4 mavzu. Avtomobil kuzovi va kabinasiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari texnologiyasi Reja 1



Download 100,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana12.07.2022
Hajmi100,89 Kb.
#778430
1   2   3   4
Bog'liq
4 mavzu. Avtomobil kuzovi va kabinasiga texnik xizmat ko‘rsatish

6.4-rasm
. Pachoqni chiqarish va tekislash shakli: a-ushlagich yordamida
pachoqni chiqarish; b-ushlagich yordamida to‘g’rilash; v-bir pachoqni bartaraf elish;
g-bir necha pachoqni bartaraf etish.
O‘tkir qirrasi va egilishi bo‘lmagan chuqur pachoqlarni o‘rtasidan boshlab,
bolg'acha yoki rezina bolg'acha bilan asta- sekin tekislanadi va tashqi tomonga qarab
davom etliriladi. O‘tkir qirrali burchaklari bo‘lgan pachoqlami o‘tkir qirradan yoki
taxlanib qolgan yeridan boshlab urib chiqariladi. Bitta chuqurcha bo‘lsa, metallning
tortilishi hisobiga markazdan tashqi tomonga bolg'acha bilan urib bartaraf etiladi
(6.4 v-rasm). Chuqurcha chegarasiga yaqinlashganda bolg'acha bilan urish kuchi
kamaytiriladi. Qancha ko‘p aylana bo‘ylab harakat qilinsa, tekislash shunchalik
sifalli bajariladi. Agarda bir-biriga yaqin, bir necha chuqurchalar bo‘lsa (6.4 g-
rasm), avval ularning orasiga ishlov beriladi va bitta chuqurchaga keltiriladi, so‘ngra
chuqurchalarning shakliga qarab keyingi silliqlash ishlari bajariladi
.


Silliqlash ishlari to‘g’rilanayotgan yuzaning shakliga mos ushlagichlar – 1
bilan tekislash bolg’achalari yordamida qo‘lda yoki maxsus jihozlar va
mexanizatsiyalashgan moslamalar yordamida bajariladi.
Masalan, avtomobil qanotlarining cho‘zilib ketgan yerlarini urish yo‘li bilan
to‘g'rilab bo‘lmaydi. Bu hollarda juda pachoq bo‘lgan va tekis bo‘lmay qolgan
yuzalar kesib olib o‘rniga kerakli listni payvandlash yo‘li bilan tekislanadi.
Qiyshiqliklar va egilishlar maxsus mexanik kengaytirgich yoki gidropresslar
yordamida to‘g‘rilanadi.
G'adir-budur bo‘lib qolgan yuzalar, payvand choklari maxsus termoplastik
massalar (PFN-12, TPF-37), epoksid yeliralari yoki yumshoq kavsharlash usullarini
qo‘llash bilan silliqlanadi.
Yuza tekislab bo‘lmas holatda bo‘lsa, ayrim bolaklari temir arra, temir qaychi
yoki boshqa asboblar yordamida kesib tashlanib, o‘rniga shablon yordamida metali
listlardan tayyorlangan bo‘laklar payvandlanadi.
Yengil avtomobillar va avlobuslaming kuzovlari urilmagan taqdirda, zangiash
oqibatida yaroqsiz holatga keladi.
Hozirgi vaqtda katta yuzadagi yemirilishni tiklash uchun ta’mirlashning
"panel” usuli ko‘p qo‘llaniladi. Zanglash yoki falokatga uchrash natijasida
shikastlangan kuzov bo‘lagi olib tashlanadi, hamda uning o‘rniga yangisi yoki
boshqa avtomobildan kesib olingan xuddi shunga o‘xshash ta’mirlash detali (paneli)
o‘rnatiladi.
Avariyaga uchragan kuzovlarni to‘g'rilash uchun maxsus moslamalardan
foydalaniladi, ular kuzov profili bo‘yicha, geometrik o‘lchamlariga rioya qilgan
holda, tortish yo‘li bilan o‘z holatiga keltiriladi. Bu maqsadlar uchun R620
rusumdagi jihozlardan foydalaniladi. Uning ramasiga avtomobil qotiriladi, qo‘lda
yoki gidravlik to‘g'rilash moslamalarida kuzovni tortish va to‘g'rilash ishlari
bajariladi. Yuk avtomobillarining metall kuzovlari kabina va tayanchlardagi kabi
to‘g'rilanadi. Kuzov metallining qalinligi tayanch metallining qalinligidan katta
bo‘lganligi uchun payvandlash ishlari osonlashadi, ammo to‘g'rilash qiyinlashadi.
Payvandlash ishlari ko‘pincha elektr yoyli usulda bajariladi, to‘g'rilash
ishlaridan avval esa yuza 600...650°C gacha qizdiriladi.
Bo‘yoqchilik ishlari kuzov ishlari bilan o‘zaro bog'liq. Avtotransport
korxonalari sharoitida bo‘yash va gruntlash bo‘yoqsepgichlar yordamida bajariladi.
Eng ko‘p tarqalgani bosim ostida bo‘yoq sepish ( 0,3…0.7 MPa) bo‘lib, u
mahsus jihozlar talab qilmaydi. Buning uchun bo‘yoq eritkichlar yordamida
suyultiriladi. Lekin bo‘yoq qurigach, eritgich uchib ketadi va yuzadagi bo‘yoq
zarrachalari orasida yoriqlar hosil bo‘lib, yuzaning zanglashga qarshi xususiyati,
ko‘rinishi va sifati pasayadi.


Takomillashgan bo‘yash usullaridan biri kamroq eritkich qo‘shilgan
bo‘yoqlardan foydalanish: bo‘yoq 50...
70
C gacha qizdiriladi va 0.15 MPa bosim
ostida sepiladi, natijada bo‘yoqni 25% gacha tejash mumkin. Bu usul bo‘yoqni
yuzaga tekis va qalinroq sepish imkonini beradi va yuza silliq chiqadi. Ammo
yong'inga qarshi havfsizlik qoidalariga asosan, bo‘yoqchilik ustaxonalarida
bo‘yoqni faqat issiq suv bilan isitish mumkin, lekin isitish anjomi bo‘yash
kamerasidan tashqarida bo‘lishi kerakligi qiyinchiliklar tug'diradi.
Hozirda vaqtda bo‘yoqni maxsus jihozlar yordamida 10…30 MPa bosim
ostida, 0.17... 1.0 mm diametrli sepgichlar yordamida sepish usulidan ham
foydalanilmoqda. Bunda mehnat unumdorligi juda yuqori bo‘ladi va bo‘yashda katta
maydondan foydalaniladi. Bu holda quyuq bo‘yoqlarni eritmasdan turib foydalanish
mumkin. Bo‘yash vaqtida tumanlik hosil bo‘lishi juda kam va bir sepishda kerakli
bo‘yoq qalinligiga erishish mumkin. Bo‘yalgan yuzaning sifati boshqa usullarga
qaraganda pastroq chiqadi, chunki yuqori bosim hosil qilish uchun foydalaniladigan
plunjerli nasosla, bo‘yoqni bir tekis sepishini unchalik ta'minlay olmaydi. Hozirda
bu kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari topilgan.
Bo‘yash ishlari texnologik jarayoni quydagi tartibda bajariladi: metall yuzani
bo‘yashga tayyorlash (zangdan eski bo‘yoqdan yuzani tozalash), shpaklyovka
surtish (yuzaga surtiladi va silliqlanadi), gruntovka surtish (GF – 021 surtib 1.5…2.0
soat quritiladi), bo‘yash (ML – 12, ML – 197, ML – 110) turidagi bo‘yoqlar sepilib,
yuza 130…
140
C da 20 soat davomida, shu jumladan chang yopishmasligi uchun
2 soat, bo‘yoqning yopishqoqligini quritish uchun 6 soat, mustahkam bo‘lishi uchun
12 soat quritiladi.
Zanglashdan himoyalash. Avtomobillarning zanglashiga moyillik qiluvchi
asosiy omillar havoning harorati, namligi va tarkibida tuzlarmning mavjudligi
hisoblanadi. Respublikamizda avtotransport vositalarining aksari qishloq joylarida,
og‘ir ekstremal sharoitlarda ekspluatatsiya qilinadi va saqlanadi. Ayniqsa, qishloq
xo‘jaligida qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlar, gerbitsidlar va defoliantlar transport
vositalarining kuzovlari va boshqa qismlariga, iqlim sharoitlariga qaraganda ko‘proq
zarar yetkazadi.
Atrof muhit ifloslanishi havo tarkibidagi agressiv kimyoviy moddalarning
oshib ketishiga, bu esa, o‘z navbatida avtomobillarda zanglash jarayonlari
tezlashishiga olib keladi. Dunyodagi metrologik xizmatlarining ma’lumotlariga
ко
‘ra, atmosfera oltingugurt ikki oksidi (S2O) bilan ko‘proq ifloslanmoqda, natijada
havodagi namlik bilan qo‘shilib sulfid kislotasi hosil bo‘lmoqda. Kislota mashina
detallariga o‘tirib, zanglashni tezlashtiradi.
Shaharlarda qish mavsumida sirpanishning oldini olish uchun yo‘llarga
sepiladigan tuzlar ham zanglashni tezlashtiradi.


Avtomobil detallarining zanglash turlari orasida elektr kimyoviy zanglash
o‘zining katta tezligi bilan ajralib turadi. Bunday zanglash metall yuzalarida elektr
tokini o‘tkazadigan elektrolit (tuzlar, kislotalar va ishqorlarning suvdagi eritmasi)
hosil bo‘lishi natijasida yuzaga keladi.
Avtomobillarning barcha tashqi va ichki detllari zanglashga uchrashi mumkin.
Kuzov tetallari yubqa (0,5…1,2 mm) po‘latlardan tayyorlanadi va faqat ozgina
qalinlikdagi gruntovka bilan himoyalanadi, ular 2…2,5 yil eksplutatsiyadan keyin,
zanglash natijasida, ayrim joylari ishdan chiqadi.
Avtotransport vositalari zanglashini oldini olishning ikki yo‘nalishi mavjud.
Birinchisi - zanglashning oldini olish, ikkinchisi zararli muhit ta’siridan
himoyalashtadbirlarini o‘z ichiga oladi.
Albatta zanglashni keltirib chiqaruvchi sabablarni yuqotish maqsadga muvofiq,
lekin buni qisman amalga oshirish mumkin. Iqlim ta’sirini oldini olish, asosan,
avtomobillarni yopiq joyda saqlash, yuvish va quritish ishlarini yaxshi tashkil qilish
bilan amalga oshiriladi. Zararli moddalar ta’sirini kamaytirish esa qishloq
xo‘jaligida ishlatiladigan ximikatlarning zararsizlaridan foydalanib maqsadga
erishiladi.
Avtotransport vositalarini loyihalashda va ishlab chiqarishda ishlatiladigan
materiallaini to‘g'ri tanlash va ijobiy konstruksion ishlamalar bilan korrozilanishni
kamaytirish mumkin. Masalan, avtomobillar kuzovlarini zanglamaydigan ruxlangan
po‘latlardan tayyorlanmoqda. Bu usul "Ford" (AQSh), "Sitroen" (Fransiya),
"Daymler-Bens" (GFR) firmalari tomonidan ishlab chiqarishda qo‘lanilmoqda. Shu
bilan birga, kuzov detallarini loyihalashda har xil iflosliklar va namlik yig'iladigan
“cho‘ntak” joylarni mumkin qadar kamaytirish, tarkibida agressiv moddalar kam
bo‘lgan yonilg‘i moy mahsulotlaridan foydalanish lozim.
Keyingi yillarda avtomobillarni ekspluatatsiya va ta’mirlash davrida zararli
muhit ta'siridan himoyalash keng qo‘llamlmoqda. Avlomobillarning tashqi qismini
himoyalash uchun, ular yuzasiga zanglashga qarshi materialdan yubqa parda
qoplanmoqda. Buning uchun asosan plastik moy, mastika va konservatsiya moyi
qo‘llaniladi. Zanglashga qarshi parda detallarni zanglashdan saqlash bilan birga
shovqinni ham kamaytirishga yordam beradi.
Nazorat savollari:
1. Suv sarfini kamaytirish va yuvish sifatini oshirish uchun qanday
vositalaridan foydalaniladi?
2. Avtomobil kuzov, kabina va tayanchlarining asosiy nosozliklari?
3. Pachoqlangan yerlar va qiyshiqliklar qanday to‘g'rilanadi?
4. Bo‘yash ishlari texnologik jarayonini tushuntiring?
5. Avtotransport korxonalari sharoitida bo‘yash va gruntlash qanday
bajariladi?


Document Outline

  • C:\Users\Lenovo\Desktop\universitet\maruza\Mavzu 4.docx

Download 100,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish