4-mаvzu. Gеоmехаnik jаrаyonlаrni tаdqiq qilish usullаri vа umumiy uslubiy yondаshish Mа’ruzа rеjаsi



Download 3,25 Mb.
bet1/3
Sana10.06.2022
Hajmi3,25 Mb.
#649460
  1   2   3
Bog'liq
4-mаvzu. Gеоmехаnik jаrаyonlаrni tаdqiq qilish usullаri vа umumi (1)


4-mаvzu. Gеоmехаnik jаrаyonlаrni tаdqiq qilish usullаri vа umumiy uslubiy yondаshish


1. Mа’ruzа rеjаsi:
1. Gеоmехаnik jаrаyonlаrning mоdеllаrini qurish bоsqichlаri.
2. Gеоmехаnik jаrаyonlаr mоdеlini yarаtish uchun mа’lumоtlаr оlishning usullаri.


2. Tаyanch so’zlаr vа ibоrаlаr: tоg’ jinslаri mustаhkаmligi, dаrzliklаr, tаrtibli vа tаrtibsiz dаrzliklаr, dеfоrmаsiya, kuchlаnishlаr, ichki vа tаshqi kuchlаr, yaхlit muhit, tоg’ jinslаrining siljishi, tеktоnik kuchlаnishlаr, tеktоnik buzilmаlаr.

Tabiatdagi har qanday hodisalarni (jarayonlarni) ularning murakkabligiga qaramasdan tahlil qilish va o‘rganish, shu jarayonlarning modelida amalga oshiriladi va aniqlanadi, ammo bu model shu jarayonning qandaydir darajada faqatgina modeli bo‘lib qolaveradi.


Modellarni takomillashtirish ularning murakkablashishini bildirmaydi, aksincha u yoki bu omillarning tasirini o‘rganishda ularni soddalashtirish maqsadga muvofiqdir. Masalan murakkab modelni, nisbatan oddiy maxsuslashtirilgan modellarga taqsimlash mumkin. Murakkab jarayonlarni (ob’yektlarni) bunday maxsuslashtirilgan modellarini qurish, uni har tomonlama tahlil qilish, hamda fan va amaliyotda keng miqyosda qo‘llash imkonini beradi.
Tajribalarning ko‘rsatishicha, geomexanikaning aniq masalalarini yechish uchun turli holatdagi modellarini tuzish lozim.
Real hodisalarga (jarayonlarga) ishlab chiqilayotgan modellarning muvofiqlik (adekvatlik) darajasi – usullar rivojlanishining darajasiga va olingan natijalarning haqqoniyligi va aniqligiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Geomexanika masalalariga oid yondashishning birinchi bosqichi kon ishlari olib borilayotgan kon massivining muhandis – geologik modelini tuzishdir. (injenerno-geologicheskiy model)
Tog‘ jinsi massivi muhandislik – geologik modelini tuzish uchun birlamchi asos bo‘lib oddiy geologik xujjatlar – geologik planlar (kartalar) va qirqimlar xizmat qiladi. Bu xujjatlar esa o‘z – o‘zidan real kon massivining maxsuslashtirilgan modeli hisoblanadi. Lekin muhandislik – geologik modelining bunday materiallardan asosiy farqi bir vaqtda konning geologik sharoitlarini, tog‘ jinsi fizik – mexanik xususiyatlari va massivning boshlang‘ich kuchlanganlik holatini, kompleks tahlil qilishdadir. Shu asosda maqsadga muvofiq, ravishda sxemalashtirish hamda tadqiq qilinayotgan tog‘ jinsi massivini rayonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Muhandislik – geologik modelini tuzishdan oldin, tog‘ jinslarining muhandislik – geologik klassifikatsiyasi ishlab chiqilishi lozim, buning asosida esa massivni rayonlashtirish amalga oshiriladi. Rayonlashtirish natijasida massivning alohida bloklarga ajratish amalga oshiriladi. Har bir blok chegaralarida muhandislik – geologik sharoitlari, xususan tog‘ jinsining xususiyatlari va kuchlanganlik holati bir jinsli deb qabul qilinadi.
Misol tariqasida 4.1 chizmada Kovdor konining tog‘ jinslari massivining muhandislik – geologik modeli keltirilgan.


4.1. Chizma. Kovdor koni tog‘ jinslari massivining muhandislik – geologik modeli.


1-5 – muhandislik – geologik litotiplari;
6 – dezintegratsiya zonasining chegaralari;
7 – rayonlar (bloklar) chegaralari va ularning tartib raqami;
8 – birinchi tartibdagi tektonik zonalari va ularning tartib raqamlari.

Kovdor koni tog‘ jinslarining massivi qatlam – qatlam bo‘lmay, asosan radial – xalqali rivojlangan darzliklar, 5 bosqichli strukturali iyerarxiya va vertikal gipergen zonalashganligi bilan xarakterlanadi. Har bir strukturali bosqich uzulmali - buzulmalar masshtabi va shu buzilmalar bilan chegaralangan bloklar o‘lchami, buzilmalar tartibi strukturalar bosqichiga muvofiq oshib borishidan aniqlanadi.


Rayonlashtirish natijasida kon ishi olib borilayotgan karyer 20 ta muhandislik – geologik blokka ajaratilgan, ularning har biri miqdoriy jihatdan darzliklar tizimining yo‘nalish parametrlari va turli tartibli bloklari, chuqurlikdagi jinslarni dezintegratsiya zonalari va yer osti suvlarining sathi bilan xarakterlanadi.
Uslubiy yondashishning ikkinchi bosqichi massivning muhandislik – geologik modeli asosida yer osti inshoatlari kon lahimlarining kon – texnologik holatining geomexanik modelini ishlab chiqish hisoblanadi.Bu model asosida tog‘ jinsining mustahkamligini baholashni amalga oshirish, kon elementlarning mustahkam parametrlarini aniqlash, qazib olishning ratsional tartibini tanlash, mustahkamlagichlar turini aniqlash yoki geomexanikaning qandaydir boshqa masalalarini yechish imkoniyati tug‘iladi.
Muxandislik – geologik modeldan geomexanik modelga o‘tishda, qoidaga ko‘ra asosiy materiallarni umumlashtirilgan, alohida uchastkalarning kuchlanish-deformatsiya holati yoki massivdagi qazib olish tizimi elementlari – lahimlar, seliklar va boshqalar keltiriladi.
Boshqacha qilib aytganda, agarda muhandis – geologik modeli qaysidir manoda massivning umumiy modeli bo‘lsa, unda geomexanik model imkon darajada aniq bo‘lishi kerak, bunda uning qismi bo‘lib kuchlanganlik holatining boshlang‘ich malumotlari kompleksi, tog‘ jinsi xossalari va strukturaviy xususiyatlari, kon lahimlari parametrlari va qazib olish tizimining boshqa elementlari haqidagi ko‘shimcha malumotlar mavjud bo‘lishi kerak.



Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish