Sport menejmentining paydo bo‘lishi, uning jismoniy tarbiya va sportni
boshqarishdagi ahamiyati
Menejment inglizcha so‗z bo‗lib, boshqarish, ijodiy ish ma`nolarini anglatadi. Bu,
asosan ishlab chiqarish, maxsulotlarni bozorga, ayniqsa, chetga chiqarish, ulardan
olingan foydalarni zarur tomonlarga ishlatishdagi boshqaruv faoliyatlarida qo‗proq
qo‗llanadi.
Malumki, bu faoliyatlar sanoat va boshqa maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi
korxonalarga ega bo‗lgan, eng rivojlangan mamlakatlarda uzoq yillardan buyon
qo‗llanib kelinadi. Bu mamlakatlarda menejment jismoniy tarbiya va sport soxasini ham
qamrab olgan.
AQSh, Yaponiya va bir qator Yevropa mamlakatlarida sportchilarni tanlash,
tayyorlash, ularning eng nufuzli sport musobaqalaridagi yutuqlarini taminlashda menej-
mentlik /boshqaruv/ xususiyatlari ancha ustun turadi. Yani o`tkaziladigan tadbirlar, golib
sportchilar evaziga mod-diy mablag‗lar tushumiga /foyda/ ega bo‗lish asosiy faoliyat
xisoblanadi. Sport soxasidagi menejmentlik faoliyatlari O‗zbekistonda to`la tarkib
topgan emas. Chunki mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga raxbarlik qilish chet
mamlakatlarda sport tashkilotlarining me nejmentlik ishlaridan tubdan farq qiladi.
Xozirgi bozor iqtisodiyoti va munosabatlari boshqa soxalarga menejmentlik ish
usullariga asta sekin kirib kelmoqda. Sportdagi raqobatchilik va moliyaviy-xo`jalik
ish yuritish usulimiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‗tgach, sport menejmenti ham
to`la tarkib topishi va takomillashishi mumkin bo‗ladi. Bu, o‗z navbatida, yurtimizda
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sport menejmenti soxasida mutaxassis
xodimlarni
tayyorlash
hamda
ularning
yangi
yo`nalishdagi
faoliyatlarini
takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‗ladi.
Jismoniy tarbiya va sport soxasida menejment asoslari, ularning
tushunchalari
eng avvalo takidlash zarurki, O‗zbekistonda sport menejmenti soxasida /davlat
tilida/ maxsus uquv yoki uslubiy ko`llanmalar yaratilgan emas.
Professor T.T.Yunusovning o`quv qo`llanmasida qayd qilishicha, jismoniy tarbiya va
sport soxasidagi menejment faoliyatlari asosan chet mamlakatlarda ko`p uchraydi va
ularni o`rganish, taxlil qilish hamda mamlakatimiz sharoitiga moslab qullash zaruriyati
mavjuddir.
Shunga ko`ra jismoniy tarbiya va sportda menejmentning quyidagi asoslarini bilish
lozim bo‗ladi.
1. Menejer /raxbar/ asosiy maqsadlarni aniqlaydi va xar bir soxadagi guruxdarda ish
sifatlarini belgilaydi, maqsadlarga erishish yo`llarini ishlab chiqadi, o`z hamkorlari va
faoliyatda zarur bo‗lgan kishilar oldiga vazifalar quyadi. Tadqiqrtchilarning fikriga ko`ra
(Saskov V.M. va boshqalar) menejerlarda kuyidagi sifatlar bo‗lishi zarur:
Do'stlaringiz bilan baham: |