Natijada ish varog`ida foydalanuvchi tomonidan tanlangan diagramma turiga asosan diagramma hosil qilinadi. Hosil qilingan diagrammaning qo`shimcha parametrlarini o`rnatish uchun diagramma sichqoncha yordamida tanlanadi. Bunda ish oynasining yuqori qismida qo`shimcha Работа с диаграммами menyusi ochiladi. Foydalanuvchi tomonidan ushbu menyu faollashtirilishi bilan menyu qatorida diagramma parametrlarini o`rnatishga mo`ljallangan tugmachalar qatori paydo bo`ladi. Yuqorida keltirilgan qo`shimcha menyu yordamida diagrammaning qo`shimcha parametrlarini o`rnatishga misol ko`rib o`tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |