4-mavzu. Miya Reja: Miya haqida tushuncha miyaning morfologiyasi


NERV SISTEMASINING REFLEKTOR FAOLIYATI. Refleks tushunchasi



Download 31,79 Kb.
bet3/4
Sana11.08.2021
Hajmi31,79 Kb.
#145004
1   2   3   4
Bog'liq
3-Amaliy

NERV SISTEMASINING REFLEKTOR FAOLIYATI. Refleks tushunchasi. Markaziy nerv sistemasi faoliyatining asosiy va uziga xos belgisi reflektor aktlarni yoki reflekslarni yuzaga chikarishdir. I.P.Pavlov bu xakda kuyidagilarni yozgan edi: «Murakkab organizm xayotida refleks eng muxim va eng kup uchraydigan nerv xodisasidir. Organizm kismlarining doimiy, tugri va anik uzaro nisbati va butun organizmning tevarak-atrofdagi sharoitga munosabati refleks yordamida karor topadi».

Refleks – tashki yoki ichki muxit uzgarganda retseptorlarning ta’sirlanishiga javoban organizmning markaziy nerv sistemasi yordamida kursatadigan konuniy reaksiyasidir. Reflekslar organizm biron faoliyatining maydonga kelishi yoki tuxtashida: muskullarining kiskarishi yoki bushashuvida, bezlar sekretsiyasiga yoki sekretsiyaning tuxtashida, tomirlarning torayishi yoki kengayishida va shunga uxshashlarda namoyon bo‘ladi.

Organizm reflektor faoliyat tufayli tashki muxitning yoki uz ichki xolatining turli uzgarishlariga tez reaksiya kursata oladi va shu uzgarishlarga tez moslasha oladi. Umurtkali xayvonlarda markaziy nerv sistemasi reflektor faoliyatining axamiyati shu kadar kattaki, bu faoliyat kisman yukolganda xam (nerv sistemasining ayrim bulaklari operatsiyada olib tashlanganda yoki kasallanganda) kupincha chukur invalidlik ruy berib, doimo sinchaklab parvarish kilinmagan takdirda zarur xayotiy funksiyalarni yuzaga chikarib bulmaydi.

Markaziy nerv sistemasi reflektor faoliyatining axamiyati I.M.Sechenov va I.P.Pavlovning klassik asarlarida tulik ochib berilgan. I.M.Sechenov 1862 yildayok «Bosh miya reflekslari» degan shox asarida: «Ongli va ongsiz xayotning xamma aktlari kelib chikish usuli jixatidan reflekslardir» degan edi.

Reflekslarning turlari. Reflekslar yoki reflektor aktlar juda xilma-xilligi bilan fark kiladi. Reflekslarni bir kancha belgilariga karab turli gruppalarga ajratish, klassifikatsiya kilish mumkin. Masalan, reflekslar organizmga biologik axamiyati jixatdan ovqat, mudofaa, jinsiy, orientirovka, poza-tonik va lokomotor reflekslarga (vaziyat va fazoda gavdani xarakatlantirish reflekslariga) bulinadi.

Ta’sirlanganda muayyan reflektor aktga sabab buluvchi retseptorlar kaerda joylashganiga karab, reflekslar: eskteroretseptiv (ya’ni gavda sirtidagi retseptorlarning ta’sirlanishidan kelib chikadigan), vissero-, yoki interoretseptiv (ichki organlar va tomirlardagi retseptorlarning ta’sirlanishidan kelib chikadigan), proprioretseptiv (skelet muskullari, bugimlar, paylardagi retseptorlarning ta’sirlanishidan kelib chikadigan) reflekslarga bulinadi.

Reflekslar yuzaga chikishi uchun miyaning kaysi bulimlari zarurligiga karab xam klassifikatsiya kilinadi. Reflekslar shu jixatdan spinal (orka miya neyronlarning ishtirokida kelib chikadigan), bulbar (uzunchok miya neyronlarining mukarrar ishtiroki bilan yuzaga chikadigan), mezensefal (urta miya neyronlarning ishtirokida yuzaga chikadigan), diensefal (oralik miya neyronlari ishtiroki bilan yuzaga chikadigan), kortikal (bosh miya katta yarim sharlari pustlogidagi neyronlar ishtiroki bilan yuzaga chikadigan) reflekslarga bulinadi. SHuni aytib utish kerakki, markaziy nerv sistemasining oliy bulimlaridagi neyronlar ishtirokida yuzaga chikuvchi reflektor aktlarda kuyi bulimlar – oralik miya, urta miya, uzunchok miya va orka miyadagi neyronlar muttasil ishtirok etadi. Ikkinchidan, orka miya yoki uzunchok miya, urta miya yoki oralik miya yuzaga chikaradigan reflekslarda nerv impulslari markaziy nerv sistemasining oliy bulimlariga etib boradi. SHunday kilib, reflektor aktlarning xozirgina keltirilgan klassifikatsiyasi bir kadar shartlidir.

Reflekslar ularda kaysi organlarning ishtirok etishiga, javob reaksiyasining xarakteriga karab xam ajratiladi. Masalan, reflekslar xarakatlantiruvchi, yoki motor (bunda muskullar ijrochi organ xisoblanadi), sekretor (bezlar sekretsiyasi bilan tugaydigan), tomir xarakatlantiruvchi (kon tomirlarning torayishida yoki kengayishida namoyon bo‘ladigan) reflekslarga bulinadi. Bu klassifikatsiya bir kadar oddiy reflekslarga tugri keladi. Markaziy nerv sistemasining oliy bulimlaridagi neyronlar ishtirokida yuzaga chikadigan murakkab reflekslarda esa odatda turli ijrochi organlar reflektor reaksiyaga tortiladi.

Butun organizmning barcha reflektor aktlari shartsiz va shartli reflekslarga bulinadi.




Download 31,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish