4-MAVZU: Mulkchilik va xo`jalik yuritish shakllari.
Reja:
1.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati, iqtisodiy mazmuni.
2.Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni.
3.O`zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yo`llari, maqsadi va usullari.
Adabiyotlar: 1.O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi Toshkent-1992 y .18-19 boblar 2.O`zbekiston Respublikasi qonun va farmonlari Toshkent 1992 y O`zbekiston Respublikasi konuni A) O`zbekiston respublikasida mulkchilik tug`risida (1991- y 31- oktyabr) B) Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida 3. Karimov I.A. «O`zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish yo`lida» Toshkent-1995 y 4. Karimov I.A.«erishgan yutuqlarni mustaxkamlab , Yangi marralar sari izchil xarakat qilishimiz lozim» 10- fevral V.M.yig`ilishidagi ma'ruzasi Gazeta «Xalk so`zi» 11-fevral 2006- yil 5. «Iqtisodiyot nazariyasi»(noiqtisodiy oliy…) Umarov raxbarligida Toshkent universitet 2002-y 2– bob 6.Shodmonov ,R.Alimov,T.Juraev «Iqtisodiyot nazariyasi».Toshkent 2002-y 3 bob 7.Ulmasov A. Vaxobov «Iqtisodiyot nazariyasi» . Darslik. Toshkent 2006 y . 2 – bob 8. Beknozov «Iqtisodiyot nazariyasi» . Darslik. Toshkent 2006 y . 3 – bob.
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati.
Xar qanday iqtisodiy jamiyatning iqtisodiy tuzilishi mulkchilikdan boshlanadi.
Mulkchilik munosabati jamiyatning asosiy negizi xisoblanadi.
Iqtisodiyot doimo mulkiy munosabatlarga asoslanadi.
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma'naviy ne'matlarni ishlab chiqarish xamda jamiyat boyliklarini o`zlashtirish jarayonida vujudga keladi.
Mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish , undan foydalanish va uni tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik xuquqining uning egasi qo`lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan boyliklarni o`zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi.
Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy xayotda qo`llanilishidir .
Bundan daromad olish yoki shaxsiy extiyojni qondirish maqsadi ko`zda tutadi.
Mulkni tasarruf etish – bu mol-mulkning tqkdirini mustqkil xal qilinishidir . Bu mulk ob'ektlarini sotishi , meros koldirishi, xadya kilishi, ijaraga berishi kabi yo`llar bilan ro`y beradi
Bundan daromad olish yoki shaxsiy extiyojni qondirish maqsadi ko`zda tutiladi.