4-mavzu. Axborotlarni stenografik himoyalash



Download 0,74 Mb.
bet1/20
Sana14.12.2022
Hajmi0,74 Mb.
#885992
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
4-mavzu. Axborotlarni stenografik himoyalash

4-mavzu. Axborotlarni stenografik himoyalash


Reja:
1. Zamonaviy kompyuter stenografiyasi;
2. Kompyuter stenografiyasi istiqbollari;
3. Kompyuter stenografiyasining asosiy vazifalari;
4. Konfidentsial axborotlarni ruxsatsiz kirishdan hamoyalash.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Axborotlarni stenografik himoyalash. Axborotlarni stenografik himoyalash usullari. Zamonaviy kompyuter stenografiyasi, istiqbollari va uning asosiy vazifalari. Kompyuter stenografiyasi dasturiy ta’minotni niqoblash. Mualliflik huquqlarini himoyalash. Stenografik dasturlar to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘rgatish.
Zamonaviy kompyuter stenografiyasi
Ruxsat etilmagan kirishdan axborotni ishonchli himoyalash muammosi eng ilgaritdan mavjud va hozirgi vaqtgacha hal qilinmagan. Maxfiy xabarlarni yashirish usullari qadimdan ma’lum, inson faoliyatining bu sohasi stenografiya degan nom olgan. Bu so‘z grekcha Steganos (maxfiy, sir) va Graphy (yozuv) so‘zlaridan kelib chiqqan va «sirli yozuv» degan ma’noni bildiradi. Stenografiya usullari, ehtimol, yozuv paydo bo‘lishidan oldin paydo bo‘lgan (dastlab shartli belgi va belgilashlar qullanilgan) bo‘lishi mumkin.
Axborotni himoyalash uchun kodlashtirish va kriptografiya usullari qo‘llaniladi.
Kodlashtirish deb axborotni bir tizimdan boshka tizimga ma’lum bir belgilar yordamida belgilangan tartib bo‘yicha o‘tkazish jarayoniga aytiladi.
Kriptografiya deb maxfiy xabar mazmunini shifrlash, ya’ni malumotlarni maxsus algoritm bo‘yicha o‘zgartirib, shifrlangan matnni yaratish yo‘li bilan axborotga ruxsat etilmagan kirishga tusiq quyish usuliga aytiladi.
Stenografiyaning krintografiyadan boshqa o‘zgacha farqi ham bor. Ya’ni uning maqsadi — maxfiy xabarning mavjudligini yashirishdir. Bu ikkala usul birlashtirilishi mumkin va natijada axborotni ximoyalash samaradorligini oshirish uchun ishlatilishi imkoni paydo bo‘ladi (masalan, kriptografik kalitlarni uzatish uchun).
Kompyuter texnologiyalari stenografiyaning rivojlanishi va mukammallashuviga yangi turtki berdi. Natijada axborotni himoyalash sohasida yangi yo‘nalish — kompyuter stenogryafiyasi paydo bo‘ldi.
Global kompyuter tarmoqlari va multimedia soxasidagi zamonaviy progress telekommunikatsiya kanallarida ma’lumotlarni uzatish xavfsizligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan yangi usullarni yaratishga olib keldi. Bu usullar shifrlash qurilmalarining tabiiy noaniqligidan va analogli video yoki audiosignallarning serobligidan foydalanib xabarlarni kompyuter fayllari (konteynerlar)da yashirish imkonini beradi. Shu bilan birga kriptografiyadan farqli ravishda bu usullar axborotni uzatish faktining o‘zini ham yashiradi.
K.Shennon sirli yozuvning umumiy nazariyasini yaratdiki, u fan sifatida stenografiyaning bazasi hisoblanadi. Zamonaviy kompyuter steganografiyasida ikkita asosiy fayl turlari mavjud: yashirish uchun mo‘ljallangan xabar-fayl, va konteyner-fayl, u xabarni yashirish uchun ishlatilishi mumkin. Bunda konteynerlar ikki turda bo‘ladi: konteyner-original (yoki «bo‘sh» konteyner) - bu konteyner yashirin axborotni saqlamaydi; konteyner-natija (yoki «tuldirilgan» konteyner) — bu konteyner yashirin axborotni saqlaydi. Kalit sifatida xabarni konteynerga kiritib kuyish tartibini aniklaydigan maxfiy element tushuniladi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish