4-Mavzu: Etnomadaniyatning shakllanishida xalq о‘yinlarining о‘rni



Download 28,39 Kb.
bet3/5
Sana13.04.2022
Hajmi28,39 Kb.
#549220
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu-1

3-masalaning bayoni:
Буюк аждодларимизнинг Buyuk ajdodlarimizning bizga meros qilib qoldirgan madaniy boyliklari xazinasiga xalq о‘yinlari ham kiradi. Xalq о‘yinlari о‘zining vujudga kelishi va rivojlanishiga kо‘ra g‘ayri oddiy hodisa emas, balki xalqning hayotini muayyan aks ettiradigan va jamiyat taraqqiyotining qonunlari bilan belgilanadigan maqsadli faoliyatdir. Xalq о‘yinlari xalq ijodiyotining xos janri bо‘lib, kо‘p asrlik tarixga ega. Qadimdan о‘yinlar xalq tomonidan yaratilgan va kishilarning kundalik hayotidagi voqealar hamda hodisalarni о‘z ichida aks ettirgan. Shuningdek, taassurotlarni, kuzatishlarni tajriba va hissiyotlarni gavdalantirib, о‘zida sо‘z, musiqa, raqs shakllarini mujassamlashtirgan. Masalan, ibtidoiy tuzumda bolalarni tarbiyalashning xarakterli jihati — ularni urf — odati, an’analari tarixi bilan, shuningdek, xalq og‘zaki ijodi: rivoyatlar, qо‘shiqlar raqslar bilan ifoda etgan. О‘zbek xalq о‘yinlari xalq ijodiy faoliyatining bir turidir.

Ularni xalq yaratgan va keng xalq ommasiga tarqatgan. Hozirga qadar о‘zbek xalqining tantanalari katta tomoshalar — sayillar bilan nishonlanadi.Masalan, ommaviy tomoshalar, sayillar, Navrо‘z ayyomida, Hosil bayramlarida xalq о‘yinlaridan keng foydalanilgan. Sayillar vaqtida «Olomon poyga», "Qiz quvish", «Kurash», «Ag‘darish», Kо‘pkari", «Duppi yashir» kabi musobaqa о‘yinlari, sport о‘yinlari sifatida о‘tkazilib kelinmoqda. О‘zbek xalq о‘yinlarining kо‘pida milliy musiqa asboblaridan karnay, surnay, nog‘ora, childirma asboblaridan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda о‘zbek xalq о‘yinlarining asosiy vazifasi о‘z mazmuni hamda metodikasi bilan bolalarni jamiyatimiz talablariga muvofiq tarbiyalashni ta’minlash, ularda axloqiy, irodaviy sifatlarini rivojlantirish, ijodkorlikka xos bilim. kо‘nikma hamda malakalarni shakllantirishdan iborat.

Quyida manbalarda keltirilgan, bobo-buvilardan, xalq orasidan yozma va og‘zaki terib olingan ayrim milliy xalq о‘yinlarini quyida ayrimlarini havola etamiz:



Xо‘rozlar jangi. О‘
yinning maqsadi: Bolalarni chaqqon va epchil harakat qilishga, dovyurak va jasur bо‘lishiga odatlantiradi.
О‘yinning tartibi: Yerda diametri 2 metr aylana chiziladi. Hamma ishtirokchilar 2ta guruhga bо‘linadilar va doira ichida bir — biriga yuzma yuz ikki qator bо‘lib turadilar. Har bir guruhdan bittadan ishtirokchi tayinlanadi. Ishtirokchilar о‘z guruhlardan bittadan ishtirokchi ajratadilar va ular aylana ichiga kirib qо‘llarini orqaga qilib bir oyoqlab turadilar. Har bir guruhdan bittadan ishtirokchi tayinlanadi.О‘yin boshlanishga darak berilishi bilan bir — birlarini yelkalari va gavdalari bilan turtib, itarib aylanadan chiqarishga harakat qiladilar. О‘z raqibini tashqariga chiqara olgan о‘yinchi g‘olib hisoblanadi. Shundan keyin doira о‘rtasiga navbatdagi tayinlangan xо‘roz juftini qidiradi. О‘yin hamma bolalar xо‘roz rolini bajarib bо‘lgunicha davom ettiriladi. О‘yin davomida g‘oliblikni qо‘lga kiritgan guruh sovrin egasi bо‘ladi.

Dor о‘yini.
О‘yinning maqsadi: Bolalarni chaqqon va epchil, shuningdek, ehtiyotkorlik bilan harakat qilishga odatlantiradi.
О‘yinning tartibi: Tashkilotchi arqondan ikkita “ dor” yasaydi, ya’ni ikkita arqonni yerga tо‘g‘ri chiziq bо‘ylab qо‘yadi, har ikkala guruh qatnashchilaridan ikkita ishtirokchi “dor”dan qо‘llarini ikki yonga uzatib, oyoq kaftlarini tо‘g‘ri tashlagan holda yurib о‘tadilar. Qolgan bolalar esa quyidagi she’rni aytib turadilar:

Baka-baka- bang, dor о‘ynang,

Dordan yiqilib, yig‘lab yurmang.

Agar dordan yurayotgan bolaning oyoq harakatlari о‘zgarsa (arqondan chetga chiqsa, qо‘llari tebransa) yutqazgan hisoblanadi.

G‘ozlar.
О‘yinning maqsadi: Bolalarni sezgir va hushyor bо‘lishga odatlantiradi.
О‘yinning tartibi: Bir tomonda bir guruh qizlar qо‘lni — qо‘lga berib, qator tizilishib turadilar. Ikkinchi tomonda ularga rо‘barо‘ bо‘lib yoshi kattaroq bir qiz turadi. Bu qiz о‘yinda ona g‘oz hisoblanadi. Qator tizilishib turganlari esa g‘ozlar bо‘ladi. Ona g‘oz va g‘ozlar orasidagi masofa о‘n, о‘n besh metr chamasida bо‘lib, shu masofa о‘rtalig‘ida ikki yonbosh tarafda ikki о‘g‘il bola poylab turadi. Bu bolalar “Bо‘rilar” xisoblanadilar. О‘yin boshlanadi. Ona g‘oz g‘ozlariga qarab shunday deydi:

G‘ozlarim!
G‘a ,g‘a, g‘a
Uyga qaytinglar,
Yо‘lda qо‘rqamiz.
Nedan qо‘rqasiz?
Yо‘lda bо‘ridan
Bо‘ri qaydadir?
Ola tog‘dadir,
Uchib, uchib kelinglar,
Tezroq qaytinglar
Shundan keyin g‘ozlar g‘a, g‘a, g‘a degan ovoz chiqarishib, ona g‘oz tomon qulochlarini keng yozib uchib kela boshlaydi. Yо‘lda g‘ozlarga bо‘rilar hujum qilishadi. Bо‘rilarning qо‘liga tushgan “g‘ozlar” о‘yindan chiqib turadilar. Bо‘rilarga tutqich bermay ona g‘ozning oldiga “eson omon ” uchib borishgan g‘ozlar esa yana о‘z joylariga borishib, о‘yini shu tarzda davom ettiraveradilar. Qachonki oxirgi g‘oz ham bо‘rilarning qо‘liga tushsa, g‘ozlar о‘yiniga yakun yasaladi. Xohish bо‘yicha о‘yinni qaytadan boshlash mumkin. Bunda bо‘ri, ona g‘oz va g‘ozlar о‘rni almashadi.
T
о‘siqlar orasidan tez о‘tish.
О‘yinning maqsadi: Bolalarda hushyorlikni oshirish va tо‘siqlar orasidan tezlik bilan о‘tishga о‘rgatish.
О‘yinning tartibi: Bu о‘yin qiyaliklardagi qor ustida о‘tkaziladi.
Chang‘ida bir yoki ikki ishtirokchi о‘tirishi mumkin. Har 10- 2- 15 metrga ilon izi qilib belgilar qadaladi. Shu bayroqlar orasida tezlik bilan chanani boshqarib о‘tiladi.

Kurash.
О‘yinning maqsadi: Epchil va chaqqonlik xislatlarni shakllantirish.
О‘yinning tartibi: Maydonchaga 2 – 2 kvadrat metrli aylana chiziladi. U teng ikkiga bо‘linadi, hosil bо‘lgan ikki tо‘g‘ri burchakli uchburchakda ikki ishtirokchi joylashadi. Ishtirokchilar ya’ni jangchilar belbog‘da bо‘lishadi. Ishora bо‘lishi bilan raqiblar bir — birlarining belbog‘idan ushlab, о‘z tomonlariga tortib olishga harakat qiladilar. G‘olib uch urinishda aniqlanadi.

Chillik о‘yini.
О‘yinning maqsadi: Bolalarda chaqqonlik chaqqonlik, epchillik va hushyorlik xislatlarini shakllantirish.
О‘yinning tartibi: Chillik о‘yini bolalarga xos bо‘lib, u qadimdan meros bо‘lib kelmoqda. Asosan, о‘yinda ikki о‘yinchi ishtirok etadi. Birinchi ishtirokchining qо‘lidagi uzunligi bir metr (dasta), ikkinchisining qо‘lida esa uzunligi 20 -25 sm keladigan tayoqcha “Chillik ” bо‘ladi. О‘yin ishtirokchilari tekis joyda diametri yarim yoki bir metrcha keladigan doira shaklida aylana chizib olishadi. Bu aylana о‘yini “yalov” deyiladi. О‘yinni birinchi boshlash uchun quyidagicha shart qо‘yiladi, ya’ni tayoqchali bola tayoqchasining bir uchidan mahkam ushlab turadi, ikkinchi bola esa qо‘lidagi о‘z tayog‘i bilan uning ushlab turgan tayoqchasiga uch marta uradi. Agar uch zarba ichida qо‘lidagi tayoqchani chiqarib yuborsa, shartga binoan yutqazgan bо‘ladi. Uch zarbada ham tayoqchani qо‘lidan chiqarib yubormay saqlab qolaolsa, g‘olib hisoblanadi. Shartga kо‘ra g‘olib bо‘lgan bola о‘yinni birinchi bо‘lib boshlaydi. О‘yin ishtirokchilari tayoqchaning bir uchidan 3- 4 sm keladigan joyini yarim kesib olishadi. Kesib olishlaridan maqsad tayoqcha tekis yerda yotgan paytda kesilgan tomonga tayoq bilan ursa, tayoqchaning yuqoriga kо‘tarilishi oson bо‘ladi. Ayrim joylarda bolalar tayoqchaning bir uchidan yarim kesib olmay о‘ynaydilar. Ular chizishgan “Yalov” markazida uzunchoq shaklida chuqurcha yasashadi. Shu yasalgan chuqurchaning ustiga tayoqchani kо‘ndalang qilib qо‘yishadi. Keyin tayoqcha yuqoriga kо‘tarilgach, qо‘lidagi tayoq bilan bir zarbada uradi. Tayoqcha “yalov”dan ancha nariroqqa uchib borib tushadi. Ikkinchi ishtirokchi tayoqchani tushgan joydan “yalov”ga qarab irg‘itadi. Agar tayoqcha “yalov” ichiga yoki “yalov” chizig‘idan о‘lchanganda ham tayoq yetadigan joyga borib tushsa, о‘yinni tayoqchani irg‘itgan bola boshidan boshlaydi. Tayoqcha “yalov” chizig‘idan ancha о‘tib yoki “yalov” chizig‘idan tayoq bilan о‘lchanganda ham tayoq yetmaydigan joyga borib tushsa, unda о‘yinni boshlagan bolaning о‘zi davom ettiradi.
Demak, о‘yin davom etayapti, ishtirokchilar marraning uzoqlik masofasini kelishib olishadi. Masalan, marra masofasi yuz qadam deb olishsa, о‘yinni davom ettirayotgan bola tayoq bilan “yalov” markazidan tayoqchani zarb bilan uradi. Tayoqcha borib tushgan joyida yana uradi va yana tayoqcha borib tushgan joyidan uchinchi marta ham zarb bilan uradi. Shundan keyin “yalov” chizig‘idan to tayoqcha borib tushgan joyigacha qadar qadamlab о‘lchab chiziladi. О‘lchov yuz qadam chiqmasa, tayoqchani yana bir marta uradi. Agar о‘lchaganlarida masofa yuz qadam yoki undan ortiq chiqqandagina tayoqcha boshqa urilmaydi. О‘yin qoidasiga binoan ikkinchi bola tayoqchani borib tushgan joyidan tishlab olib to “yalov” gacha nafas olmasdan “zu –u- u -uv” tovush chiqarib yetib borishi shart. Agar yetib kelsa, о‘yinni u endi о‘zi boshidan boshlaydi.

Oq terakmi — kо‘k terak.
О‘yinning maqsadi: Bolalarni chaqqon harakat qilishga odatlantiradi.
О‘yining tartibi: Bu о‘yinda ishtirkchilar ikki guruhga bо‘linishadi. Har bir guruhdagi bolalar soni beshtadan kam bо‘lmasligi kerak.
О‘yin tashkilotchisi о‘yin boshlanishidan oldin qur’a tashlaydi. Ikkala guruhdan bittadan ishtirokchi chiqib, qur’ani oladi. Bolalardan qaysi birining qо‘liga “Oq terakmi — kо‘k terak” deb yozilgan yozuv tushsa, о‘sha guruh о‘yinni boshlab beradi. Guruhlar ikki tarafdan bir — birlariga rо‘barо‘, saf tortib qо‘llarini qо‘llariga bergan holda zanjir hosil qilib turishadi. Guruhlar orasidagi masofa 10 — 12 metrdan oshmasligi kerak. О‘yinni boshlayotgan guruh a’zolarining biri ikkinchi guruhdagi bolalarga qarata:
“Oq terakmi — kо‘k terak?” — deya xitob qilishadi.
Ikkinchi guruh a’zolari esa:
Bizdan sizga kim kerak? — deya savolga savol bilan javob qaytarishadi.
Bizga Avazbek (yoki masalan, Muhiddin, Gulchehra, Gulnora) kerak deb javob qaytarishadi birinchi guruh a’zolari. Shunda nomi aytilgan bola, safdan chiqadi — da, yugurib ikkinchi guruhda zanjirdek qо‘l ushlashib turgan bolalar safiga о‘zini uradi. Safni yorib о‘ta olsa, ushbu guruhdagi istalgan bir bolani о‘z guruhiga olib ketadi. Agar zanjirni uzib о‘ta olmasa, u holda shu guruhdagi bolalar safida qolishga majbur bо‘ladi. Sо‘ngra xuddi shu yо‘sinda ikkinchi guruh a’zolari о‘yinni davom ettiradilar. О‘yin davomida qaysi bir guruhda birorta ham bola qolmasa, о‘yin nihoyasiga yetgan hisoblanadi. Barcha bolalarni о‘z safiga olgan guruh о‘yin g‘olibi bо‘lib, о‘yin tashkilotchisi tomonidan rag‘batlantiriladi.

Quvlashmachoq.
О‘yinning maqsadi: Bolalarni topqirlikka, zukkolikka odatlantirish.
О‘yin tartibi: О‘yinda 15- 20 ta bola ishtirok etishi mumkin. О‘yin tashkilotchisi о‘zidan boshlab shu о‘yin uchun tо‘qilgan sо‘zlar bilan davrada turgan bolalarni sanay boshlaydi.
Onam bergan olmalar,
Ishonmasang sanab kо‘r:
Bir, ikki, о‘n olti,
О‘n olti deb kim aytdi.
Dono Salimjon aytdi.
Salimjon mudom bor bо‘lsin,
Doim “besh” baho olsin.
Bir, ikki, uch, tо‘rt, besh, olti, yetti — ketdi.
Oxirgi “ketdi” sо‘zi davradagi qaysi bolaga tо‘g‘ri kelsa, о‘sha bola safdan chiqib turadi. Ushbu о‘yinda yana boshqa sо‘zlar ham qо‘llaniladi.
Masalan,
Bir, ikki,
Olma dikki.
Safar oyi
Sariq chumchuq
Bog‘da turmay
Tez uchib chiq.
Bunda “chiq” sо‘zi tо‘g‘ri kelgan bola safdan chiqib turadi. “Quvalash” о‘yini sо‘zlaridan yana biri:
Qovun palak chumak otdi,
Chumak emas g‘urvak otdi.
G‘urvak qovun shirin ekan,
Qо‘lim tekkan safdan chiqdi.
Bu tо‘rtlikdan ham “chiqdi” sо‘zi qaysi bolaga kelsa, о‘sha bola safdn chiqib turadi. Sо‘zlarning oxiridagi “ketdi”, “chiq”, “chiqdi” sо‘zlariga tо‘g‘ri kelgan bolalar safdan chiqavergach, oxirida bir bola qoladi. О‘sha bola о‘zidan oldin safdan chiqqan bolalarning hammasini quvalashi kerak.
Quvalayotgan bola qochayotganlardan biriga yetib borib, yelkasiga bir ursa, ushlangan hisoblanadi. Keyin quvalash navbatini ushlangan bola davom ettiradi. О‘yin qoidasiga binoan quvalayotgan bola о‘tirgan bolani ushlashi mumkin emas.
Shuning uchun quvalayotgan bola yaqinlashishi bilan qochayotgan bola darhol yerga о‘tirib oladi. О‘tirgan bolaning turishini kutib, о‘rnidan turgandan sо‘ng ushlashi ham mumkin. “Quvalash” о‘yinini shu tarzda davom ettiraverish mumkin.





Download 28,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish