4-Mavzu: Mo‘g‘ullar istilosi davrida madaniyatning toptalishi va asta sekin jonlanishi



Download 26,28 Kb.
bet1/5
Sana22.04.2022
Hajmi26,28 Kb.
#574301
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu (2)


4-Mavzu: Mo‘g‘ullar istilosi davrida madaniyatning toptalishi va asta sekin jonlanishi XIII asr - XIV asrning birinchi yarmi
Mo‘g‘ullar bosqini o‘lkamizning moddiy va ma’naviy madaniyati taraqqiyotini bir necha yuz yillar orqaga surib yubordi. Asrlar davomida xalqimizning aql-zakovati bilan bunyod etilgan go‘zal shahar va qishloqlar, osmono‘par tarixiy qurilish obidalari, binokorlik va mе’morchilik san’atining nodir va bеtakror nusxalari yеr bilan yakson qilindi, ularning kuli ko‘kka sovurildi. Ayniqsa, ma’­naviy mеrosimiz ko‘rgan zararni til bilan ifoda etish qiyin. Yozma manbalar, nodir kitoblar yondirildi, oyoqostida toptaldi. Mo‘g‘ullar fan va madaniyat arboblari, olim-u fuzalolar, shoir va yozuvchilar — xalqimizning ming-minglab ulug‘ farzandlarini yoppasiga qirib tashladilar yoki qul qilib asir sifatida Mo‘g‘ulistonga olib ketdilar. Madaniy hayotga shu qadar katta zarba berildiki, uni XIV asrning yarmilariga qadar ham tiklab bo‘lmadi.
XIII asrning ikkinchi yarmida va XIV asrning boshlaridan e’tiboran shahar va qishloqlarda xo‘jalik hayotining jonlanishi bilan madaniy sohada ham ba’zi bir tarmoqlarning oyoqqa tura boshlashi ko‘zga tashlanadi. Bu shaharsozlik, binokorlik va me’morchilikka aloqador bo‘lgan sohalardir. Shu davrda Movarounnahr va Xorazmda qad ko‘targan va bizning kunlargacha yetib kelgan tarixiy san’at obidalarini misol tariqasida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Buxoro shahridagi Sayfiddin Boharziy, Bayonqulixon maqbaralari, Samarqanddagi Shohizinda ansamblining qusam Ibn Abbos maqbarasining ziyoratxonasi, Ko‘hna Urganjdagi Najmiddin Kubro va To‘rabek xonim maqbarasi, Xo‘janddagi (keyinchalik u harob bo‘lgan) Duvoxon maqbarasi va boshqalar ana shular jumlasidandir. XIII asr o‘rtalarida Buxoroda qurilgan «Mas’udiya» va «Xoniya» deb nomlangan ajoyib ikkita madrasa binosi va Ko‘hna Urganjdagi balandligi 62 metrga teng bo‘lgan ulkan qo‘sh masjid dastasi ulug‘ xalqimiz moddiy madaniyatining buyuk namunasidir.
XIII asr va XIV asrning birinchi yarmida moddiy madaniyat bilan bir qatorda ma’naviy madaniyatda ham xalq o‘z intilish va qiziqishlarini ifoda etganligini ko‘ramiz. Bunda eng asosiy mavzu mo‘g‘ul bosqinchilarini la’natlash, unga nisbatan ^ksiz nafrat va oliyjanob insoniy fazilatlar bo‘lgan. Bu xalq og‘zaki ijodida, yozma adabiyot va tarixiy asarlarda o‘z ifodasini topdi.
Xalqimiz Chingizxon istilosiga nisbatan o‘z nafratini «Bo‘ji keldi, bo‘ji keldi, Chingiz bilan Jo‘chi keldi», deb ifoda etgan. Xalq og‘zaki ijodida bosqinchilarga qarshi kurashishni tasvirlovchi afsonalar, ertaklardan namunalar bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ana shunday xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan biri «Guldursun afsonasi»dir (Qoraqalpog‘iston hududidagi Guldursun xarobasiga bag‘ishlangan afsona). Bu afsonada mo‘g‘ullarga qarshi qahramonlarcha jang qilgan xalq ommasiga, o‘zining hirs-havasi yo‘lida xalqiga, millatiga xoinlik, sotqinlik qilgan podshoning qizi Guldursun obrazi qarama-qarshi qo‘yiladi. Uning sotqinligi tufayli shahar xarobaga, ^^paga aylanadi, xalq qirg‘in qilinadi.
XIII asr va XIV asrning birinchi yarmida Movarounnahr va Xorazmda yozma adabiyot namoyandalarining o‘z yurtlarida badiiy ijod bilan shug‘ullanishlari uchun umuman hech qanday imkoniyat yo‘q edi. Mo‘g‘ullar qirg‘inidan tasodifan qutulib qolgan adiblar, yozuvchilar, shoir va olimlar o‘z ona Vatanlarini tark etib, o‘zga mamlakatlarga boshpana izlab bosh olib ketishga majbur bo‘ladilar. Ularning ko‘plari Hindiston, Eron, Turkiya, Misr va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlariga bosh olib ketadilar. Jumladan, buxorolik shoir, adib va adabiyotshunos Muhammad Avfiy, toshkentlik shoir Badriddin Chochiy, naqshoblik Ziyo Naqshabiy (Hindistonda), shoir Kamol Xo‘jandiy, Nosir Buxoriy (Eronda) va boshqalar o‘zga mamlakatlarda ijod qilganlar. O‘rta Osiyodan borgan ijodkorlar boshqa mamlakatlarda bo‘lsa ham o‘z xalqining madaniyati va adabiyoti taraqqiyotiga xizmat qilganlar. Ayni vaqtda ular og‘ir paytlarda o‘zlari uchun ikkinchi vatan bo‘lib qolgan mamlakat xalqlari madaniyati taraqqiyotiga ham munosib hissa qo‘shqanlar. Ulaming ko‘pchiligi bir necha tillarni bilar va shu tillarda ijod qilar edilar. Jumladan, asli balxlik Jaloliddin Rumiy Kichik Osiyoga borib fors-tojik va turk tillarida, Xusomiddin Osimiy fors-tojik turk va arab tillarida, Muhammad as-Samarqandiy turk, fors-tojik, arab va mo‘g‘ul tillarida asarlar yozadilar va hokazo. Bu davrda turkiy tilda ijod qilishga e’tibor, ayniqsa, kuchayadi. Natijada turkiy tillarni tadqiq qiluvchi bir qator qimmatli asarlar paydo bo‘ladi. Masalan, taniqli olim Abu Xayyon turkiy tillarni o‘rganishga bag‘ishlangan to‘rtta asar yaratgan. Jumladan, 1313-yilda Qohirada «Kitob ul-idrok lisonul atrok» («Tdrok va turkiy tillar kitobi») asarini yaratgan.
Bu davrda badiiy ijod bobida qalam tebratgan so‘z ustalarining kattagina guruhi so‘fiylik — tasavvuf tariqati yo‘lidan borganlar. Bu yo‘nalishning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri, o‘z davrining mashhur adibi Muslihuddin Sa’diy Sheroziy (1219—1293)dir. Sheroziyning «Guliston» va «Bo‘ston» asari va didaktik mazmundagi g‘azallari unga nafaqat fors-tojik adabiyotida, balki dunyoviy obro‘ va e’tibor keltirdi. U o‘z asarlarida ona diyorga mehr-u muhabbatni, oliyjanob vatanparvarlikni, insonparvarlikni ulug‘laydi, zo‘rlikni, noaxloqiy va yomon xulq-harakatlarni, kuchlilar o‘zboshimchaligini qoralaydi va la’natlaydi.

Download 26,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish