2-masalaning bayoni: Dunyodagi barcha xalqlarning, jumladan, О‘rta Osiyo xalqlarining an’ana va bayramlari ularning kundalik mehnati, turmush sharoiti, madaniyati va shuningdek, yashayotgan iqlim sharoitiga xos xususiyatlar asosida shakllanib hamda rivojlanib borgan. Deyarli barcha xalqlarda mehnat mavsumi va har bir faslga mos, ya’ni erta bahorda - mehnat mavsumiga kirishdan oldin, yozda - hosilni yiqishtirishdan oldin, kuzda - hosil tо‘plangandan sо‘ng va qishda, ayniqsa, dalalar uyquga ketgan vaqtda uyushtiriladigan mavsumiy marosim va bayramlar mavjud bо‘lgan va ular zamonga mos о‘zgarib borgan. Bu hodisaning о‘rta asrlarda hozirgi О‘zbekiston territoriyasida yashovchi aholining yil fasllari va mehnat jarayoni bilan bog‘liq bо‘lgan mavsumiy ("kalendar") bayramlari misolida ham yaqqol kо‘rish mumkin.
Bahor bayramlari yangi mehnat mavsumi boshlanishidan darak beruvchi bо‘lib, u mehnatkash xalq hayotida muhim о‘rin tutgan. Bahor kirib kelishini kutib olish bayramlari qadimdan barcha xalqlarda mavjud bо‘lgan. Bahor bayramlari insoniyat vujudga kelishi bilan paydo bо‘lgan bayramlardan bо‘lib, odamlarning dunyo boylab tarqalishi natijasida ular ham barcha yerlarga yoyilgan va keyinchalik bu an’analar barcha xalqlarda turli nomlar va har xil shaklda uyushtirilgan.
О‘rta asrlarda "Navrо‘z" bayrami yanada rivojlanib, ommaviy tus olgan, bu bayram haqida deyarli barcha о‘sha davrning allomalari sо‘z yuritadi. О‘rta asr va keyingi davrlarda "Navrо‘z"ning xalq turmushi va ma’naviy hayotidagi mavqei, fayzu tarovati, fazilat va xosiyati haqida qomusiy bilim egalari Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Mahmud Qoshqariy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Fayziy-Fayyoziy, Muhammadali Soib, Mirzo Bedil, Kalim Koshoniy, Furqat, Muqimiy, Sadriddin Ayniy va Hamza kabilar ajoyib fikr-mulohazalar bildirganlar, gо‘zal she’rlar bitganlar. "Navrо‘z"ni Beruniy "Navrо‘z - olamning boshlanishi" desa, Firdavsiy ""Navrо‘z"-bayramlar shohi". deydi. Navoiy odamlarga istak bildirib: "Har tuning qadr о‘lubon, har kuning о‘lsun Ravrо‘z" desa, Sadriddin Ayniy: "Navrо‘z"da, tabiat jonlanibgina qolmay inson tabiati ham uyqonar -edi" deydi.
Bahorning boshlarida bu faslning "shohona" taomi - sumalakka bag‘ishlangan sayl о‘zbek xalqining eng yaxshi an’analaridan sanalgan. Bahorda dehqonlar hayotidagi eng muhim voqea - bu yangi mehnat mavsumiga kirishishdir. Shu boisdan dehqonlarning yerga urug‘ qadashlari munosabati bilan о‘tkaziladigan maxsus marosimi-tantanala-ri mavjud bо‘lgan. Ular turli joylarda turlicha "Dalaga qо‘sh chiqarish", "Shox moy", "Ekin sayli", "qо‘sh oshi" kabi nomlar bilan-uyushtirilgan. Bahor bayramidan sо‘ng dehqonlar yangi mehnat mavsumiga kirishishgan. Lekin tog‘li rayonlarda bahor boshqa yerlarga qaraganda birmuncha kech boshlangani sababli bu joylarda yangi mehnat mavsumini sabrsizlik bilan kutishgan. Shu sababli urug‘ qadash payti yetib kelganda bu haqiqa о‘ziga xos bayram holatini vujudga keltirgan.
О‘rta Osiyo xalqlari orasida bahor fasli о‘tkaziladigan yana bir tadbir" darvishona" deb nomlangan. Har yili bahor faslida qishloqlarda va shahar mahallalarida 2-3 kishi uyma-uy yurib, pul yoki oziq-ovqat tо‘plagan, sо‘ngra biror kishining hovlisida yoki masjidda ovqat (halim) pishirib, butun mahalla baham kо‘rishgan. Bu marosim yurtda biror ofat bо‘lganda undan xalos bо‘lish yoki dehqonchilikda mо‘l qosil tilash va boshqa niyatlarda xudoga sig‘inish, undan goyo madad sо‘rash mazmunida о‘tkazilgan. Mazkur marosim darvishlar odatiga о‘xshab uyma-uy yurib, oziq-ovqat yig‘ish bilan boqliq bо‘lgani uchun Darvishona (darvishlarga о‘xshab) deb nom olgan .
Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari qatori vodiy о‘zbeklarining ham an’anaviy dehqonchiligi sharq xalqlari taqvimi asosida olib borilgan bо‘lib, bahorgi dala ishlari, mahalliy taqvimga kо‘ra, yangi yil - quyoshning Baliq (Hut) burjidan Qо‘y (Hamal) burjiga о‘tgan vaqtdan boshlangan. Hozir amaldagi oy kalendari bо‘yicha bu 21 martdan boshlanib 21 aprelgacha bо‘lgan davrni о‘z ichiga olgan. Boshqacha kilib, aytganda dastlabki dehqonchilik yumushlari Navrо‘z tantanalari bilan bir vaqtda boshlangan.
Dehqonlar, bog‘bonlar va chorvadorlar ayozli kunlardan omon-eson chiqib, bahorning issiq kunlarini intiqlik bilan kutib, katta dehqonchilik ishlariga jiddiy tayyorgarlik kо‘rganlar, omoch-bо‘yinturuqlarni, molalarni sozlab, taxt qilganlar, otlar sovutilgan, aravalar tuzatilib ishga yaroqli holga keltirib qо‘yilgan. Shu bois ham о‘rta asrlarda Buxoroda bu dehqonchilik bayrami «Navrо‘zi kishavorzon» - «dehqonlar bayrami» deyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |