4-mavzu: Boshlangʻich ta’limda integratsiya jarayonini tashkil etish
(2 soat amaliy)
Mashgʻulotning maqsadi: Integratsiya tushunchasi haqida ma’lumot berish, boshlangʻich ta’im fanlarida integratsiya masalalari, boshlangʻich ta’limda integratsiya jarayonini tashkil etishga oʻrgatish.
Intergratsiya lotincha integratio — tiklash, toʻldirish, integer — butun soʻzidan kelib chiqqan.
Fanlarning yaqinlashishi va oʻzaro aloqa jarayoni, differensiatsiya bilan birga kechadi.
Integrativ yondasbish turli darajadagi tizimli aloqalarning obyektiv yaxlitligini aks ettiradi (tabiat—jamiyat—inson). Integratsiya ilgari boʻlingan qismlarni bir butunga birlashtirish bilan bogʻliq. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasini oshirishga olib keladi.
Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bogʻliqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarning ishlashi va oʻrganish obyektining yaxlitligi tartibga solinadi.
XIX—XX asrlar oraligʻida pedagogikada kichik maktab oʻquchilarining tabiiy muhit bilan tanishtirishning integratsiyalashgan kursini yaratish fikri paydo boʻlgan. Bu fikr A.Y. Gerd, D.N. Kaygorodov, A.P, Pavlov nomlari bilan bogʻliq boʻlib, ular boshlangʻich maktabga atrofdagi jonli va jonsiz dunyo haqidagi boʻlinmagan kursni kirgizishni talab qilishdi.
Integratsiyalashgan ta'lim-tarbiya, fanlararo aloqalarning ayrim jihatlari mashhur pedagoglarning (Y. Komenskiy, D. Lokk, I, Gerbart, M. Pestalossi, K. Ushinskiy va boshq.), didaktiklarning (I.D. Zverev, M.A. Danilov, V.N. Maksimova, S.P. Baranova, M.N. Skatkin va boshq.), psixolog olimlarning (E.N. Kabanova-Meller, N.F. Talizina, Y.A. Samarina, G.I. Vergeles), metodist olimlarning (M.R. Lvov, V.G. Goreskiy, N.N. Svetlovskaya, Y.M. Kolagin, G.N. Pristupova) ishlarida koʻrib chiqilgan.
Olimlarning fikricha, bir fan ikkinchi fandagi savollarni, masalalarni yechishda bir vosita hisoblanar ekan. Ana shunday bogʻlanishi lozim boʻlgan fanlardan biri ona tili va oʻqishdir. Bularga qoʻshimcha tarzda tasviriy san’at, mehnat fanlarini ham uygʻunlashtirish fan doirasini kengaytiradi. qaerda ikkita fanning oʻzi emas, balki koʻproq fanlar integratsiyalansa, fanlarning aloqalar rivoji kuchayadi. Bunday darslar oʻquvchilarni soʻzga, ranglarning turfa olami, tovushlar sehriga chuqur kirib borishga koʻmaklashadi, savodli, ogʻzaki va yozma nutqlari shakllanishiga yordam beradi, uning rivojlanishiga va boyishiga estetik didni oshirish, san’at asarlarini tushunish va toʻgʻri baholay olishga, Vatan tabiatini goʻzalligi va boyligini his etishga oʻrgatadi.
Hozirgi kunda integratsiyalish masalasiga yangicha yondashishlar boʻldi. Xorij mamlakatlar tajribalari koʻrsatishicha, integratsiyalangan kurslar qulay shakl boʻlib qoldi. Misol uchun, Bolgariyada oʻqish, yozish va ogʻzaki nutq «til san'ati»ga, tarix, geografiya, fuqaroshunoslik, jamiyatshunoslik, fizika, kimyo, biologiya, astronomiya, tabiatshunoslik va shu kabilarga birlashtirildi. AQSHdagi oʻrta maktablarning yuqori sinflarida fizika, kimyo, geografiya, geologiya, kristallografiya, tuproqshunoslik va shu kabilarni oʻz ichiga oluvchi «Yerni oʻrganish» fani kiritilgan. Chexiya, Slovakiyada ham shunday umumlashtiruvchi integratsiyalangan «Fuqoro tarbiyasi» deb nomlangan kurs yuqori sinflarda kiritilgan.
Oʻzbekistonda Xalq ta’limi vazirligining 2012 yil 9 iyuldagi “Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 2012-2013 oʻquv yiliga moʻljallangan oʻquv rejadagi oʻzgarishlar asosida tegishli fanlar dasturiga kiritilgan oʻzgarishlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 211-sonli buyrugʻi bilan oʻquv rejadagi oʻzgarishlar asosida tuzilgan oʻquv dasturlari tasdiqlandi. Unga koʻra maktab komponentidagi soatlar hisobiga oʻqitilayotgan quyidagi fanlar davlat komponentidagi oʻquv fanlariga singdirildi:
Konstitutsiya alifbosi, Iqtisod va soliq alifbosi, Dinlar tarixidan dastlabki tushunchalar, Salomatlik darslari, Yoʻl harakati qoidalari, Hayot havfsizligi asoslari, Tejamkorli saboqlari (2015-2016 oʻquv yilidan).
1-4 sinflarda:
- “Konstitutsiya alifbosi” kursi Tarbiyaviy soat, Odobnoma, Oʻqish, Tabiatshunoslik fanlari tarkibida har bir sinfda 10 soatdan;
- “Iqtisod va soliq alifbosi” kursining oʻquv materiallari Ona tili, Oʻqish, Matematika, Atrofimizdagi olam, Texnologiya fanlari tarkibida har bir sinfda 10 soatdan;
- «Dinlar tarixi» kursidan dastlabki umumiy tushunchalar Odobnoma, Oʻqish, Tarbiyaviy soat fanlari tarkibida har bir sinfda 17 soatdan;
- «Salomatlik darslari» kursi Odobnoma, Tabiatshunoslik, Jismoniy tarbiya, Oʻqish fanlari tarkibida 17 soatdan;
- «Yoʻl harakati qoidalari» 1-sinfda maktab komponenti hisobidan haftasiga 0,5 soat, 2-4 sinflarda tarbiyaviy soat fani tarkibida 10 soatdan;
- “Hayot xavfsizligi asoslari” kursi Jismoniy tarbiya, Odobnoma, Tabiatshunoslik fanlari tarkibida 17 soatdan;
- “Tejamkorlik saboqlari” kursi Ona tili, Oʻqish, Matematika, Tabiatshunoslik, Odobnoma, Musiqa, Tarbiyaviy soat fanlari tarkibida 17 soatdan singdirib oʻqitiladi.
Integratsiyalashgan kurslar yaratilishining oʻzi yuqori malakali jamoani talab qiladi. Zero, uni oʻqitish uchun yuqori malakagina emas, balki keng bilimdonlik kerak.
Boshlangʻich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi boʻgʻin vazifasini oʻqituvchining oʻzi bajaradi. U bolalarning arifmetikaga, yozishga, tabiiy koʻpgina boshlangʻich tushunchalari va yana koʻpgina narsalarga oʻrgatadi, oʻz kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlangʻich sinflarda bir oʻqituvchining dars berishini integratsiyaning bir usuli, deb hisoblasak ham boʻladi.
Inlegratsiyani amalga oshirishning usullari yaxshi yoki yomon boʻlishi mumkin. Eng muhimi, oʻquvchilarning (psixologik va fiziologik) yosh xususiyatlarini hisobga olishdir. Boshlangʻich ta’limda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida koʻrish maqsadga muvofiq.
Y.M.Kolegin va O.L.Aleksinko integratsiyaning salbiy omillarini quyidagicha koʻrsatishadi:
oʻquv predmetlarining chegaralangan soni — olinayotgan katta hajmdagi bilimlarning mazmuni olamning haqiqiy koʻrinishini, qismlarining oʻzaro bogʻliqligmi aks ettirish bilan toʻldirish mumkin;
juda muhim boʻlgan oʻqish, yozish va sanoq koʻnikmalarini shakllantirish zarurati.
Shu narsalar xuddi fanlarga boʻlinib oʻqitishni talab qiladiganga oʻxshaydi. Masalan, oʻqish fan sifatida oʻz ichiga faqat badiiy matnlarni emas, tarix, tabiatshunoslik boʻyicha materiallarni oladi. Matematika esa arifmetika, algebra va geometrik materiallarini oʻz ichiga oladi. Bunday integratsiya muhim koʻnikmalar hosil qilishga xalaqit bermaslik, aksincha, ularni shakllantirishga kafolat beradi.
Robert Karlosning aytishicha, boshlangʻich maktab faqat oʻqish, yozish va sanashni oʻrgatibgina qolmasdan, bundan ham muhimroq va kattaroq masalani amalga oshirishi kerak. Chunki butun bir bola shakllantirish davrida uning intellektual faolligini ragʻbatlantirish, tabiiy qobiliyati singari uning keyingi muvaffaqiyatlari uchun juda muhimdir.
Inlegratsiyalangan kurslarni shu yoshdagi bolalarga tushunarli va sodda boʻlishi uchun bayon qilishning qiyinligi. Bu omilni bartaraf qilishning yoʻllari amaliyotda tekshirilgan eng ma'qul uslublarni ishlab chiqarishda hamda oʻqituvchilar tayyorlashning maxsus tizimidadir.
Ta'limni integratsiyalashning asosiy maqsadi — boshlangʻich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qoʻyishi va ularning rivojlanishi qonunlariga oʻz munosabatini shakllantirishdir. Mana shuning uchun kichik maktab oʻquvchisi predmet yoki voqealik hodisalarning bir necha tomondan koʻrish muhimdir: mantiqiy va emotsional tomondan, badiiy asarda va ilmiy ommabop maqolada, biolog, soʻz ustasi, rassom, musiqachi nuqtayi nazardan va boshqalar.
Asosiy fanlarni oʻzlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini oʻrnatish ta'limni integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir. Bunga turh darslar tushunchalariga koʻp marta qaytish, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli boʻlgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib, yaxshi shakllangan tuzihsh va oʻtkazish tartibiga ega boʻlgan, tarkibiga shu oʻquv predmetiga tegishli boʻlgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.
Lekin integratsiyalangan darsga boshqa fanlar, boshqa oʻquv predmetlari bilan bogʻliq tushunchalar tahlil qilinishining natijalari kiritiladi. Masalan, «qish», «sovuq», «boʻron», kabi tushunchalar oʻqish, rus tili, tabiatshunoslik musiqa, tasviriy san'at darslarida koʻrib chiqiladi. Tushunchalarning tahlil qilinishi boshqa (o'quv darslarida oʻzlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi. Dars ijodiy, erkin boʻlisbi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket, oʻziga xos oʻtish metodikasiga ega boʻladi.
Umumiy ta'limning poydevorini qoʻyadigan boshlangʻich maktabdagi koʻp tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa, tasviriy san'at va boshqalar uchun umumiydir. Hozirgi kunda bir qator oʻquv predmetlari uchun umumiy boʻlgan tushunchalar orasidagi aloqalarni oʻrnatish psixologik va metodik asos boʻlgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish lozim. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida oʻrgatilishi va zarur oʻqitish vositalari bilan ta'minlanishi kerak.
Tekshirish davomida oʻquv predmetlarini integratsiyalash jarayonida faol aqliy faoliyatga yordam beruvchi omillar — integratsiyalash uchun fanlarning ma'qul birlashishi, oʻqituvchi va oʻquvchi harakatlarining mos kelishi, bolalarning yosh imkoniyatlarini hisohga olgan holda mazmun, metod, usullarni tanlashdan iborat.
Integral yondashuvni amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalarga:
1. Evristik suhbatlar;
2. Umumiy suhbatlar; ekskursiyalar;
3. Ona tili, tabiatshunoslik darslarida kuzatishlar, badiiy asarlar materiallari asosida nutq oʻstirish uchun yozilgan ijodiy ishlnr;
4. Ta'limning koʻrgazmali metodlari;
5. Mustaqil ishlar;
6. Oʻqish, matematika darslarida ogʻzaki rasm chizish;
7. Imo-ishorali koʻrinishlar (pantomimalar);
8. Tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali oʻqish;
9. Ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar, matnlar yozish (shu sinfga tegishli orfogrammalarni takrorlagan holda);
10. Oʻlkashunoslik asosida matematik masalarni hal qilish va boshqalar kiradi.
Avvalo, qaysi darslar integratsiyalash uchun mos kelishini aniqlah olish kerak. Bunday darslarning negizi — turli fanlar asosiy mavzulari mazmunining yaqinligi va mantiqiy aloqalari.
Boshdan integratsiyalangan kurs bu - sinfdan tashqari oʻqish. Bu yerda yaxlit jarayon kechadi:
a) kitob oʻqish asbobi sifatida oʻqish darslarida olgan oʻqish koʻriikmalarini takomillashtirish;
b) matn ustida ishlash;
d) suhbatdoshlar doirasini tanlash kabi kitoblarni tanlash.
Malematika ham integratsiyalangan kurs — arifmetik materialni oʻzlashtirishga imkon beruvchi arifmetika, algebra va geometriya elementlari, shu bilan birga algebra va geometriya, mehnat ta'Iimi asoslarini oʻrgatishga tayyorgarlik. Boshidan integratsiyalangan kurs — tabiatshunoslik (tabiatshunoslik asoslari). Boshidan integratsiyalangan yuqoridagi kurslardan tashqari quyidagi fanlarning birikishi mumkin: oʻqish-rus tili, oʻqish-tabiatshunoslik, oʻqish-tasviriy san'at, oʻqish-musiqa, tabiatshunoslik-matematika, tabiatshunoslik-texnologiya, matematika-texnologiya, matematika-jismoniy tarbiya.
Toʻgʻri, boshlangʻich sinflarda integratsiyalashgan darslarni tashkil etish murakkab jarayon. Buning uchun oʻqituvchi oʻquvchilar bilan ishlashning turli yoʻllarini qidirib topishga toʻgʻri keladi. Shundagina darslar samarali oʻtishi mumkin. Aytish joizki, boshlangʻich sinflarda 4 ta fan, ya’ni oʻqish, yozuv, matematika va badiiy mehnat darslarini uygʻunlashtirish qiyin. Chunki bunday hollarda tanlangan mavzu har biriga tegishli boʻlishi kerak. Shu bois ham mujassam darsga e’tibor berilishi muhimdir. Masalan, oʻqish darsligida (2-sinf) kitob haqida ma’lumot berilgan boʻlsa, keyingi fanlar topshirigʻini ham aynan shunga moslash lozim. Bunda kitob haqida faqat dasrlikdagi ma’lumot bilan chegaralanmay «Bolalar entsiklopediyasi»dan ham foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi. Yozuvda ham aynan kitob haqida yozishadi, matematikada ham kitobga oid masala yechishadi, badiiy mehnatda kitob yasashni oʻrganadilar. Bu vazifalarni bajarishda topshiriqlarni navbatma-navbat bajarilsa, koʻzlangan maqsadga erishib boʻlmaydi, shu bilan birga vaqt yetmaydi. Shu bois oʻquvchilarni 4 guruhga boʻlib, ularga sinfda 4 ta ijod markazi tayyorlanadi. Har bir guruh bir vaqtda 4 xil topshiriq bilan band boʻladi. 1-guruh «oʻqish» markazda kitob haqida ma’lumot oʻqiydilar. Uni dastlab oʻqituvchi tushuntirib beradi, unga doir rasmlardan foydalanadi.
2-guruh kitob haqida «Yozuv» markazida ishlaydilar. Ular kitob haqida bilganlarini sinf taxtasiga yoki daftarga guruhlararo kelishib yozadilar.
3-guruh «Matematika» markazida kitobga oid masalani birgalikda bajaradilar.
4-guruh «Ijod» markazida kitob yasaydilar.
Har bir guruh topshiriqni 10 daqiqadan soʻng bajarib, guruhlar topshiriqlarni almashtiradilar. Shu tariqa 4 tala guruh ham topshiriqlarni bajaradilar, topshiriqlar orada oʻqituvchi tomonidan baholab boriladi. Bunday darslarni ham haftada bir marotaba oʻtkazish maqsadga muvofiq boʻladi.
Xulosa qilganda, oʻquvchilar bilim darajasini oshirishda ta’lim mazmunini integratsiyalash yuqori natijalarga olib keladi. Unda nafaqat fanlarni oʻzaro bogʻlash, balki oʻzaro uygʻunlashishi mumkin boʻlgan va bolaga ijobiy ta’sir etadigan ob’ektlar orqali ham bolalarni har tomonlama rivojlantirish mumkin. Buning uchun ta’limni zamonaviy usulda tashkil etish zarurdir.
Nazorat savollari.
1. «Integratsiya» so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
2. Ta’lim-tarbiya integratsiyasi boʻyicha ish qilgan olimlar kimlar?
3 Oʻzbekistonda boshlangʻich ta’limdagi integratsiyalashgan kurslarni sanab bering?
4. Integratsiyaning ijobiy va salbiy jihatlarini T-chizmada ifodalang?
5. Ta'limni integratsiyalashning asosiy maqsadi nima?
6. Integral yondashuvni amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalarni sanang.
Do'stlaringiz bilan baham: |