Suniy intellekt tushunchasi va uning tahlili. Rus faylasufi M.I.Belyaev reallikni soxtalashtiruvchi tafakkurni “jonli (tirik) tafakkur”ga qarama-qarshi qo‘yadi. “Jonli tafakkur” nimaligini eslab olish uchun U beg‘ubor yosh bolalik chog‘larimizdagi eslashni tavsiya etadi. “Bolalikda hammaning tafakkuri odatda jonli bo‘ladi,- deydi U,- Unga – bu yaxshi, bu yomon deyish kerak bo‘lmagan. Bu kichik inson haqiqatni oldindan bila olgan. O‘zini yomon his etsa – yig‘lagan, yaxshi his etsa, kulgan. Bugun esa biz ildizi qadimgi davrga borib taqaladigan “jonli aql” bilan keyin shakllangan “sovuqqon aql” orasidamiz. “So‘zimiz bilan ishimiz” orasidagi munosabat ham shunday.”1
Real borliqni soxtalashtirish esa, o‘z navbatida kishilar orasida, ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarda, ichki va tashqi siyosatda va h.k. tartibsizlik (xaos) va antagonistik ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Zamonaviy fan-texnika yutuqlarining eng “samarali” ommaviy axborot vositalari yashin tezligida ijtimoiy hayotga olib kirayotgan, “ommaviy madaniyat” industriyasi tovarlari xajmi behad ortib borayotgan hozirgi sharoitda esa bu ahvolni mislsiz og‘irlashtiradi. Bu erda gap ommaviy axborot vositalari orqali tarqalayotan barcha informatsiyaning keraksizliga emas, aslo. Gap shundaki, ruhshunos olimlarning tushuntirishlaricha, kishi aqli kundalik hayot tajribalari mobaynida o‘ziga etib kelgan (tiqilib ketgan) barcha infomatsiyani tahlil etishga sira ulgurmaydi. Shuning uchun u bu informatsiyaning katta qismini o‘z ong osti sohasiga tushirib qo‘yadi. Ammo bu informatsiya (ayniqsa, dahshat va agressiya chaqiruvchi va kishi diydasini qotiruvchi filmlar) ong ostida keyinroq qanday algoritm bilan ishlashini hech kim tasavvur eta olmaydi.
Informatsion tiqindan qattiq charchagan aql tobora ong osti sohasining yopirilib kirgan braun bo‘ronini, yani xaosni boshqara olmay qoladi. Natijada uning o‘zi xaos tomonidan boshqarila boshlaydi. U o‘zi “istagan” vaqtda kishi ongiga o‘z
“qaror”ini bildiradi. Bu holat, ruhshunoslik tilida aytilsa, aqlning zombilashuvi yoki insonning biorobotga aylanishini bildiradi. Barcha kutilmagan jinoyatlar shu xolatdan kelib chiqadi. Xaos xolati esa tizimda sinergetik tadqiqotlardan kelib chiquvchi xulosaga ko‘ra “kapalak effekti”ni sodir etadi. YAni xaos xolatidagi tizimga tashqaridan juda kichik birgina tasir (turki) bo‘lsa hamki, butun tizim o‘z barqarorligini yo‘qotib, vayron bo‘ladi.
Hozirgi davr fan-texnikasi taraqqiyotining oliy g‘oyalaridan biri bo‘lgan “suniy intellekt” (SI) yaratish muammosi ham ko‘pdan buyon juda ko‘pchilikni diqqatini o‘ziga tortayotgan va ratsionallashuv jarayonining
1 Belyaev M.I.Konsepsiya russogo natsionalnoo gosudarstva. Moskva:2006 http://www.milogiya2007.ru
insoniyatga, jamiyatga tasiri masalasini yanada keskinroq qilishi mumkin bo‘lgan muammolardan biridir. Gap shundaki, taqdir kinoyali hazil qilib biorobot qiyofasidagi suiy intellektni yaratib bo‘ldi. Zero, “non va tomosha” bilan qanoatlanuvchi va shungagina intiluvchi biorobotga aylangan kishilar farosatining programma bilan ishlaydigan suiy intellektdan farqi yo‘q. CHin manodagi aqlli inson esa o‘z hayotining manosi bilan qiziquvchi, uni topishga intiluvchi kishidir.
SHunga qaramay fan SI yaratish bo‘yicha tinimsiz izlanishlar olib bormoqda. SHu manoda SIni yaratish mumkin va kerakligini yoki buning aksi bo‘lgan fikrlarlarni oldinga suruvchilar orasida juda ko‘p tortishuvlar ketmoqda. Biz bu borada avvalo matematika, umumiy nisbiylik nazariyasi va kvantlar nazariyasi kabi sohalarida faol ish olib borgan hozirgi davrning eng taniqli olimlaridan biri, Oksford universiteti matematika kafedrasining rahbari, shuningdek, ko‘pgina chet el universitetlari va akademiyalarining faxriy professori va o‘zi kabi mashhur olim Kembrij universiteti professori Stiven Xokingning do‘sti va hamfikri Rodjer Penrouzning qarashlariga to‘xtalamiz. Uning “Teni uma: V poiskax poteryannoy nauki o soznanii”nomli kitobi hamda 1995 y. o‘qigan Tenner maruzalari asosida yozilgan "Novыy um korolya. O kompyuterax, mыshlenii i zakonax fiziki"1 nomli kitoblari ayni shu muammoga bag‘ishlangan va Angliyaning Nensi Kartrayt, Abnerom SHimon shuningdek, mashhur nazariyotchi-fizik Stivenom Xokingtomonidan yozilgan boblarni ham o‘z ichiga olgani bilan ham diqqatga sazovor.
SIni yaratish, yani tafakkur jarayonini modellashtirish muammosini yoritish uchun Penrouz juda keng doiradagi hodisalarni va ilmiy bilimlarni qamrab olgan: matematikaviy tafakkurni algoritmlash, Tyuring modellovchi mashinalari, murakkablik nazariyasi, Gyodel teoremasi, materiyani teleportatsiyasi masalasi, kvantlar fizikasining paradokslari, entropiya hodisalari, Olamning (Kosmosning, Koinotning) vujudga kelishi (shakllanishi) masalasi, qora tuynuklar, inson miyasining tuzilishi va boshqa ko‘p masalalar. Shuning uchun bu kitoblar juda keng gumanitar va tabiiy fanlar mutaxassislarining ham, keng kitobxon ommasining ham katta qiziqishini uyg‘otdi. Mazkur muammo bo‘yicha Penrouz “men ong hodisasini hozirgi davr nazariy fizikasi doirasida tafsirlab bo‘lmaydi deb hisoblayman” degan xulosani chiqarib, SI yaratish mumkin emasligi va kerak emasligi haqidagi fikrni oldinga suradi. SI yaratib bo‘lmasligi, uning tushuntirishicha, “intellektuallik”ni modellash uchun muhim bo‘lgan “tushunish” jarayoni bo‘lishini taqozo etadi. Vaholanki, tushunish jarayonini modellash, yani hisoblash mumkin emas. CHunki, tushunish ong, onglash kabi fan bilmaydigan mistik jarayon bilan bog‘liqdir.
Boshqa olim Gordon Mur esa 1965 y. o‘z kuzatishlarida kompyuter mikrosxemalari yangilanishi grafikidagi o‘sishini o‘rganib, ulardagi xotira xajmi har 18-24 oyda ikki baravar (eksponensial) o‘sishi qonunini kashf etdi. Stivens
Xokingning2 fikriga ko‘ra, bu o‘sish kompyuter tuzilmasidagi murakkablashuv
1
Penrouz R. "Novыy um korolya. O kompyuterax, mыshlenii i zakonax fiziki". // Qarang:. http:
//polbu.ru/penrosemindshadows/4.08.2003 19:11 V.V.Vanchugov
2 Maxnach M. M. Yazыkovыe informatsionnыe vzaimootnosheniya v biologicheskix sistemax vыsshix stupeney ierarxii. 2000 . http://www.smolensk.ru/user/sgma/MMORPH/N-6-html/MAKHNACH/makhnach.html
inson miyasi bilan tenglashmagunichi davom etadi. SHunga ko‘ra kompter inlellekti ish tezligi inson tafakkuridan ilgariga o‘tib olmagunicha inson uning faoliyatini nazorat qila oladi. SHu marradan o‘tilganidan keyin, yani noosfera (fikr sohasi) katta quvvatga ega bo‘lgan va energiya, transport, mudofaa hamda planetadagi hayotning boshqa muhim tizimlarini o‘zining bevosita nazorati ostiga oladigan va, ravshanki, o‘z o‘zini rivojlantirib va takomillashtirib boradigan mexanizmlar bilan to‘lganidan keyin “insoniyat” biosistemasi vaziyatida keskin o‘zgarish sodir bo‘lishi mumkin. “Kompyuterlar jamiyati” har qanday rivojlanuvchi tizim kabi o‘zini takror ishlab chiqarishga intiladi, bu esa energiya ishlab chiqishda va istemolida u bilan insoniyat jamiyati orasida raqobat vujudga kelishiga olib keladi.
Insoniyatning undan keyingi yo‘li qanday bo‘lishini tasavvur etish qiyin. CHunki, intellekti insonnikidan yuqori bo‘lgan “kompyuter jamiyati” instalgan hajmdagi inson nazorat qila olmaydigan informatsiya zonalarini yarata oladi.
SHunday qilib, S.Xokingning xulosasidan yaqin asrlar ichida yuqori intellektga ega bo‘ladigan mashinalar yaratilishi va buning oqibatida insoniyatga yana bir havf - informatsiya oqimini nazorat qila olmaslik xavfi kelib chiqishi ko‘rinadi.
Bizningcha ham, SI yaratish mumkin bo‘lgan holda ham uning fan va texnika yaratgan barcha boshqa narsalar kabi katta foydalari ham, katta zararlari bo‘lishi tabiiy. Uni yaratishga qarshi eng muhim etirozlardan yana biri shundaki, inson butun etiborini o‘zligini bilishga, o‘zligini rivojlantirishga qaratish o‘rniga nuqul o‘z faoliyat va vazifalarini engillashtiradigan texnologiyani yaratish yo‘lidan bordi. Bu esa uning inqirozini muqarrar qiladi. Zero, u faqat tuban nafsini qondirishga intilarkan va o‘z tabiiy qobiliyatlari (sezgi organlari, jismoniy kuchi, tafakkuri) o‘rnini bosishga xizmat qiladigan texnoloniyalarni rivojlantirarkan, buning evaziga o‘zidagi bor tabiiy jismoniy va aqliy qobiliyatlarni ham yo‘qotadi. CHunki ishlatilmaydigan azo ishdan chiqadi.
Endi hozirgi davr rivojlangan ilmiy tafakkurining oliy marralari va yutuqlaridan biri bo‘lgan informatikaning insoniyat hayotidagi o‘rni va roli masalasiga ham etibor berib o‘taylik. Bilamizki, hozirgi davrda G‘arb texnogen sivilizatsiyalarini vujudga keltirgan, planetani “tirik qolmoq yo o‘lmoq” imkoniyatidan birini tanlash darajasiga olib kelib qo‘ygan ratsionallashuv jarayoni hamon o‘z taraqqiyotida davom etmoqda. Bu jarayon endilikda “ommaviy aql”kabi noosferaviy jarayonlarni, yani informatsion jamiyat elementlarini shakllantira boshladi. Ayni shu jarayonlar ham ko‘pchilik mutafakkir va olimlarni chuqur o‘ylantirib qo‘ydi va xatto madaniyat mazmunida ilmiy bilimlar taraqqiyotining chegarasi muammosini qo‘yish vaqti kelmadimikin, degan xulosalarga kelmoqdalar. Zero, ularning fikrlaricha, hozirgi davrda inson mislsiz kuchayib borayotgan “informatsiya to‘foni” ichida qolmoqda. Bu to‘fon ichidan eng asosiy, eng muhim informatsiyani ajratib olish muammosi tobora keskin yuzaga chiqmoqda. Bu ayniqsa insonning dunyoga, borliqqa munosabati kabi poydevoriy manaviy muammoni echishini behad murakkablashtirmoqda. SHu munosabat bilan faylasuf olimlar endilikda informatika yutuqlarini kibernetika, sinergetika, genetika va sotsiodinamika bilan qo‘shgan holda falsafiy yondoshuvni ishlab chiqish, Shuning asosida dunyoga yangicha qarashni shakllantirish zarurati vujudga kelgani haqidagi fikrni ham oldinga sura boshladilar.26
CHindan ham informatsiyalashuv texnikasi taraqqiyoti munosabati bilan hozirgi davr insoniyati informatsiya xaosi ichiga ham kirib bormoqda. Bu jarayon, o‘z navbatida, kishi tafakkurida real borliqning soxtalashtirilgan obrazlari bilan qo‘shilib ketib, kishilar orasida, ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarda, ichki va tashqi siyosatda va h.k. global ziddiyat va tartibsizliklarni (xaos) keltirib chiqarmoqda. Bu jarayon hozirgi davr fani tilida tafakkur entropiyasi27 deb atalishi joiz. SHunga ko‘ra rus faylasufi M.I.Belyaev hozirgi kunda “Tafakkur Entropiyasi o‘z chegaraviy nuqtasiga etib keldi... YAxlit (Umumolamiy, noosferaviy) Aql noyob o‘ziga xosligiga ega bo‘lgan Cheksiz ko‘p kichkina (atomar) ayni paytda o‘z ong osti sohasi tomonidan zombiga aylantirilgan xudbinona “aqlchalar”ga ajralib ketishi egoaqllarning broun harakatidan iborat xaosini yaratarkan Yer Aqlining “issiqlik o‘limini” muqarrar hodisaga aylantirmoqda. -”28 degan xulosaga keladi. Vaholanki, aqlning o‘limi ekologik o‘limdan behad ortiq. SHunga qaramay, manaviyatda aqlning o‘rni masalasini tushkun emas, balki ko‘tarinki, umidvorlik ruhida yakunlashni istar edik. Buning uchun muayyan asoslar, yo‘q emas. Bu asoslar, bizningcha, avvalo hozirgi davr olimlari va faylasuflaridan katta qismi fan texnika taraqqiyoti yutuqlarigagina tayanish insoniyatni boshi ber ko‘chaga olib kirib qo‘yganini, Shuning uchun insoniyat tafakkurini ham “ekologiyalashtirish”, reallikni ayrim-ayrim emas, balki yaxlik bilish zarurligini, tabiiy fanlar taraqqiyoti reallikni tushunishda cheklanishga olib kelganini, gumanitarlashuv va axloqiylik tamoyillari taraqqiyotiga etiborni kuchaytirish zarurligi kabi g‘oyalarni tobora keskinroq oldinga surayotganlarida ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |