Zakot
Zakot – «poklash» ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojdan tashqari bo‘lgan boylikning qirqdan
bir qismini sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga yetgan badavlat kishilar uchun farz etilgan.
Zakot yetim-esir, beva-bechoralar, musofirlar, qarzdorlar, Alloh yo‘lida yurganlar, zakot
yig‘uvchilarga beriladi. Zakot hijriy hisob bilan bir yil davomida ishlatilmay turgan yoki shaxsiy
ehtiyojdan tashqari, xususiy mulk sifatida foydalanilayotgan mablag‘dan beriladi. Zakot vositasida
jamiyat kishilari orasida o‘zaro hurmat-e’tibor ortib, bir muncha tenglik yuzaga keladi. Bu jamiyat
taraqqiyoti, tinch va osudaligi yo‘lida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Ro‘za
Ro‘za – yilda bir oy: «Ramazon» oyi davomida kunduz kunlari yeyish-ichish va jinsiy aloqada
bo‘lishdan tiyilish. Ro‘za hijratning ikkinchi yili farz bo‘lgan. Bu ibodat kasal yo safarda bo‘lgan
kishilardan boshqa kunlarda tutib berish sharti bilan soqit qilinadi. Sababsiz ro‘zani buzgan kishi
boshqa kunda tutib berish bilan birgalikda, uning jazosi sifatida ikki oy paydar-pay ro‘za tutishi
lozim bo‘ladi. Shuningdek, ro‘za Ramazondan tashqari oylarda ham tutilishi mumkin. Masalan,
nafl ro‘za yoki qasamni buzishdagi kafforat uchun ham ro‘za tutiladi.
Haj
Haj – qodir bo‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat qilish va
ushbu ibodat o‘z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat. Haj Zulhijja oyning 8 kunidan
boshlanadi. Haj qilishning uch turi mavjud: «ifrod» – faqat haj amallari bajariladi, «qiron» – haj
va umra amallari oldinma ketin bajariladi, «tamattu’» – avval umra qilinib, ehromdan chiqiladi va
Zulhijja oyining sakkizinchi kuni ehromga kirib, haj ruknlari ado qilinadi. Hajning farzi uchta:
ehrom bog‘lab niyat qilmoq, Arafotda turmoq, Ka’bani tavof qilmoq.
Islom dinida yuqorida birinchi rukn sifatida zikr qilingan
imon
va boshqa e’tiqod masalalari
–
ilm al-aqo’id
(ilohiyot) ilmida o‘rganilsa, keyingi to‘rt masala –
ibodat
masalalari boshqa
ko‘pgina savollar bilan
ilm al-fiqh
(diniy qonunshunoslik) doirasida bayon qilinadi va o‘rganiladi.
Islomning O'rta Osiyoga kiritilishi, uning o'ziga xos rivojlanish yullari.O'rta Osiyo arab
istilochilari tomonidan zabt etilishi VII-asr oxiri va VIII-asr boshlarida ummaviylar sulolasi
hukmron bo'lgan 661-750-yillarda arablar harbiy yurishining ikkinchi bosqichiga to'g'ri keladi.
O'rta osiyo xalqlari hayotiga islom ta'limotining kiritilishi muayyan darajada ijobiy rol o'ynadi.
Jumladan, arablar hukmronlik qilgan dastlabki asrlarda ilohiyot, fan, falsafada arab tili hukmron
bo'lgan. Ammo keyinchalik mahalliy xalqlarning o'z tillarida ham madaniyat rivojlanib, unga
islomning ta'siri kuchli bo'lgan.
Islom aqidasi, asosan yetti narsa Allohga, uning farishtalariga, nozil qilgan muqaddas
kitoblariga, yuborgan payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, taqdirning yaxshiligi va yomonligi
Allohdan ekanligiga, o‘lgandan keyin qayta tirilishga imon keltirishdan iborat. Bu aqidalar imon
kalimalari deb atalmish olti kalimada o‘z ifodasini topgan.
Qiyomat
(arabcha–tik turish, o‘rindan turish) o‘liklarning qayta tirilishi va o‘rnidan turishi
ma’nosida ishlatiladi.
Islom dinida qiyomatning yaqin qolganligi masalasi juda dolzarb bo‘lsada, uning aniq
qachon sodir bo‘lishini faqatgina Alloh bilishi, hatto farishtalar ham bu haqda hech qanday ilmga
ega emasligi, payg‘ambarlar ham uning aniq vaqtini bilmaganlari, ularga faqatgina uning
alomatlari bildirilganligiga e’tiqod qilinadi.
Islom ta’limotiga ko‘ra, qiyomat kuni har bir odamning bu dunyoda qilgan amallari tarozuda o‘lchanadi. U
mutlaq adolat tarozusi bo‘lib, hammaga bir xil munosabat qilinadi. Hech bir kishining foydasidan kamaytirilmaydi,
zarariga qo‘shilmaydi.
Islom e’tiqodiga ko‘ra, do‘zax ustiga sirot nomli ko‘prik qurilgan bo‘lib,
mahshar
(qiyomat kuni bandalar
yig‘iladigan va savol–javob bo‘lib o‘tadigan joy)da turish tamom bo‘lganidan keyin odamlarga o‘sha ko‘prikdan
o‘tishga amr qilinadi.
Jannat
(arabcha – bog‘, bo‘ston) taqvodor dindorlar narigi dunyoda rohat va farog‘atda
yashaydigan joy. Jannat vasfi Qur’oni karimning ko‘pgina suralarida, jumladan, Oli Imron, Hadid,
Qof, Najm, Rahmon, Voqea, Muhammad, G‘oshiya, Inson va boshqa suralarda keltirilgan.
Diniy aqida bo‘yicha, bu dunyodagi hayoti davrida imonli holida ezgu ishlar bilan
shug‘ullangan kishilarga Alloh tomonidan jannatdan joy beriladi. Qur’onda jannat daraxtzorlari
ostidagi ariqlarda zilol suvlar oqib turadi, deb ta’riflanadi. U erda insonlar qarimaydi va kasal ham
bo‘lmaydi. Jannatda eng oliy ne’mat – Allohning diydorini ko‘rishlik hisoblanadi.
Do‘zax
– din talablarini bajarmagan gunohkorlar oxiratda jazolanadigan joy. Islom dinidagi
asosiy tushunchalardan biri. Do‘zaxni Alloh kofirlarga va gunohkor bandalarga jazo berish uchun
yaratgan. Diniy tasavvurga ko‘ra, do‘zax dahshatli chuqurlik, ichida olov yonib turadi. Do‘zaxga
mahkum qilingan bandalar shu olovga tashlanadi, ular qaynoq suv ichadi, u erda o‘sadigan
Zaqqum
daraxtining mevasi bilan ovqatlanadi, cheksiz azob chekadi, terilari kuyadi. Do‘zax
azoblaridan yana biri achishtiruvchi sovuqdir. Do‘zax bir necha tabaqadan iborat bo‘lib, har bir
gunohkor o‘z gunohiga qarab tabaqalarda azoblanadi. Islom diniga ko‘ra, do‘zaxning Hoviya,
Jahim, Saqar, Lazo, Xutama, Sair, Jahannam kabi etti darvozasi bor.
Do‘zax ham jannat kabi yaratilgan bo‘lib, uning azob–uqubatlari jism va ruhga oid hamda
abadiy boqiy qoluvchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |