8329,1 + 6000 = 14329,1 sh.b.
Uchinchi yilning oxirida formuladan kelib chiqib:
.
Ma’lumki, keltirilayotgan qarzni qaytarish usuli – jamg’armani yaratish – qarzdor uchun foiz stavkasi qarz uchun to‘lovlarning foizidan katta bo‘lganda foydalidir.
5. Kredit kafolatlari
Kredit risklarini kafolatlash mexanizmining faoliyat yuritishi moliyaviy tizimning barcha elementlariga taalluqli bo‘lib, korporativ va davlat moliyasida muhim o‘rin tutadi. Asosiy kompaniyalar, odatda, sho‘ba bo‘linmalarining qarz majburiyatlarini kafolatlaydi. Tijorat banklari va sug‘urta kompaniyalari an’anaviy akkreditivlardan boshlab va foiz stavkalari hamda valyuta svoplari bilan yakunlangan turli xil moliyaviy insturmentlar uchun pullik kafolatlarni taklif etadilar.
Yirik kafolatli muassasalar sifatida, qoidaga ko‘ra, hukumat va davlat tuzilmalari amal qiladi. Hatto AQShda xususiy sektorga cheklangan davlat aralashuvi falsafasi hukmronlik qiladigan bo‘lsa ham, federal va mahalliy hukumatlar keng moliyaviy kafolatlar taqdim etadi. Ular orasida iqtisodiy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham eng muhimi bank depozitlarini sug‘urtalash hisoblanadi. Biroq, boshqa holatlarda ham kafolatlar keng qo‘llaniladi. Masalan, ayrim hollarda hukumat katta korxonalar va kichik biznes subyektlarining qarzlarini kafolatlashni ham amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, kafolatlar mexanizmi aniq kafolatlarning bunday ro‘yxatida qabul qilinishidanda keng tarqalgan. Har bir kredit bitimi tuzilganida, uning ishtirokchilari ushbu bitimning yopiq kafolatini taqdim etadi. Buni tekshirish uchun, rasmiy va amaliy nuqtai nazardan amalga oshiriladigan asosiy o‘xshashlikni ko‘rib chiqamiz.
Amerikada kreditlar (AQSh dollari) AQSh hukumatidan boshqasiga beriladigan bo‘lsa, kreditorlar ko‘rinmas tarzda ushbu kreditlarning kafolatlarini ham sotishadi. Buning asosida kredit operatsiyalarini amalga oshirish turli funksional munosabatlardan tashkil topgan ikkita bitimdan iborat: kreditni taqdim etish va kreditor tomonidan qaytarilmaslik riskini qabul qilish.
Ushbu masalani batafsil ko‘rib chiqish uchun kredit faoliyatini ikki bosqichga ajratish maqsadga muvofiqdir: (1) kafolat olish va (2) qarz olish. Faraz qilaylik, kafolatchi va kreditor ikki xil shaxs deb hisoblang. Birinchi bosqichda qarz oluvchi kafolatchidan 10 sh.b. ga kreditni qaytarish kafolatini sotib oladi. Ikkinchi bosqichda qarz oluvchi ushbu kafolatni kreditorga taqdim etadi va 100 sh.b. miqdorida yiliga 10% foiz stavkasi bo‘yicha kredit oladi. Qarz oluvchi natijada bir yildan keyin 110 sh.b. qilib qaytarib berish majburiyati evaziga sof 100 sh.b. - 10 sh.b. = 90 sh.b.ni oladi.
Shak-shubhasiz, ko‘pincha qarz beruvchi va kafolatchi sifatida bitta shaxs, masalan, tijorat banki chiqadi va qarzdor oddiygina 90 sh.b. ni 110 sh.b. qilib qaytarib berish majburiyati bilan bankdan oladi. Bunday holdagi kredit bo‘yicha berilgan foiz stavkasi 22,22 % ni tashkil etadi va quyidagicha aniqlanadi: (110 sh.b. - 90 sh.b.) / 90 sh.b. Ushbu taklif qilingan stavka o‘zida ham foiz stavkasini, ham kafolat uchun to‘lovni aks ettiradi. Ikki xil harakatlar mavjudligiga ishonch hosil qilish uchun, riskli qarz egasi uchinchi tomondan 10 sh.b. ga kafolat sotib olishi mumkinligiga e’tibor qarating. Bu holda qarz beruvchining jami sarmoyasi 90 sh.b. + 10 sh.b. = 100 sh.b. ga teng., kafolatlangan to‘lov esa 110 sh.b. ga teng bo‘ladi.
Shunday qilib, aslida, har qanday kreditni sotib olish kredit olish va ayni paytda ushbu kreditni qaytarib berish kafolatini taqdim etish bilan tengdir. Aslida, kreditor kredit ajratib, shu bilan bir qatorda uning hajmini qarzni qaytarib berishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kafolatlar miqdoriga kamaytiradi. Kafolat va kreditning nisbati sezilarli darajada farq qilishi mumkin.
Kafolatlar nafaqat kreditlar, balki boshqa moliyaviy bitimlar tuzishda ham mavjud. Masalan, svop shartnomalari tuzilganda tomonlarning majburiyatlarini bajarish kafolati ko‘pincha moliyaviy vositachi sifatida faoliyat yurituvchi uchinchi taraf tomonidan ta’minlanadi. Agar bunday kafolatlar berilmasa, har bir tomon majburiyatlarning bajarilishi uchun haqiqiy kafolatni ta’minlaydi.
Moliyaviy faoliyatga ixtisoslashmagan firmalar bunday shartnomalarni tobora kengaytirmoqdalar, ularning ish boshqaruvchilari ular bilan bog‘liq bo‘lgan bevosita va yopiq kafolatlarni samarali boshqarish usullarini yaxshiroq tushunishlari kerak bo‘ladi.
Bunday kafolatlarning boshqaruvini tahlil qilish uchun, optsion narxlash nazariyasidan foydalanish mumkin. Kafolatlar “put” optsioniga o‘xshash. Kafolat beruvchi (kafil) agar uning emitenti buni bajara olmasa, moliyaviy instrumentda nazarda tutilgan moliyaviy to‘lovni amalga oshirishi kerak. Kafilga yetkazilgan zarar kafolatlangan shartnoma majburiyatlari va qarzning ta’minoti yoki garovi sifatida qo‘yilgan aktivlarini sotishdan olingan daromadlar o‘rtasidagi farqqa tengdir. Bu farq taqchillik (defitsit) deb ataladi. Odatda qarzdorning to‘lovga layoqatsizligini musbat taqchillik ko‘rsatib turadi.
Misol uchun, qaysidir alohida kafolatlar berishdan olingan daromadni ko‘rib chiqamiz. Agar
Do'stlaringiz bilan baham: |