Elektromagnit impuls. Yadroviy portlashda atmosferada juda katta elektromagnit maydoni vujudga kelib, bunda to’lqin uzunligi 1 dan 1000 m.gacha va undan ham uzun bo’ladi. Mana shu paydo bo’lgan elektromagnit maydonning kuchi elektromagnit impulsi deyiladi.
Elektromagnit impul’sining ta’sir etuvchi kuchi havodagi va yer osti kabellaridagi elektr tokining qarshiligini, signalizatsiya, elektr o’tkazuvchi va radio uzatkich antennalarining qarshiligini keskin oshirib yuborib, turli darajadagi falokatlarga olib keladi. Elektromagnit impulsining ta’sir darajasi, aslaha quvvatiga va portlash balandligiga, portlash markazidan uzoqligi hamda atrof-muhit xususiyatlariga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |