Suv sarfini kamaytirish va yuvish sifatini oshirish uchun maxsus sintetik yuvish
vositalaridan foydalaniladi (progress, avtoemulsiya va h.k). Ular o‘z
navbatida
yuzadagi kirlarni yumshatadi, moy izini eritadi va yuvishni yengillashtiradi. Misol
uchun, yengil avtomobil kuzovini yuvishda 40...50 gramm sintetik yuvish vositasi
ishlatiladi. Sintetik kukunning 7...8 grammi 1 litr, harorati 35...45° suvda eritilib,
suv purkagich yoki yuvish pistoleti bilan sepiladi.
Avtomobillami yuvish ishlari maxsus maydonda va turli ko‘rish ariqlarida,
estakada va ko‘targichlar yordamida bajariladi. Ko‘rish
ariqchalari devorlari,
maydonchalari yuzasi nam o‘tkazmaydigan lappakchalar bilan qoplanib, poli suvlar
oson oqib ketishi uchun 2...3% qiyalikda bo‘ladi.
Avtomobilning turi hamda yuvish usuliga qarab, maxsus yuvgichlar qo‘lda
yuvish uchun moslashgan, mexanizatsiyalashgan, avtomatlashtirilgan
va aralash
turda bo‘lishi mumkin.
Oddiy qo‘lda yuvish: shlanga va sepgich yordamida past bosimli (1….2.5
MPA) bo‘lishi mumkin.
Mexanizatsiyalashgan zarrachali yuvish jihozlarining ishchi organi forsunkalar
hisoblanib, ular suv yoki yuvish aralashmasini yetkazib beruvchi qo‘zg’aluvchi yoki
qo‘zgalmas quvurlarga o‘rnatilgan bo‘ladi.
Zarrachali yuvish qurilmasi asosan yuk avtomobillari, o‘ziag’dargichlar,
tirkama va yarimtirkama bilan ishlovchi avtomobillarni yuvish uchun mo‘ljallangan.
Cho‘tkali yuvish jihozining asosiy organi silindrsimon aylanuvchi cho‘tkalar
bo‘lib, ular naylar yordamida suv yoki yuvuvchi aralashma yetkazib beradi. U yengil
avtomobillar, avtobuslar va furgonli avtopoezdlarni yuvishda ishlatiladi.
Suv sarfini kamaytirish uchun undan qayta foydalanish tizimi qollaniladi.
Bundan tashqari qbul qilingan hukumat qarorlariga muvofiq,
hamma suv
iste’molchilari sarfni kamaytirish va tozalanmagan suvni tashqariga chiqarib
yuborishni to‘xtatishlari zarur. Shuning uchun hamma ATK lar o‘z hududida suv
tozalash inshootlariga va suvdan qayta foydalanish tizimiga ega bo‘lishlari zarur.
Yuvish joylaridan chiqayotgan suv kanalizatsiya tizimi, suv havzalari va atrof
muhitni ifloslamasligi uchun loy tindirgich va moybenzintutgichlardan
foydalaniladi.
Agar avtotransport korxonalari markazlashgan tartibda suv manbai bilan
ta’minlanmagan bo‘lsa, suvdan unumli foydalanish
va tashqi muhitni muhofaza
qilish maqsadida, avtomobilni yuvishdan chiqqan suv tozalanib, undan qayta
foydalanish mumkin. Buning uchun suv oqib tushadigan havzalarga, idishiarga,
tozalash qurilmasi o‘rnatiladi. Avtomobillarni yuvishda
qaytadan foydalaniladigan
(zarrachalardan tozalangan) suv kimyoviy usulda (loyqatib) tozalanadi.
Bu qurilma, asosan, aralashmagan zarrachalar, qumlar va neft mahsulotlarini
(tartib bilan filtrlab) tebranuvchi fillr bilan tozalashga asoslangan. Tozalash
qurilmalarini ixcham joylashgan hamda ish unumi bo‘yicha turli xilda mavjud
bo‘lgan "KRISTALL" (6.3-rasm) qurilmasining asosiy afzalligi
- chiqindi suvini
sifatli tozalashidir.
6-3-rasm. Suvni tozalashda va undan qayta foydalanishda ishlatiladigan
"KRISTALL" qurilmasining shakli
Qurilmada ifloslangan oqindi suv yuvish postidan rezurvuar – l ga oqib tushadi.
Suv sathi me’yoriga yetganda, ko‘rsatkich (datchik) ishlay boshlaydi va nasos-2 ni
ishga tushiradi, so‘ngra quvur orqali vibrofiltr – 3ga suv keladi.
Suv filtirlangandan
so‘ng u neft mahsulotlaridan qayfta tozalash blokiga oqib tushadi: avval dag’al
tozalash kamerasi – 7 ga va undan keyin toza suvni to‘plovchi – 6 ga to‘planadi.
Qum va boshqa iflosliklar, vibrofilrtning konus qismi – 4 da to‘planadi va
bular vaqti – vaqti bilan tozalanib turiladi. Neft qoldiqlari kamera – 5 dan, to‘plovchi
– 8ga o‘zi oqib tushadi va u yerdan patrubka – 9 orqali maxsus qurilmaga yoqib –
kuydirib yuborish uchun to‘planadi. Patrubka – 10 suvni quyqani to‘kib yuborish
uchun xizmat qiladi.
То
za suv sathi ma’lum darajaga ko‘tarilgandan so‘ng,
ko‘rsatkich (datchik) yordamida, nasos - 11 ishlab, qayta foydalaniladigan suvni
yuvish postiga yetkazib beradi. "KRISTALL" qurilmasining ish unumi 10... 120
m
bo‘lishi hamda suv filtirlangandan so‘ng qoldiq zarrachalar 7...10 mg/1
va neft
mahsulotlari 3...5 mg/1 ni tashkil etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: