4-mavzu: O’zbek xalqining etnik shakllanishi



Download 103,5 Kb.
bet2/6
Sana10.04.2022
Hajmi103,5 Kb.
#541698
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu 66760

M.a. II-I asrlardan boshlab sug’diylar o’z hududlarida yangi konfederativ davlat tizimi atrofida birlashdilar. Asosiy poytaxt shaharlar Samarqand boshchiligida Kesh, Buxoro, Naxshab (Nasaf) kabilar edi. Ayni shu davrdan umumsug’d alifboli yozuvi amal qila boshlagan va uning ko’plab yodgorliklari bizgacha yetib kelgan.
BAQTRIYALIKLAR. Sug’diylarning eng yaqin qo’shnilari baqtriyaliklar bo’lib, ularning yurti Surxondaryo vohasi, Afg’onistonning shimoli, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan. Baqtriyada asosan oromiy yozuvidan va mahalliy tillardan foydalanilgan.
XORAZMIYLAR (xorasmiy). Qadimgi Xorazmda (Amudaryoning quyi oqimi) yashab, xorazmiy tilida so’zlagan xalq. Ularning yurti Xvarizam («Avesto»da), Xvarazmish (Behistun yozuvlarida), Xorasmiya (yunon-rim manbalarida) deyilgan. Taxminlarga ko’ra, xorazmiylar Hilmand vodiysi (Hirot atrofida)dan Amudaryoning quyi oqimidagi yerlarga m.a. 1-ming yillik o’rtalarida ko’chib kelganlar.
SAKLAR. M.a 1-ming yillik va milodning boshlarida O’rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning shimoliy sharqiy hududlarida yashagan chorvador qabilalar. Arxeologik adabiyotlarda bu davr «ilk temir davri», «ilk ko’chmanchilar davri», «Saklar davri» sifatida ma’lum. Gerodot «Tarix» asarida «forslar barcha skiflarni saklar deb ataydilar» deb yozadi. Uning yozishiga qaraganda, Yevrosiyo cho’llarining ko’chmanchilar dunyosi shimoliy va sharqiy Qora dengiz bo’yi qabilalaridan birining nomi skuda keyinroq skolotlar deb atalgan. Yunonlar esa ularni skiflar deb yuritganlar. Eron Behistun, Naqshi Rustam va Persopol degan yozuvlardagi Axomaniy, Eroniy podsholarning qabrtoshlarida va yodgorlik lavhalarida, qoyatoshlarga o’yib yozilgan zafarnomalarda O’rta Osiyoda yashagan xalqlar sanab ko’rsatiladi va shu bilan bir qatorda saklarning uchta qabila guruhi eslatiladi:
1) saka-tigraxauda, ya’ni «cho’qqi qalpoqli» yoki «kamondan o’q otuvchi» saklar. Ular hozirgi Toshkent viloyati va janubiy Qozog’iston yerlarida yashaganlar;
2) saka-tiay-taradarayya, ya’ni «dengiz ortidagi» saklar – Orol dengizi bo’ylarida, Sidaryoning quyi oqimida yashagan.
3) saka-xaumavarka, ya’ni «muqaddas xaoma ichimligi ichuvchi» saklar – Pomirning tog’li tumanlarida va Farg’onada yashagan.
MASSAGETLAR. Kaspiy dengizining sharqiy sohili, Orol dengizi atroflari, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida m.a. VIII-IV asrlarda yashagan ko’chmanchi va boshqa qabilalar guruhining yunon adabiyotlarida uchraydigan umumiy nomi. Massagetlar to’g’risida fanda turli xil qarashlar mavjud. Ayrim olimlar fikricha, «massagetlar» nomi «masyo» - «baliq» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «baliqxo’rlar» ma’nosini anglatgan. Boshqa bir fikrga ko’ra, «massagetlar» atamasi «mas», «saka» va «ta» so’zlaridan tarkib topib, «saklarning katta uyushmasi»ni bildirgan. Uchinchi bir taxminga ko’ra, «massagetlar» so’zi «ulug’ getlar» degani bo’lib, massagetlarning o’zi esa qadimgi xitoy manbalaridagi «da(katta) yuyechjilar» bilan aynan bir xalqdir.
Gerodotning yozishiga ko’ra, massagetlar – ko’chmanchilar. Ular piyoda va otda jang qiladilar. Ko’proq kamon, nayza va sagariy (oy bolta) kabi jang qurollari ishlatganlar. Massagetlarning barcha jihoz va qurol-aslahalari mis va oltindan yasalgan. Ro’zg’or buyumlarini esa bo’yoq bilan bo’yaganlar. Massagetlar Quyoshga topinganlar va unga atab otlarni qurbonlik qilganlar.

Download 103,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish