4-mavzu. Ijtimoiy ishlab chiqarish. Mahsulot va uning xususiyatlari



Download 33,62 Kb.
bet4/6
Sana11.04.2022
Hajmi33,62 Kb.
#543910
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-MAVZU.IJTIMOIY ISHLAB CHIQARISH. MAHSULOT VA UNING XUSUSIYATLARI

4. Foyda mazmuni va taqsimlanishi


Tadbirkor foyda bermaydigan ishga qo’l urmaydi, binobarin sarf-xarajat ham qilmaydi. Xarajat qilish foyda ko’rishning sharti, vositasidir.
Foyda ishbilarmonlik qobiliyatini ishga solib, xatarli ishga qo’l urgani uchun tadbirkorlarga tegadigan mukofotdir.
Biroq, korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bera olmaydi. Chunki, bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligini aks ettirmaydi. Shunga ko’ra, pul tushumlarining xarajatlardan ajratib olingan qismi – foyda, muhim o’rin tutadi. Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.
Bizning misolimizdagi korxonada «A» mahsulotni ishlab chiqarishning bir oylik harajatlari 60 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsin. U holda korxonaning bir oylik foydasi 40 mln. so’m (100 mln. – 60 mln.) ga teng bo’ladi.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o’tadi:
birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chog’ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo’shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo’lmaydi;
ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so’ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko’rinishida to’liq namoyon bo’ladi.
Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo’shimcha mahsulot esa foydaga aylanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo’shimcha mahsulot yoki qo’shimcha qiymatdir.
Foydaning ham ikki turi bor: me’yoriy (normal) foyda tabiatan tadbirkorlik faoliyati uchun olinadigan haq hisoblanadi va harajatlar tarkibiga kiradi. Tovarlar eng past narxda, ya’ni harajatga teng narxda sotilganda ham tadbirkor me’yoriy foydani oladi, iqtisodiy foyda (sof foyda deb ham yuritiladi), miqdoran tovar va xizmatlarni sotishdan tushgan pul (daromad) bilan xarajatlar o’rtasidagi farqga teng bo’ladi va tovarlar xarajatlardan yuqori narxda sotilganda hosil bo’ladi. Iqtisodiy foydani tadbirkor va uning sheriklari o’zlashtiradi.
Sof foyda firma faoliyatining umumlashgan, yakuniy ko’rsatkichidir. Sof foydaga qarab firma ishiga baho bersa bo’ladi. Foydaning turlari ko’p. Faoliyat turiga ko’ra ishlab chiqarish, tijorat (savdo-sotiq), bank foydasi kabilarni ko’rsatish mumkin. Ishlab chiqarish faoliyatida olinadigan foydadan farqliroq, savdo-sotiq ishlarida tijorat foydasi bilan birga omad foydasi ham bor. Bozordagi narxlarning o’zgarishi tufayli olinadigan foyda omad foydasi deyiladi. Bu foyda xarajatlarga bog’liq bo’lmaydi, uni narxda kutilmagan o’zgarishlar yuzaga keltiradi. Masalan, to’qimachilik firmasi 2000 tonna paxtani har tonnasiga 1400 dollar to’lab, sotib oldi deylik. 3 oydan so’ng paxta narxi 1600 dollarga ko’tarildi. Demak, firma 400 miig dollar foyda ko’rdi, chunki u paxtani oldin sotib olmasa, keyinchalik uni qimmatiga olar edi. Tovarlar sotilish narxining ham kutilmaganda ortib ketishi omad foydasini beradi. Lekin omad foydasi muhim emas, chunki u firma ishiga bog’liq bo’lmaydi. Shu sababli firmalar o’z ishiga bog’liq bo’lgan ishdan daromad topish va foyda olishni ko’zlaydilar.

Download 33,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish