4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti


Qur`oni Karimdagi iqtisodiy ko’rsatmalar



Download 251,02 Kb.
bet2/44
Sana13.07.2021
Hajmi251,02 Kb.
#118021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
4[1]

Qur`oni Karimdagi iqtisodiy ko’rsatmalar. Qur`oni Karimdagi asosiy ġoyalardan biri musulmonlarning qardoshligi bo’lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdilar. Unda dehqon, hunarmandlar mehnati, umuman halol mehnat uluġlanadi, barcha boylik shu asosda paydo bo’lishi uqtiriladi. Bu muqaddas kitobda savdoga katta ahamiyat beriladi, sudxo’rlik (sudxo’rlik foizi) qoralanadi, xususiy mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat va hatto hasad qilish katta gunoh deb ko’rsatiladi

Ibn Xoldunning iqtisodiy qarashlari. Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xoldunning (1332-1405) hissasi benihoya katta. U Tunisda zodagonlar oilasida tuġilgan. Uning asosiy asari «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi»-1370 y.)

Ibn Xoldun ijtimoiy rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini ko’rsatib berishga harakat qildi. Uning fikricha, tarixiy jarayon asosini kishilik jamiyatining rivojlanishi tashqil etadi. Ibn Xoldun: “Ijtimoiy hayot asosini mehnat faoliyati tashqil etadi”,deydi. Uning yozishicha, «jamiyatning ahvoli, uning boyligi va ravnaqi faqat mehnatga va kishilarning boylikni o’zlashtirishga bo’lgan ishtiyoqiga boġliq. Agar odamlar yashash vositalari to’ġrisida qayġurmasalar va ularga egalik qilish uchun mehnat qilmasalar unda bozorda oldi-sotdi bo’lmaydi va odamlar oziq-ovqat qidirib, boshqa mamlakatlarga chiqib ketadilar».

O’rta Osiyo mustaqil davlatlarining tashqil topishi, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayishi ularning fan va madaniyatining yana iqtisodiy ham rivojlanishiga katta to’rtki bo’ldi. O’rta Osiyo X­XIV asrlarda Sharqda ilġor ijtimoiy tafakkurlar rivojlangan bir markazga aylandi. Bu davrda dunyoga mashhur bo’lgan Forobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Navoiy va boshqa ko’plab olim va shoirlar, davlat arboblari etishib chiqdi. Ularning asarlarida iqtisodiy fikrlar ham o’z aksini topgan. A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari. O’rta asr davrida ilġor iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk mutafakkirlardan biri, Aristotelning izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan «ikkinchi muallim» Abu Nasr Forobiy (870-950) hisoblanadi. U ko’p qirrali olim bo’lib, o’z bilimini oshirish yo’lida tinmay mehnat qilgan, qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan, suhbatlashib undan saboq olish uchun yo’lga chiqqan. U 70 dan ko’p tilni bilgan.Forobiy bir asarni bir marta uqib tushunolmasa, uni qayta-qayta o’qirdi. Aristotelning «Jon haqida» asarining Forobiy o’qigan nusxasi topilgan bo’lib, kitob chetiga uning tomonidan «Men bu kitobni yuz marta o’qidim», boshqa bir kitobda esa «Bu kitobni qirq marta o’qidim, lekin yana o’qishim kerak», deb yozilgan. Forobiy Aristotel` asarlarini o’qib o’rganish bilan birga, ularga sharhlar ham yozgan. Buyuk alloma Ibn Sino Aristotelning «Metafizika» asarini Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina to’liq tushunganligi haqida yozgan.Forobiyning mulkchilik to’ġrisidagi qarashlari. Abu Nasr Forobiy mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga muvofiq foydalanish, o’ziga to’q yashash to’ġrisidagi ilġor fikrlarni ilgari suradi

Uningcha, ma`rifatli, qonun asosida ish yuritadigan, hududiy madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim rol` o’ynaydilar va aksincha “...shahar aholisi ma`rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo’lsa, u holda ular qonun o’rnatgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”. Hududiy tarbiya, madaniyat mulkni to’ġri tasarruf etish, undan unumli foydalanish va mulkni ko’paytirishga undaydi. Forobiyning ta`kidlashicha, “Mulk orttirishda unchalik xavf yuq... Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o’z ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomon hisoblanmaydi.

Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari. Uluġ mutafakkir Ibn Sinoning (980-1037) 280 dan ko’p asarlari mavjud bo’lib, ular tibbiyot, matematika, astronomiya, ximiya, falsafa, iqtisodiyot va boshqa sohalarga baġishlangan.

Ibn Sinoning inson ehtiyojlari to’ġrisidagi, mehnat va uning moddiy ishlab chiqarishdagi roli to’ġrisidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha: «Hayvon tabiat ne`matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne`matlari kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi.

Ibn Sino ideal davlat to’ġrisida fikr yuritib, uni quyidagicha tavsiflab beradi:

  1. hamma o’z foydasini ko’zlab mehnat qilishi kerak;

  2. bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng taqsimlanishi kerakki, unda juda katta boylik va ashaddiy kambaġallik bo’lmasin;

3) barcha kishilar halol mehnat bilan shuġullanishi va halol savdo qilishi sababli ur o’sha digan odamlar bo’lmaydi va urushlar tugatiladi, davlatlar o’rtasidagi siyosiy baxslar esa tinch yo’l bilan hal etiladi;

  1. ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo’ladi, shuning uchun ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lmaydilar, quvnoq ashula va musiqani yaxshi ko’radilar, o’zoq vaqt qarimaydilar.

Ibn Sinoning ideal davlat to’ġrisidagi qarashlari Platonning «Qonun»larida, Aristotelning «Afina siyosatchilari»da, Forobiyning «Sahovatli shahar yashovchilarining qarashlari to’ġri sida traktat»ida aytilgan fikrlariga ko’p jihatdan uxshab ketadi.

Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari. Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan X1 asrda yashab ijod etgan buyuk shoir va mutafakkir Yusuf Xos Hojib hisoblanadi. U jamiyatning rivojlanishida mehnatning o’rnini qayd qilib o’tgach, shunday deydi: «Odamga foydasi tegmagan odam - murda» va «O’tgan umr achinarli emas, balki sarflangan mehnat achinarlidir». Yusuf Xos Hojib mehnatga tavsif berish bilan cheklanmasdan, balki mehnat taqsimotining ahamiyatiga ham alohida e`tibor qaratdi. U dehqonchilikda, chorvachilikda, hunarmandchilikda yaratiladigan moddiy boyliklarning xususiyatlarini ko’rsatib beradi.




Download 251,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish