4-mavzu. Mantiq. Reja


Nom nima? U tushuncha bilan aynanmi?



Download 74,97 Kb.
bet7/17
Sana29.05.2022
Hajmi74,97 Kb.
#616220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
4-Мавзу.

Nom nima? U tushuncha bilan aynanmi? Nom alohida predmetni yoki predmetlar gruhini belgilovchi til ifodasidir. Masalan: “Amur Temur” so‘zi temuriylar davlatining asoschisi bo‘lgan buyuk bobokalonimizning nomini bildiradi; “o‘qituvchi” so‘zi bilim beruvchi insonni, “qizil”so‘zi esa barcha buyumlardagi qizil rangni ifodalaydi. Buyum va hodisalarga inson nom qo‘yadi va nom tufayli ular haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, nom til ifodasi bo‘lsa, tushuncha tafakkur shaklidir.
Tushuncha buyum va hodisalarning umumiy, muhim va farq qiluvchi belgilarini bir butun, yaxlit holda aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Buyum va hodisalarning belgilari muloqot va fikr yurtish jarayonida biror predmetning vakili sifatida xizmat qiladigan belgilardan farq qiladi. Buyum va hodisalarning belgilari predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o‘xshashligini ifoda qiluvchi xususiyatlar va munosabatlarni ifodalovchi belgilardir. Masalan, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish faqat insonga xos belgidir. Boshqa tirik mavjudotlar bunday faoliyat bilan shug‘ullanmaydilar.
Buyum va hodisalarning belgilari umumiy, muhim, farq qiluvchi turlarga bo‘linadi. Bir sinfga mansub bo‘lgan hamma predmetlarga xos bo‘lgan belgilar – umumiy belgilardir. Insonlar sinfi uchun qaddini tik tutib yurish, kulish va boshqalar shunday belgilarga misol bo‘ladi. Biror belgining o‘zgarishi yoki yo‘q bo‘lishi tushunchaning ham o‘zgarishi yoki yo‘q bo‘lishiga olib keladigan belgi muhim hisoblanadi. Inson uchun aqllilik (tafakkur qilish) muhim belgidir. Farq qiluvchi belgi predmetni o‘ziga o‘xshash boshqa predmetlar orasidan tanib olishga imkon beruvchi belgidir. Masalan, har bir inson o‘ziga xos individual belgilari bilan boshqalardan ajralib turadi. Demak, tushuncha ma’lum belgilariga ko‘ra bir to‘plamga birlashgan predmetlarning birligini ifodalaydi.
Tushuncha so‘z bilan uzviy bog‘liq. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til o‘rtasidagi bog‘lanishning konkret tarzda namoyon bo‘lishidir. Tushunchalar so‘z (talaba, universitet, qog‘oz) va so‘z birikmalari (O‘zbekiston Milliy universitetining talabasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, rangli qog‘oz) yordamida ifodalanadi. Lekin bundan tushuncha va so‘z aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Ba’zi so‘zlar (ammo, chunki, uchun va h.k.) hech bir tushunchani ifodalamasligi ham buning sabablaridan biridir. Bitta tushuncha har xil tillarda, ba’zan bir tilda ham turli xil so‘zlar bilan ifodalanadi. Tildagi omonim va sinonim so‘zlarning mavjudligi esa so‘z va tushunchaning aynan emasligidan dalolat beradi. Ayrim so‘zlarning ko‘p ma’noliligi ba’zan tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. Shu sababdan kundalik hayotda qo‘llanadigan til bilan ilmiy til bir-biridan farq qiladi. Ilmiy til tabiiy til, sun’iy til va maxsus termin (atama)lardan tashkil topadi.

Download 74,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish