4.3-rasm. Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi
ortiqchaligining grafikdagi tasviri
Demak, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining umumiy o’zgarishi teng:
Q
Q
e
Q
1
Q
2
P
A
B
C
E
S
D
P
e
P*
max
∆
i/ch.
= -A-С, (1)
bu erda, ∆
i/ch.
- ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining sof o’zgarishi.
Maksimal narx o’rnatilganda asosiy yo’qotishlar ishlab chiqaruvchilar zimmasiga
to’g’ri keladi.
4.2. Narxning bozor faoliyatiga ta’siri
Narxning bozor daromadiga qanday ta’siri borligini ko’rib chiqish uchun
muzqaymoq bozorini tahlil qilamiz. Agar muzqaymoq erkin raqobatbardosh bozorda
sotilsa, muzqaymoqning narxi talab va taklif muvozanatiga ta’sir ko’rsatadi.
Muvozanatli narxda haridorlar sotib olishni hohlayotgan muzqaymoqning miqdori
sotuvchilar sotishni hohlayotgan miqdorga to’g’ridan to’g’ri teng bo’ladi. Aniqroq qilib
aytsak, har bir muzqaymoq uchun narx 3$ga teng bo’lsin
1
.
Barcha ham ushbu erkin bozor vaziyatidan quvonmaydi. Misol uchun har kuni
birdona muzqaymoq iste’mol qilish uchun 3$ katta narx ekanligidan noliyotgan
iste’molchilar, shu bilan bir qatorda 3$ raqobatli bozorda eng minimum narx bo’lib, bu
ularga juda ham kam foyda keltirayotganidan noliydigan muzqaymoq ishlab
chiqaruvchilar bo’ladilar. Ularning har ikkalasi ham hukumatga bu borada kerakli
qarorni berishi uchun qonun ishlab chiqarishni talab etib murojaat etadi.
Albatta haridorlar har doim barcha mahsulot uchun eng kam haqni to’lashni
hohlasalar, sotuvchilar esa buning uchun eng yuqori haqni olishni hohlaydilar. Bu ikki
guruhning hohishlari bir-biriga qarama-qarshi. Agar muzqaymoq iste’molchilari
o’zlarining talablarida mustahkam bo’lsalar hukumat ular uchun muzqaymoqning
sotilishida narxning eng maksimal chegarasini belgilab berishi mumkin. Narxni
ko’rsatilgan chegaradan oshirish mumkin emas. Qonuniylashtirilgan maksimal narx esa
maksimal narx deb nomlanadi. Bunga qarshi ravishda muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar
harakatchan bo’lsa, hukumat narxga nisbatan minimum narxni belgilab beradi va narx
ushbu chegaradan tushib ketishi mumkin emas. Qonuniylashtirilgan minimal narx esa
minimal narx deb nomlanadi.
Agar hukumat muzqaymoq iste’molchilarni narxdan noroziligi ta’siri bilan
muzqaymoq uchun eng yuqori narxni belgilab bersa, ikki hil natija kelib chiqishi
mumkin. Birinchi rasmda, hukumat har bir muzqaymoq uchun 4$ belgilaydi. Bu
vaziyatda talab va taklifni muvozanatda ushlab turuvchi narx chegaradan pastda
bo’lgani uchun narx yo’q bolib ketmayapti. Bozor tabiiy ravishda iqtisodiyotni
muvozanatga olib borib qo’yadi va narxning yuqori darajasi sotilgan mahsulot
miqodriga yoki uning narxiga ta’sir etmaydi.
1
Ushbu mavzu G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.)
kitobining II bobi asosida tayyorlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |