5-Chizma. Fillips egri chizigi
Fillips egri chizigi ishsizlik va inflyatsiya darajalari o‘rtasidagi teskari bogliglikni xarakterlaydi.
Mamlakat iktisodiyotining xususiyatiga ko‘ra, shuningdek, inflyatsiyaning kaysi turi mavjudligiga karab Fillips egri chizigidagi inflyatsiya va ishsizlik darajalarining kombinatsiyasi fark kilishi mumkin. Bunday tanlov kutilayotgan inflyatsiyaning sur’atiga boglik. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi kanchalik yukori bo‘lsa ishsizlikning xar kanday darajasida (sur’ati past bo‘lgan inflyatsiya darajasiga nisbatan) xakikiy inflyatsiya darajasi yukori bo‘ladi. Ishsizlik darajasi va inflyatsiya sur’atining makbul mikdorlari kuyidagi formula ko‘rinishida tasvirlanishi mumkin:
Yx – Yp
= kut + f ( ------------- ) + ε
Yp
Bu erda - inflyatsiyaning xakikiy darajasi;
k- inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi;
Yx – Yp
f ( ------------- ) + ε - talab inflyatsiyasi;
Yp
f - Fillips egri chizigining ogish burchagini belgilovchi empirik koeffitsent;
ε - tashki baxo shoki ( taklif inflyatsiyasi).
Ouken konuniga ko‘ra YaIMning uzilishi, ya’ni (Yx – Yp) / Yp mikdor davriy ishsizlikning o‘zgarishiga boglikligi sababli kiska muddatli Fillips egri chizigini tenglamasini kuyidagicha tasvirlash mumkin:
Keltirilgan tenglamadan ko‘rinib turibdiki, xakikiy inflyatsiya darajasi mikdori kutilayotgan nflyatsiya darajasiga xamda tashki baxo shoklari darajasi bilan to‘gri bogliklikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari boglikka ega ekan.
Xukumat Fillips egri chizigiga asoslanib, kiska davr uchun, iktisodiy siyosat maksadlaridan kelib chikib ishsizlik va inflyatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
Kiskacha xulosalar
Iktisodiy davrlar asosan to‘rtta boskichini o‘z ichiga oladi va ularni iktisodiy tebranishlar deb yuritish maksadga muvofik. Iktisodiy tebranishlarning sabablari xilma - xil bo‘lsada, ularning barchasi yalpi xarajatlar xajmining o‘zgarishi orkali YaIM dinamikasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlar soninning ishchi kuchi soniga nisbatiga aytiladi. Ishchi kuchi xam boshka tovar maxsulotlari kabi bozorda sotiladi va sotib olinadi. To‘la ish bilan bandlik 100% ish bilan ta’minlanganlik darajasini anglatmaydi.
Kelib chikish sabablariga ko‘ra friksion, tarkibiy va davriy ishsizlik turlari mavjud.
Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik darajalari yigindisiga teng bo‘lib, mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan xakikiy ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz kilib xisoblangan ishsizlik darajalarining o‘rtacha mikdori sifatida belgilanadi.
Ishsizlar sonining oshishi, ya’ni ishsizlikning xakikiy darajasi uning tabiiy darajasidan yukori bo‘lishi potensial xajmdagi YaIM bilan xakikiy xajmdagi YaIM o‘rtasida uzilishga olib keladi. Ouken konuni bunday bogliklikning mikdoriy darajasini ifodalaydi.
Inflyatsiya ma’lum davr mobaynida mamlakatda baxolar o‘rtacha (umumiy) darajasining barkaror o‘sishi va pulning xarid kobiliyatini uzok muddatli pasayishini anglatadi. Inflyatsiyaning iktisodiyotga salbiy ta’siri normal iktisodiy munosabatlarni izdan chikarishida namoyon bo‘ladi.
Inflyatsiya darajasi baxo indekslari vositasida o‘lchanadi.
Kelib chikish sabablariga kkra talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasi o‘zaro farklanadi. Inflyatsiyaning bu ikki turi ko‘pincha aralash xolda yuzaga keladi. Kutilmagan inflyatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar, axolining turli katlamlari xamda davlat va axoli o‘rtasida kayta taksimlaydi.
Ishsizlik va inflyatsiya sur’atlari o‘rtasidagi teskari bogliklik Fillips egri chizigida aks etadi.
Xukumat Fillips egri chizigiga asoslanib kiska davr uchun ishsizlik va inflyatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |