4-mavzu: G’arbiy Yevropa davlatlari. 1945 yildan bugungi kungacha Italiya reja


Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Fransiya



Download 77,82 Kb.
bet6/10
Sana02.01.2022
Hajmi77,82 Kb.
#310248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Fransiya.

Fransiyaning urushdan keyingi tarixi uch davrga bo‘linadi. 1944 - 1946 yillar Muvaqqat rejim davri, bu davrda mamlakat ozod etilganidan so‘ng “Muvaqqat hukumat” shakllantirildi, yangi konstitutsiya ishlab chiqildi, iqtisodiyotni tiklash boshlandi. 1946 yil dekabrdan 1958 yil kuzigacha bo‘lgan davr To‘rtinchi respublika nomini oldi (IV Respublika konstitutsiyasi qabul qilindi). Bu davr inqiroz bilan yakunlandi va 1958 yil yangi konstitutsiya asosida Beshinchi respublika o‘rnatilishi bilan yangi davr boshlandi.

Fransiyada urushdan keyingi siyosiy-partiyaviy tizimni shakllani­shiga va yangi konstitutsiyaning harakteriga Milliy ozodlik harakat o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatdi. “Muvaqqat hukumat” tarkibiga Milliy ozodlik harakatida ishtirok etgan: komunistik partiya, sotsialistik partiya, Xalq respublika harakati (XRX) - katolik partiya va boshqalarning vakillari kirganedi. Hukumatni “Ozod Fransiya” harakatining rahbari general de Goll boshqardi.

1946 yil Fransiyada parlament respublikasi o‘rnatildi. 1946 yilgi Konstitutsiya 1789 yilgi “Inson va fuqarolar huquqlar deklaratsiyasida” o‘z aksini topgan ananaviy huquq va fuqarolar erkinligidan tashqari, mehnat, dam olish, ijtimoiy ta’minot, ta’lim huquqlarini, shuningdek mehnatkash­larning ishlab chiqarishdagi boshqaruvini, kasaba uyushma va siyosiy faoliyat olib borishni e’lon qildi.

1947 yilning mayigacha hukumat uchta yetakchi pratiya hamkorligi asosida shakllantirilganedi. 1947 yil mayda kommunistlar Reno zavodi­dagi namoyishni qo‘llab quvvatlaganligida hamda hukumat yakdilligini buzganligida ayblanib koalitsion hukumat tarkibidan chiqarib tashlan­dilar. Shu voqeadan so‘ng to To‘rtinchi respublika ag‘darilgunga qadar hukumat turli partiyalar koalitsiyasi asosida shakllanib bordi. Ko‘p par­tiya­viylik holati ushbu rejimning zayifligiga sabab bo‘ldi. 12 yil ichida 15-ta hukumat almashdi. To‘rtinchi respublikaning inqirozga duch kelishining yana bir sababi – 1946 – 1954 yillar Vetnamda, 1954 yil Jazoirda, Fransiya hukumron doiralari tomonidan olib borgan mustamlakachilik urushlari bo‘ldi.

1948 yilga kelib mamlakatning sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajaga etdi. Mamlakatni medernizatsiyalash va qayta qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastlabki reja (Monne rejasi), majburiy harakterga ega bo‘lmasada, ammo Fransiya iqtisodiyotini rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. Jan Monnening “modernizatsiya yoki tushkunlik” iborasi, rejalashtirish bo‘yicha birinchi bosh komissari lavozimidagi uning harakatlarini aks etaredi. Ammo, siyyosiy beqarorlik, mustamlaka­chilik urushlari, tashqi siyosat yo‘nalish masalasi bo‘yicha jamiyatdagi bo‘linish, mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy rejalarni mumtazam amalga oshiri­lishiga to‘sqinlik qildi.

50- yillarda mamlakatda ijtimoiy to‘qnashuvlar kuchayib ketdi. Ishchilar harakati bir muncha jiddiy yon bosishlarga erishdilar: kollektiv shartnomalar haqidagi qonun qabul qilindi, ish haqqi oshirildi, ish haqqining garovlangan minimum (o‘rta ish haqining yarmi) miqdori kiritildi. Dehqonlarning ommaviy harakatlari esa adolatli sotib olish narxlarni va solig‘larni kamaytirishni talab etdilar. Sotuvchi va xunarmandlarning noroziliklari, sotuvchi P.Puja rahbarligidagi parla­ment­ga qarshi oppozitsion harakatga aylanib ketdi.

To‘rtinchi respublika inqirozining negizini, bir necha yillar maboynida davom etib kelayotgan mustamlakachilik urushlari tashkil etardi. Jamiyatda va asosiy partiyalardagi bo‘linishlar ultrakolonializm va neokolonializm tarfdorlari yo‘nalishi bo‘ycha bo‘lib o‘tdi. 1958 yil boshida, Jazoirda g‘alabaga erishadigan “qatim qo‘l hukumatni” talab etuvchi ultrokolonialistlarning fitnasi shakllandi. Fitnachilar de Gollni hokimiyat tepasiga kelishini talab etdilar va faqat u mamlakat ichida tartib o‘rnataoladi deb hisoblardilar. 1958 yil 13 mayda fitnachilar hokimiyatni de Goll qo‘liga o‘tishni talab etib Jazoirda is’yon ko‘tardilar. 1958 yil 1 iyunda Milliy majlis de Goll hukumatiga ishonch bildirib unga favquloddagi vakolatlar berib yangi konstitutsiyani ishlab chiqishiga rozilik berdi. Shundan so‘ng Milliy majlis o‘z faoliyatini yakunladi. To‘rtinchi respublika davri esa tugatildi.



  1. Download 77,82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish