4-mavzu: islom ta’limoti asoslari reja



Download 459,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana09.03.2023
Hajmi459,66 Kb.
#917286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-MAVZU ISLOM TA’LIMOTI ASOSLARI

qussoslar
) inkor etib bo‘lmaydigan isnodlar bilan hadislar to‘qish 
bobida eng «ilg‘or» kishilar bo‘lib, bu hikoyalari uchun sodda kishilar ularga yaxshigina haq to‘lar 
edilar. Ko‘pchilik soxta hadislarni osonlikcha aniqlash mumkin edi. Hadislar turli maqsadlarda 
to‘qilar edi. Ba’zilar siyosiy manfaatlar yo‘lida, ijtimoiy mafkuralarni tarqatish maqsadida 
Yangi
hadis to‘qisalar va mashhur hadislarni qisman o‘zgartirsalar, boshqalar o‘z shaxsiy manfaatlarini 
o‘ylab turli hadislarni muomalaga kiritdilar. 
Xususan, hadislar orasida to‘qima hikoyalar ko‘p uchraydi. Ularda Arabistondan uzoqdagi 
keyin bosib olingan o‘lkalar (masalan, Buxoro, Samarqand, O‘sh) va hatto Payg‘ambar davrida 
hali asos solinmagan shaharlar, keyinchalik paydo bo‘lgan masalalar, mavzular haqida so‘z boradi. 
Islom tarixining navbatdagi bosqichlarida vujudga kelgan 
xorijiy, murji’iy, qadariy, jahmiy, shia, 
abbosiy 
kabi oqim va guruhlar haqida gapiriladi. Umaviylar (661-749), Abbosiylar (749-1258) va 
Alaviylarning «benuqson» xalifalari, imomlari, ularning bobokalonlari Payg‘ambarning 
«hamfikr» yordamchilari sifatida zikr qilinadilar. 
Turli kishilarning hadis to‘qishga bo‘lgan urinishlari hadislarning jamiyat hayotida, undagi 
nufuz, muayyan siyosiy-ijtimoiy maqsadlarga erishishda naqadar katta ahamiyatga ega 
bo‘lganligini isbotlaydi. Hadislar islom ta’limoti rivoji va uning turli davr, mintaqalardagi 
ko‘rinishlarini o‘rganishda qimmatli manbadir. 
VIII – XII asrlar Movarounnahrda hadis ilmi sohasida olg‘a siljish davri bo‘ldi. Bu davrda 
yashagan olimlar faqatgina ma’lum bir chegaralangan doirada ijod qilish bilan kifoyalanmay, balki 
imkon qadar ilmning ko‘proq qirralariga ega bo‘lishga intilganlar. Shunga ko‘ra biror olim, 
masalan, faqatgina mufassir yoki faqihning o‘zi emas, balki bir vaqtning o‘zida muhaddis ham 
bo‘lgan. Chunki bu davrda, yuqorida aytib o‘tilgandek, diniy ixtiloflar kuchaygan edi. Shunga 
ko‘ra ulamolar mavjud ixtiloflarning oldini olish, bartaraf etish uchun har taraflama kuchli bilimga 
ega bo‘lishlari talab qilingan. 
Hadis sohasida keyinchalik 
kompilyativ
(ko‘chirma) ishlar ham ko‘payib bordi. Ular mazkur 
olti to‘plam darajasiga ko‘tarilmasa-da, o‘quv jarayonida asosiy qo‘llanmalar sifatida 
foydalanilardi. Ulardan al-Bag‘aviyning «Masobih as-sunna» va yana xalq orasida ommalashib 
ketgan Valiy ad-din al-Xatib at-Tabriziyning «Mishkot al-masobih» asarlarini aytib o‘tish 
mumkin. Hadis to‘plamlariga ham ko‘plab sharhlar yozildi. «Arba’un» («qirqlik») janridagi hadis 
to‘plamlari tuzish xalq orasida sharafli va sevimli ishga aylandi. Masalan, Abdurrahmon Jomiy 
(vaf. 1492 y.), Alisher Navoiylar (vaf. 1501 y.) ham hadislarni she’riy usulda tarjima qilib, o‘z 
«Arba’un»larini yaratdilar. Shu bilan birgalikda turli manbalardan hadislar jamlanib, turli 
mavzular bo‘yicha 
Yangi
to‘plamlar ham yaratilib turdi. 
Yuqorida zikr etilgan asarlar asosan sunniylikka taalluqlidir. Shialar faqatgina Ali (656-661) 
va uning tarafdorlari vositasida rivoyat qilingan 
xabar
lar (hadislar)ni o‘z ichiga olgan manbalarga 
tayanadilar. Ularda 
Shialik
ta’limoti talablariga javob beradigan rivoyatlar jamlangan. Bunday 
asarlar qatoriga Abu Ja’far Muhammad ibn Ya’qub al-Kuliniyning (vaf. 939 y. ) «al-Kofi fi ilm 
ad-din», al-Bobuya al-Qummiy nomi bilan mashhur Abu Ja’far Muhammad ibn Alining (vaf. 991 
y. ) «Kitob man lo yahzuruhu al-faqih», Abu Ja’far Muhammad ibn al-Hasan at-Tusiyning (vaf. 
1067-68 y.) «Tahzib al-ahkom» va keyinchalik undan muxtasar qilgan «al-Ibtisor fi-mo-xtulifa fih 
min al-axbor» asarlari kiradi. Ular ham sunniylik to‘plamlaridagi aynan o‘xshash mavzularni o‘z 
ichiga olgan kitoblardir. 
Hadis ilmi taraqqiyotida ayollarning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Hadislarni rivoyat qilgan 
roviylar haqida xabar beruvchi 

Download 459,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish