Ish varog`ida diagramma hosil qilish uchun ma`lumotlar kiritilgan jadval belgilanadi va asosiy menyuning Вставка bo`limidagi Diagramma tasmasida joylashgan ixtiyoriy diagramma turi keltirilgan tugmacha sichqoncha ko`rsatkichi yordamida tanlanadi. Bunda ushbu turga kiruvchi diagrammalar ko`rinishi foydalanuvchiga taqdim etiladi. Natijada ish varog`ida foydalanuvchi tomonidan tanlangan diagramma turiga asosan diagramma hosil qilinadi. Hosil qilingan diagrammaning qo`shimcha parametrlarini o`rnatish uchun diagramma sichqoncha yordamida tanlanadi. Bunda ish oynasining yuqori qismida qo`shimcha Работа с диаграммами menyusi ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |