Tijorat banklari ichki kredit siyosati asosida chiqarilgan yo`riqnoma bo`yicha korxonalarni kreditga layoqatliligi asosiy ko`rsatkichi bo`lib: qoplash koeffitsienti, likvidlik koeffitsienti va o`z aylanma mablag`lari bilan ta`minlanish koeffitsientlari hisoblanadi. Korxonalarning kreditga layoqatlik ko`rsatkichlari bo`yicha sinflarga bo`linishi.
T/r
|
Nomi
|
1-sinf
|
2-sinf
|
3-sinf
|
1.
|
Qoplash koef. (Q.k)
|
Q.K > 2
|
1 |
0,5 |
2.
|
Likvidlik koef.(L.k)
|
L.K>1,5
|
1< L.k <1,5
|
0.5 |
3.
|
Muxtoriylik koef.(M.k)
|
M.K>60%
|
30%< M.k<60%
|
15%>M.k<30%
|
Agar korxona 1-sinfga kiritilsa, unda umumiy asoslarda kreditlanadi. Ularga nisbatan kredit berishning imtiyozli tartibi ham nazarda tutilishi mumkin, ya`ni ishonchli krediti berilishi, qo`shimcha ma`lumotlar va hisob-kitoblarsiz kredit berilishi hamda boshqa imtiyozlar taqdim etilishi mumkin.
Agar korxona 2-sinfga kiritilsa, xo`jalik yurituvchi subyekt manfiy qo`shimcha ko`rsatkichlarga ega bo`lsa, beqaror (barqaror emas) deb hisoblash lozim, bunday korxonalar bilan kredit shartnomalari tuzilganida uning faoliyati va kreditning qaytarilishi ustidan nazoratning qo`shimcha choralari ko`zda tutilishi kerak. Xususan, garov huquqi qattiqlashtirilishi, foiz stavkalari oshirilishi, kafolatlar berilishi hamda kreditdan foydalanish miqdorlari va muddatlari cheklanishi kerak.
Agar korxona 3-sinfga kiritilsa, bu korxonalarga faqat favqulodda hollarda yuqori tashkilot kafolatlari yoki oshirilgan foiz stavkasini undirish bilan mol-mulk garovga qo`yilgandagina kreditlanadi.
Moliya va buxgalteriya hisobidagi asosiy tamoyillari va amaliy me’yorlaridagi farqlarga qaramay, kompaniyaning moliyaviy hisoboti o‘z ichiga moliyaviy holati va o‘tmishdagi xo‘jalik faoliyati samaradorligi haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan bo‘ladi, bu rahbarlarga kompaniyaning bo‘lg‘usi ishlarini tahlil qilish va istiqbolini belgilashda asqotishi mumkin bo‘ladi. Firmaning moliyaviy hisobotlari asosida moliyaviy natijalarini tahlil qilishda qator maxsus koeffitsientlardan foydalaniladi, ular yordamida ko‘rsatkichlarni turli xil kompaniyalar bo‘yicha hamda bitta kompaniyaning turli xil vaqt oralig‘idagi ko‘rsatkichlarini solishtirish mumkin bo‘ladi.
Ushbu koeffitsientlardan foydalangan holda firma faoliyatining beshta asosiy jihatlarini tahlil qilish mumkin: rentabelligi, aktivlar aylanmasi, o‘zining va jalb qilingan mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish yoki moliyaviy "dastak" (moliyaviy liveridj), likvidlik va bozor qiymati.
Kredit riskini tahlil qilishning eng muhim omillaridan biri foizlar qoplamasi hisoblanadi. Uning mohiyati kompaniyaning foizli to‘lovlarini bu to‘lovlarni amalga oshirishdan keladigan foyda summasi bilan taqqoslashdan iborat. Bu koeffitsient kredit uchun foizlar to‘lash bo‘yicha kompaniyaning o‘z majburiyatini bajarish imkoniyatini aks ettiradi. Aynan kompaniyaning foizlar to‘lay olmaslik imkoniyati yuqori giring holatida aks etadi.
1>1>2>
Do'stlaringiz bilan baham: |