4-Mavzu: Etnomadaniyatning shakllanishida xalq о‘yinlarining о‘rni



Download 28,39 Kb.
bet1/5
Sana13.04.2022
Hajmi28,39 Kb.
#549220
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu-1


4-Mavzu: Etnomadaniyatning shakllanishida xalq о‘yinlarining о‘rni
Reja:
1. Urf-odatlar, an’analar va marosimlar.
2. Dehqonchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog‘liq qadimiy udumlar, an’analar va marosimlar.
3. Eng qadimiy davrdan boshlab shakllana boshlagan xalq о‘yinlari– etnomadaniyatning tarkibiy qismi.


1-masalaning bayoni: Xalq turmush tarzi va ma’naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, urf-odatlari, marosimu-an’analari tashkil qiladi. Bu esa shu xalqning ma’naviyati nechog‘lik shakllanganligini, uzoq о‘tmishga ega ekanligini bildiradi. О‘zbek xalqi ana shunday boy ma’naviyatli xalqlardan hisoblanadi.
Urf-odat – kishilarning turmushiga singib ketgan. Ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, kо‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari, kо‘nikmasidir. Masalan, kichiklarning kattalarga salom berishi, uy-hovlini tartibga keltirib qо‘yish, mehmonlarga alohida hurmat kо‘rsatish, bayram arafasida keksa, qariyalar, kasal, ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish qо‘ni-qо‘shnilarning biror ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar о‘zbek xalqiga xos yaxshi odatlar hisoblanadi. “Odat” degan tushuncha psixologiyada ham mavjud bо‘lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, kishining fe’l-atvorida mustahkamlanib qolgan va keyinchalik о‘z-о‘zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma’nosini bildiradi.
An’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning barcha sohalariga xos hodisa sifatida juda keng doirani qamrab oladi. Muayyan bir jamoaning turmush tarzi, xatti-harakati, xulq-atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida namoyon bо‘ladi.
Marosim – inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy kо‘tarinkilik vaziyatda о‘tadigan, umum qabul qilingan tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi.
Masalan, ism qо‘yish, chaqaloqni beshikka belash, nikohdan о‘tish, dafn qilish, xotirlash, ekishga kirishish (urug‘ qadash), о‘rishga kirishish, Navruz ayyomi kunlari kо‘pchilik bо‘lib sumalak taomini tayyorlash marosimlaridir.
Odat kundalik hayotda doimo kuzatilsa, marosim esa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bо‘lganida vujudga keladi. Marosim kishilar hayotidagi eng muhim voqealarni tug‘ilish, uylanish, о‘lim kabilarini qayd etadi, rasmiylashtiradi. Marosimlarni о‘tkazishda avloddan-avlodga о‘tadigan, ramziy va rasmiy an’analar, qoidalarga amal qilinadi.
Marosimga, bо‘layotgan voqeaga “guvoh” sifatida odamlar chaqiriladi. Odamlar kimningdir g‘ami yoki quvonchiga sherik bо‘lishadi, kelajak uchun yaxshi niyatlar qilishadi. Har bir marosimning о‘ziga xos umum qabul qilingan tuzilishi (boshlanishi, о‘rtasi, oxiri) bо‘ladi. Inson hayotida bо‘lib о‘tayotgan muhim voqeani nishonlash jrayonida an’ana ham, odat ham marosim ham mujassamlashadi.
“An’ana”, “odat”, “marosim” bir-biri bilan bevosita bog‘liq hodisa hisoblanadi. Shu bois an’analarning tarkibiy qismi odat, odatning tarkibiy qismi esa marosim ham bо‘lishi mumkin. 
Masalan, bilim yurtini bitirgan yosh mutaxassislarning ishlab chiqarishga borib ish boshlashi odat tusiga kirib qolgan. Bu muhim voqea munosabati bilan an’anaviy tadbirlar tashkil qilish mumkin. Bu odatning tarkibiy qismi – yoshlarni tantanali ravishda mehnat jamoasiga qabul qilish о‘z-о‘zidan marosimga aylanadi.
Ba’zi xolatlarda “an’ana”, “odat” va “marosim” tushunchalari alohida ishlatilsa, ular mavhum ma’noni anglatishi ham mumkin. Bunday paytda ularga aniqlovchi sо‘zlar qо‘shilib, masalan, “an’anaviy bayram”, “an’anaviy festival”, “an’anaviy kecha” yoki “mukofotlash marosimi”, “tо‘y marosimi”, “nafaqaga kuzatish marosimi” tarzida qо‘llaniladi. “Marosim” sо‘zi jamoatchilik ishtirokida о‘tkaziladigan katta tadbir ma’nosini bildiradi. Oilaviy urf-odatlar oila paydo bо‘lishi bilan vujudga kelgan. Shu bilan birga о‘zgargan, rivoj topgan. Taraqqiyot, zamon talabiga javob bergan urf-odat yanada kuchayib zamonga qarab rivojlanib bormoqda.
О‘zbek xalqining oilaviy marosimlari ham tarixiy zaruriyat asosida vujudga kelgan va zamon chig‘iriqlaridan о‘tib, muhim ma’naviy qadriyat sifatida ravnaq topgan.
Urf-odatlarimizga aylanib qolgan chaqaloqni beshikka solish kabi marosimlarimiz mavjud. Urflarimizga aylanib qolgan beshik tо‘yini yoritar ekanmiz, beshik tо‘yi qadim zamonlardan har bir oilada о‘tkazilib kelingani tufayli, bu marosim xalq madaniy hayotining ajralmas qismiga aylanib qolgan. 
Urf-odatlar, marosimlar, an’analar о‘zining betakror tabiati bilan yoshlarning ma’naviy dunyosiga katta ta’sir etadi, ularning badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didini о‘stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Urf-odatlar va an’analar har bir xalqda abadul-abad berilgan va hech о‘zgarmaydigan narsa emas. Hayot ularni g‘alvirdan о‘tkazib, puchini-puchakka, sarasini-sarakka ajratib boradi. Yangi davrga moslasha olgani saqlanib qoladi. Shuning bilan birga har bir davr о‘zining udum va marosimlarini, urf-odatlar va an’analarini yaratadi. Yangi vujudga kelayotgan urf-odatlar о‘z-о‘zidan, quruq yerda paydo bо‘lmasdan, asosan ilgari mavjud bо‘lgan ilg‘or an’analar о‘zgartiriladi va yangilari paydo bо‘ladi.

Download 28,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish