Umumiy xarajatlar (TC - Total Cost) - qisqa muddatli orliqda ma`lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlarning yig’indisiga teng:
, (7.6.3)
bu Yerda - o’zgarmas xarajat, - o’zgaruvchan xarajat.
O’rtacha xarajatni ba`zi hollarda o’rniga bilan ham belgilaydi.
O’rtacha umumiy xarajatlarni umumiy xarajatni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlash mumkin:
, (7.6.4)
yoki o’rtacha o’zgarmas ( ) va o’rtacha o’zgaruvchan ( ) xarajatlarni qo’shish yo’li bilan aniqlanadi:
. (7.6.5)
O’rtacha umumiy xarajatlar firma faoliyatini tahlil qilishda asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. O’rtacha umumiy xarajat bilan narx o’rtasidagi farq orqali firmaning olayotgan foydasi yoki zarari aniqlanadi.
CHekli xarajat (MC - Marginal Cost) - ishlab chiqarish hajmini kichik miqdorga (odatda bir birlikka) oshirish bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha umumiy xarajatdir:
. (7.6.6)
Bu Yerda chekli o’zgarmas xarajat bo’lgani uchun, chekli xarajat chekli o’zgaruvchan xarajat ga teng ( ).
- chekli o’zgaruvchan xarajat bhlib, mahsulotni qo’shimcha bir birlikka ( ) oshirgandagi o’zgaruvchan xarajatning o’sgan qismi ga teng.
Yuqoridagi formuladan ko’rinib turibdiki, o’zgarmas xarajat chekli xarajat miqdoriga ta`sir qilmaydi. CHekli xarajat o’zgaruvchan xarajat funktsiyasidan olingan hosilaga teng:
. (7.6.7)
Xarajatlar funktsiyasi grafiklari bir-biriga nisbatan shunday joylashganki, boshlanishda chekli xarajatlar kamayib boradi (bu Yerda asosiy sabab, ishlab chiqarish masshtabi kengayishining musbat samarasi va optimal texnologik ishlab chiqarish hajmiga chiqish hamda o’zgarmas xarajatlarning kamayishi). Optimal hajmdan keyingi ishlab chiqarish hajmining o’sishida kam samarali resurslarni ishlab chiqarishga jalb qilish, ishlab chiqarish masshtabini ortiqcha kengayishi natijasida boshqaruv samaradorligining kamayishi, xarajatlarning ortishi natijasida chekli xarajatlar o’sib boradi.
Tadbirkor o’z korxonasining oy va yil mobaynidagi xarajatlarining umumiy miqdorini ham bilishi kerak. Bu juda muhim ma`lumotdir, chunki u korxona xarajatlarining tarkibini va qaysi sohada xarajatlar ortiqcha yuqoriligini ko’rsatadi. Bunday axborotga ega bo’lgan tadbirkor xarajatlarni kamaytirishga va o’z raqobatbardoshligini oshirishga intilishi mumkin.
O’z biznesini boshlayotgan tadbirkor o’z korxonasining kamida bir yillik umumiy xarajatlarini aniqlashi, sotishdan rejalashtirilayotgan daromadlar xarajatlarni qoplay olish-olmasligini tushunishi kerak.
Tadbirkor hamisha kelajakka qarashi va o’z biznesini rivojlantirishni hisoblashi kerak.
Sotish rejasidan kelib chiqib, u ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmini hisoblashi, mavsumiy chyokinishlarning, sotish hajmlarining kamayishi yoki oshishi mavjudligini ko’rishi mumkin. Binobarin, bevosita sarflar o’zgaradi, bilvosita xarajatlar esa o’z darajasida qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |