4-Mavzu. Ommaviy qirg’in qurollar, ularning ta`sir xususiyatlari va talafotlari. Reja


Havoda portlatish ikki xil sharoitda amalga oshiriladi



Download 76,39 Kb.
bet3/8
Sana05.07.2022
Hajmi76,39 Kb.
#742489
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-M

Havoda portlatish ikki xil sharoitda amalga oshiriladi:
a) yerdan kichik balandlikda, ya’ni yerdan 10 km gacha bо‘lgan havoda portlatish bо‘lib, u quyidagi formulaga bо‘ysunadi:

Bunda qurolning yarqirash hududi yerga tegmagan holda dumaloq kо‘rinishda bо‘ladi.
b) Yerdan katta balandlik(yuqori)dagi portlatish quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Havoda portlatish uncha mustahkam bо‘lmagan inshootlarni buzish, odamlarga, texnikalarga keng miqyosda shikast berish maqsadida qо‘llaniladi. Masalan, 1958 yilda AQSH о‘tkazgan sinovlar paytida, 1Mt quvvatli yadro quroli 77 km balandlikda portlatilganda 800-1000 km.gacha bo’lgan masofalardagi qisqa to’lqinli radioaloqalar portlatishdan keyingi 10 soatlar mobaynida ishdan chiqqanligi qayd etilgan.
Yadro qurolining hamma turdagi portlatishlarida quyidagi ta’sir etadigan omillar hosil bо‘ladi. Bular tо‘lqin zarbasi, yorug‘lik nurlanishi o’tuvchi(singuvchi) radiatsiya tо‘lqini, radioaktiv zarrachalar va elektromagnit impulslar hisoblanadi. Bunda portlash energiyasining 50 foizi tо‘lqin zarbasiga, 30-40 foizi yorug’lik nurlanishga, 5 foizi radiatsiya nurlariga va 15 foizi radiоaktiv changlarni hosil bо‘lishiga sarflanadi.
Neytronli bomba portlaganda esa ajraladigan energiyaning 8-10 foizi tо‘lqin zarbasiga, 5-8 foizi yorug‘lik nurlanishga va 85 foizi esa o’tuvchi radiatsiya nurilari va neytronlar oqimiga sarflanadi.
Yadro aslahalarini nishonga eltuvchi moslamalariga havoda, suv tagida va suv ustida harakatlanuvchan raketalar maxsus moslamali samolyotlar, artilleriya va boshqalar kiradi. Masalan, AQSHning qurolli kuchlari tarkibida qit’alararo ballistik raketalar: «Titan», «Minitmen-2», «Minitmen-3», «Pershing-2» va boshqalarni misol qilib kо‘rsatish mumkin.
Hozirgi davrda Pentagonda yangi turdagi, yadro zaryadiga ega bо‘lgan raketalarni bunyod etish, nishonga adashmay uradigan turlarini yaratish ishlari keng miqyosda olib borilmoqda.
Raketalarni olib yuruvchi suv osti atom kemalari «Polaris A-3», «Poseydon S-3», «Traydent-1» kabi strategik ballistik raketalar bilan qurollangan. «Polaris A-3», «Lafeyet» tizimidagi suv osti kemalarining suv sig’imi 8250 t, uzunligi 129,5 m bо‘lib, u «Poseydon C-3» raketalari o’rniga 16 ta ishga tushirish qurilmasiga ega bo’lgan «Traydent-1» raketalari bilan qayta qurollantirilgan. Yangi suv osti atom kemalari «Traydent», «Ogayo»ning uzunligi 170,7 m, suv sig’imi 18700 t bo’lib, o’zining jangovar imkoniyatlariga ko’ra «Polaris» va «Poseydon» raketalari bilan jihozlangan suv osti kemalaridan sezilarli darajada ustun bo’lgan 24 ta «Traydent-1»(C-4) raketalari bilan qurollangan. Keyingi paytda AQSH armiyasida yana ham quvvatli, nishonga urush aniqligi yuqori bо‘lgan suv osti kemalari yaratilib, ular «Tomaxok» rusumli qanotli raketalar bilan qurollantirilgan. Bu xildagi raketalarning nishonga urish masofasi 600 km gacha bо‘lib, kelajakda bu kо‘rsatkichni 3700 km ga yetkazish rejalashtirilgan.
Qurolni nishonga eltuvchi vositalardan yana biri o’rtacha va og’ir bombardimonchi strategik aviatsiyadir. Ular og‘ir va о‘rtacha og‘irlikdagi portlovchi raketalar bilan qurollantirilgan. Bu turdagi samolyotlarga: «Stratofortress V-52» hamda «V-1», «FV-SH» (AQSH), «Vulkan-V­­2»(Buyuk Britaniya), «Miraj IV» (Fransiya) kiradi. Ushbu portlotuvchan samolyotlar yordamida nishonni aviatsiya bombasi, raketa snaryadlari va yadro zaryadi, kimyoviy va biologik qurollar bilan qurollangan raketalar orqali yо‘q qilish mumkin. Masalan, «Xaund-Dog» snaryadi bilan 1100 km gacha, «SREM» va «Blyu-Stil» bilan 320 km, qanotli raketa «ALSM-V» orqali esa 2600 km dagi nishonga zarar yetkazish va jarohatlash mumkin.
Dushman tomonidan qо‘llanilgan qirg‘in qurol oqibatlarini (aholiga, atrof-muhitga, inshootga) tugatish va unga qarshi olib boriladigan chora-tadbirlar, о‘sha qurolning ta’sir etish omillarini о‘rganishdan boshlanadi.
Yuqorida aytilganidek, yadro aslahasi portlatilganda hosil bо‘ladigan ichki energiya quyidagi ta’sir omillariga sarflanadi: jumladan, tо‘lqin zarbasi, yorug‘lik nurlanish, radiatsiya nuri, radioaktiv zarrarlanish va elektromagnit impuls hamda zararlash hududlari hosil bо‘lishiga olib keladi.

Download 76,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish