balx shahri esa bu yangi davlatning poytaxtiga aylantirilgan.
V asrning 30-50 yillarida kidariylar bilan sosoniylar o’rtasida ziddiyat tobora kuchayib, ular bir-biriga dushman bo’lib qolgan. Bu ikki davlat o’rtasida 456-yilda bo’lib o’tgan navbatdagi to’qnashuvda sosoniylardan qaqshatgich zarbaga uchragan kidariylar o’zini qayta tiklab ololmaydi. Buning ustiga tez orada kidariylar shimoldan janubga tomon siljigan yana bir ko’chmanchi chorvador aholi – eftallar bilan to’qnashadilar. Natijada, kidariylar O’rta Osiyoni tark etib, janubga – Shimoliy Hindistonga chekinadilar. U yerlarda ular 75-yil hukmronlik qiladilar.
Eftaliylar. O’rta Osiyoning shimoli sharqidan Movarounnahrning ichki viloyatlariga kirib, m. V asrda davlat barpo etgan qabila ittifoqi. Eftaliylar O’rta Osiyo, Hindiston, Afg’oniston, Eron va Sharqiy Turkiston tarixida muhim rol o’ynagan. V asrning o’rtalarida diyorimizga kirib kelgan eftallar yozma manbalarda eftal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga olinadi. Eftaliylar davlati VI asrning 60-yillarigacha Osiyodagi eng yirik davlatga aylangan.
To’rtinchi bosqich – Turk xoqonligi davri (VI-VIII asrlar). Ma’lumki, VI asr o’rtalarida Oltoyda, Janubiy Sibirda, Yettisuvda, Sharqiy Turkistonda joylashgan qabilalar birlashib, Turk xoqonligini tashkil etadi. O’zbek etnogeneziga faol ta’sir o’tkazgan turkiy etnik komponentlar bu davrda O’rta Osiyoning markaziy mintaqalari va Xorazmga kelib joylashib, ma’lum bir tarixiy davr mobaynida, bu etnik komponentning aksariyat qismi o’troqlashdi. Shu bilan birga turkiy qabila va qavmlar yerli tub aholi bilan jadal qorishishi yuz berdi. O’zbek etnogenezining mana shu bosqichida Movarounnahrning asosan shimoliy va sharqiy viloyatlarida ikki til va ikki xo’jalik ukladining yaqinlashuv jarayoni kuzatiladi, buning oqibatida aksariyat turkiyzabon dehqon va hunar ahlidan iborat yirik hududiy birlik tashkil topadi.
Beshinchi bosqichIX asrning 40-yillarida Movarounnahrdan shimoli sharqda tashkil topgan Qarluqlar davlati muhim ahamiyat kasb etdi. Qarluq turklari atrofiga o’troq, yarim o’troq va chorvador turkiy qabilalar birlashib, kuchli siyosiy davlat uyushmasi tarkib topdi. Qarluqlar m. VII-VIII asrlardayoq O’rta Osiyoning shimoliy va shimoli sharqiy hududlarining katta qismini egallagan edilar. Ular boshqa turkiy qabilalar bilan birgalikda Janubiy Qozog’iston, Toshkent vohasi, Zarafshon havzalarigacha, ularning ayrim guruhlari Toxaristongacha kirib borgan edilar.

Download 103,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish