4-mavzu: osiyo mamlakatlarida ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning qiyosiy tahlili. Xitoy



Download 32,17 Kb.
bet6/8
Sana15.05.2023
Hajmi32,17 Kb.
#939122
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-ma`ruza mashg`uloti (1)

Kattalar uchun ta’lim. Xitoy Xalq Respublikasining ilk tashkil topgan yillari savodsizlar soni ahohning 80%ini tashkil etgan paytlarda, xalq hukumati “savodxonlikka o’rganish, savodsizlikni yo’q qilish”ga chorladi. Shundan beri kattalar uchun ta’lim keng yoyildi.
Kattalar uchun ta’lim madaniy bilimlarni ish bilan band bo’lgan kishilar orasida ommalashtirish, ishsizlarni kasbiy tayyorlash, savodxonlikni bartaraf etish ma’lum bilimga (jiunladan oliy) ega, lekin uzoq davom etuvchi ta’lim yoki bilimlarni to’ldirish uchun joriy etilgan.
Kattalar uchun ta’lim tizimiga radio - va teleuniversitetlar, ishchilar, xodimlar va dehqonlar uchun oliy o’quv yurtlari, boshqaruv kadrlari uchun institutlar, pedagoglar uchun institutlar, sirtqi institutlar, oliy o’quv yurtlari qoshida kattalar uchun ta’lim kurslari (masalan, sirtqi, kechki kurslar, o’qituvchilarni qayta tayyorlash kursi), masofaviy ta’lim kursi va boshqalar; ishchilar va xizmatchilar uchun o’rta maxsus kurslar, kattalar uchun o’rta maktab va texnik tayyorgarlik o’rta maktablari, kattalar uchun o’rta maxsus maktablar yoki o’rta umumta’lim maktablari qoshida dehqonlar uchun madaniy - texnik maktablar, dehqonlar uchun radiotelemaktablar va h.k.
Kattalar uchun ta’lim tizimi quyidagi shakllarda amalga oshadi; to’liq o’quv kuni bilan auditoriya ta’limi, audio-vizual o’quv qo’llanma ta’limoti bilan sirtqi ta’lim, ishlab chiqarishdan qisman yoki to’liq ajralgan holdagi ta’lim, kechki ta’lim va h.k.
Kattalar uchun ta’lim maqsadiga ko’ra 2 ta toifaga bo’linadi: ta’lim olganligi haqida attestat berish yoki bermaslik. Birinchi toifaga to’liq muddatli oliy o’quv yurtlari kursi, ta’limning qisqa muddatli kursi, o’rta maxsus va o’rta umumta’lim. Ikkinchi toifaga savodsizlikni bartaiaf qilish kurslari, amaliy texnologiyalarni qishloqlarda yoyish bo’yicha alohida fanlami o’qitish kurslari, oliy ta’limdan keyingi kurslar.
Xitoyda keyingi yillarda o’quv binolari, laboratoriya kurslari yangilandi, kattalar uchun o’quv muassasalarida o’qituvchilar tarkibining malakasi oshirishdi, ta’limning sifati va samaradorligi sezilarli yaxshilandi. Kattalar uchun ta’lim xalq ta’limining muhim bo’ginlaridan biriga aylandi. Hozirgi davlat o’quv muassasalaridan tashqari jamoatchilik mablag’iga qurilgan 1200 ta oliy maktablar mavjud. 30 dan ortiq oliy o’quv yurtlari tayyorgarlik va malaka oshirish qisqa muddatli kurslarini ochgan.
Oliy ta’lim barqaror rivojlanmoqda. 2003 yil oxirida Xitoyda 19 million talaba tahsil oldi. Aholini oliy ta’lim bo’yicha qamrab olish koeffitsienti 17 % ni tashkil etadi. Xalqaro tan olingan standartlarga ko’ra Xitoy ommaviy ta’lim bosqichiga o’tdi. 2003 yil 23 iyunda YUNESKOning “dunyoda oliy ta’lim sohasidagi holati haqida”gi ma’ruzasida ko’rsatilishicha, Xitoy oliy o’quv yurtlarida ta’lim oluvchilar soni juda qisqa muddat ichida 2 martagacha oshdi, oliy ta’lim ko’lami bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turibdi.
Ko’p yillar davomida oliy o’quv yurtlariga qabul kengaymoqda. 1999- 2002 yil oliy o’quv yurtlariga kirgan talabalar soni 3,2 millionga yetdi. 2003 yil 3,82 million talaba qabul qilinib, o’tgan yilgidan 620 ming talabaga ko’paydi. Oliy o’quv yurtlari aspiranturasi va tadqiqot institutiariga 269 ming tadqiqotchi qabul qilinib, o’tgan (2003) yilga nisbatan 66 ming tadqiqotchiga ko’paydi. 2004 yil davlat rejasiga ko’ra 230 ming tadqiqotchi qabul qilish kutilmoqda. Bu esa 2003 yil nisbatan 22,7 % ga ko’proq.
Oliy o’quv yurtlarining ilmiy-tadqiqot salohiyati mustahkamlanmoqda, uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga qo’shgan hissasi kundan kunga sezilarli bo’lib bormoqda.
Ishlab chiqarish, ta’lim, tadqiqotlar sohasida hamkorlik mustahkamlandi, yangi fan sohalari va yangi ilmiy - texnik mahsulotlar paydo bo’ldi. Bu esa ilmiy-texnik mahsulotlarni tadbiq qilishni tezlashtirishga ko’mak beradi.
2003 yil oxirida Xitoyda ilmiy-texnik markazlar mavjud bo’lib, shulardan ba’zilari fan yutuqlarini tadbiq qilishning muhim bazasiga aylandi.
Chet ellik talabalar Xitoy oliy o’quv yurtlarida o’qish uchun Xitoy tilini bilishi shart. Xitoy tilidan imtihon topshirishga tayyorlash uchun maktablar va universitet tayyorlov kurslari, qisqa muddatli yozgi kurslar mavjud.
Xitoyning eng yirik oliy o’quv yurtlari chet ellik talabalar soni bo’yicha liderlik qiladi. Masalan, Pekin davlat universitetida 4 mingdan ortiq chet ellik talabalar o’qiydi. Pekin til va madaniyat universitetida 160 ta davlatdan 10 ming talaba o’qiydi.

Download 32,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish