4-MAVZU: ATROF MUHITNING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI
Reja:
1. Atrof –muhitning zararli omillari ta’sirida kelib chiqib ko’p uchraydigan kasalliklar
2. Oziq-ovqat mahsulotlari va inson salomatligi
3. Go'zal manzara — salomatlik omili
Fan-texnika taraqqiyotining atrof-muhitga ta'siri ham ijobiy, ham salbiy bo'lishi mumkin. Mabodo, fan va texnika yutuqlarini xo'jalik faoliyatiga tatbiq etishda jamiyat va tabiatning uyg'un holda rivojlanish talablari e'tiborga olinmasa, salbiy oqibatlar kelib chiqadi.
Fan-texnika taraqqiyotining tartibsiz, boshqarib bo'lmaydigan rivojlanishi natijasida insoniyat shunday chegaraga yetib keldiki, chang-tutun va nur kasalligi, turli toksik, allergiya, endokrin va ijtimoiy chegara bilmaydigan patologiyaning boshqa turlari bilan bog'liq xastaliklar xavfi ko'ndalang bo'lib turibdi.
Yadro qurollarining sinalishi natijasida tabiatda muhim o'zgarishlar yuz beradi. Bu o'zgarishlarning ba'zi oqibatlari mutagen jarayonlarga, tirik organizmlarning irsiy kodiga ta'sir ko'rsatishi g'oyat tashvishlidir.
Birgina AQSH sanoati va atom elektr stansiyalari har yili tabiat qo'yniga yuzlab tonna radioaktiv chiqindilarni tashlaydi. Ajal urug'i bo'lmish bu moddalar yillab axlatxonada yotadi.
Hozirgi vaqtda insonning xo'jalik faoliyati ko’pincha biosferaning asosiy ifloslanish manbayi bo'lib qolmoqda. Tabiiy muhitga tobora ko’proq miqdorda ishlab chiqarishning gazsimon, suyuq va qattiq chiqindilari chiqarilmoqda. Chiqindilardagi turli xil kimyoviy moddalar tuproq, havo yoki suvga tushib, ekologik bo'g'inlar bo'yicha bir oziq zanjiridan boshqasiga va oxir-oqibatda inson organizmiga o'tadi.
Yer kurrasida u yoki bu darajada ifloslantiruvchi moddalar yetib bormagan biror joyni topish amri maholdir. Hatto hech qanday ishlab chiqarish korxonalari bo'lmagan Antarktida muzliklarida ham olimlar hozirgi zamon ishlab chiqarishining turli toksik (zaharli) moddalari mavjudligini aniqladilar. Holbuki, u Yerlarda faqat kichik ilmiy stansiyalar joylashgan, xolos. Demak, ularni bu joylarga boshqa hududlardan havo oqimi olib keladi.
Tabiatni ifloslantiradigan moddalar juda xilma-xildir. O'zlarining tabiati, konsentratsiyasi, inson organizmiga ta'sir etish vaqtiga bog'liq holda ular turli noqulay oqibatlar keltirib chiqaradi. Bunday zaharli moddalar kichik konsentratsiyaning qisqa muddatli ta'siri ham, masalan, bosh aylanish, ko'ngil aynishi, tomoq qurishi va yo'talga sabab bo'lishi mumkin. Agar toksik moddalar katta konsentratsiyasi inson organizmiga ko’proq miqdorda kirib qolsa, hushdan ketishga, o`tkir zaharlanish va hatto o'limga olib keladi. Organizmning ifloslanishiga bo'lgan reaksiya insonning individual xususiyatlariga yoshi, jinsi, salomatligi holatiga bog'liq. Odatda, bolalar, keksa, kasalmand kishilar tez xastalanadilar.
Organizmga toksik moddalarning muntazam kirishi surunkali zaharlanishga olib keladi. Surunkali zaharlanish belgilari: me'yoriy xulq-atvor odatlarning buzilishi, neyropsixologik chetga chiqishlar, tez toliqish yoki doimiy charchoq hissi, uyqu bosishi, yoki aksincha, uyqisizlik, apatiya, diqqatning kuchsizlanishi, parishonxotirlik, tez unutish, kayfiyatning tez o'zgarishi va boshqalar.
Ayni bir modda bilan surunkali zaharlanish turli odamlarda turlicha xastalanish keltirib chiqarishi mumkin. Insonning turli tabiiy muhit yoki shart-sharoitlarga moslashuvchanlik imkoniyati juda katta bo'lsada, lekin u baribir muhitni ifloslantiruvchilar yoki ular birikmalarining yuqori konsentratsiyasi ta'siriga uzoq muddat bardosh bera olmaydi.
Hozirgi zamon taraqqiy etgan mamlakatlar sharoitida atrof-muhitning ifloslanishi muammosi va uning kishilar salomatligiga muhitdagi maromiy o'zgarishlar va almashinish jarayonlarning energetik dinamikasi belgilab berdi.
Наг bir inson tug'ilganidan boshlab, o'z biologik soatlari bo'yicha yashaydi. Hozirgi vaqtda organizmda sodir bo'ladigan qator maromiy (ritmik) jarayonlar biologik maromlar deyiladi. Yurak ishi maromi, nafas olish, miyaning bioelektrik faolligi va boshqalar biologik maromga misol bo'la oladi.
Odatda, maromlar ichki va tashqi maromlardan iborat. Tashqi maromlar geofizik xarakterga ega. Agar insonning ichki maromlari atrof-muhitda - kechadigan maromlar bilan muvofiq kelmasa, uning kayfiyatida o'zgarishlar bo'lib, kasallik belgilari paydo bo'la boshlaydi (uyqusizlik, ish faoliyatining pasayishi va boshqalar). Inson hayotida sutkalik marom juda muhimdir. Uyqu, dam olish, orom, mehnat, toliqish va boshqalar biologik omillarga bog`liq.
Iqlim ham inson kayfiyatiga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Inson kayfiyati ob-havo sharoitining o'zgarishi bilan ham bog'liq. Masalan, Atmosfera bosimi, namlik, havo oqimi, kislorod konsentratsiyasi, Yer magnit maydonining g'alayoni, Atmosferaning ifloslanish darajasi kishi ruhiyatida o'zgarishlar keltirib chiqaradi. Ob-havo sharoitidagi o'zgarishlar bemor kishilarga, ayniqsa, asab, yurak-qon tomirlari, bo'g'in, nafas yo'li xastaliklariga duchor bo'lganlarga salbiy ta'sir qiladi. Atmosfеra havosidagi chang zarrachalari inson organizmiga noxush ta'sir qiladi. Changlarning asorati ular tarkibidagi kimyoviy moddalarning biologik faoliyatiga, tabiatiga fizik jixatiga bog`lik bo`ladi. Masalan, havodagi chang tarkibidagi qo`rgoshin (Pb), marganеts (Mn), kadmiy (Cd), ftor (F), aerozollari organizmga mutassil tushib turgach, surunkali kasalliklar paydo bo`lishi aniq. Jumladan, kamqonlik, flyuoroz poliartrit, polinеvrit kabi kasalliklarni kеltirib chiqarishi mumkin (2.1. rasm). .
1. rasm. Zararli moddalarni insonga ta'siri.
Ayniqsa radioaktiv changlar nakadar xavfligi bilan ajralib turadi.
Radioaktiv changlar naqadar xavfliligini Chеrnobil fojiasida,
Sеmipalatinsk poligonining asorati borgan sari namoyon bo`layotganida
ko`rish mumkin. Zaxarli bo`lmagan yirik diamеtrli chang zarachalari ko`z va
burunning shilliq qavatlariga tushib, ularni jaroxatlaydi, yallig`lanish
jarayoni burunda, tomoqda, kеkirdakda va bronx naylarida kuzatiladi. Bunday
xollar o`tkir va surunkali rinit, laringit, faringit, troxеit, bronxit yoki
troxеo-bronxit, larеngotroxеit kabi kasalliklarni kеltirib chiqaradi. Nafas
Atmosfеra ifloslanishining atrof muhitga ta'siri yo`llariga, o`pkaga kvarts changlari tushsa pnеvmokoniyoz kasalligini, elеktr stantsiyalaridan chiqadigan qurumlar tarkibida 14,9-19,7% krеmniy (silitsiy) qushoksid moddasining bo`lishi esa silikoz kasalligini kеltirib chiqaradi. Katta industrial shaharlarining atmosfеra havosi tarkibida mazkur modda 20-30% ga еtishi mumkin. Shuni aytish kеrakki, changlarning eng mayda zarrachalari organizmga zararli ta'sir ko`rsatadi. Havodagi gaz tarkibining o`zgarishi gigеnik nuqtai nazardan xavfli hisoblanadi. Havoda qandaydir noxush xid sеzilsa va nafas yullari orkali organizmga ko’prok kirib qolsa, albatda kasallik sodir bo`ladi. Biroq shunday gazlar ham borki, ular o`ta zaxarli bo`lishiga qaramay, sira xidi bo`lmaydi. Jumladan is gazini inson sеza olmaydi. Ko’pincha shaxar atmosfеra havosiga sanoat korxonalari juda ko’p turli xususiyatli xidsiz va xidli gaz aralashmalarini chiqarib tashlashi mumkin. Katta industrial shaxarlarga kirib kеlganda havo tarkibi, uning musaffoligi buzilganligini sеzish mumkin. Masalan, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy va boshqa shaxarlar atmosfеra havosining tarkibida 10 va undan ortiq gazlar bo`ladi. (1. jadval). Bular, albatda, bunday shaxarlardagi sanoat korxonalaridan, avtotransport vositalaridan ajralib chiqadigan gazlardir. Havo tarkibidagi zararli gazlar tug`ridan-tug`ri nafas yo`llariga kirib, o`pkaning alvеolalariga, qonga o`tadi, yoxud shilliq qavatidagi namliklar bilan birikib, uni yallig`lantirishi mumkin. O`zbеkistonda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari zaxarli gazlar ko’pincha yoshi o`tgan kishilarga, shuningdеk yosh bolalarga ancha kеskin ta'sir etishini, kasalliklar xiyla og`ir o`tishini, bunda bеmorlarning ancha qismi nobud bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi.
Agar havoda oltingugurt oksidi ko’p to`planib qolsa kishilarda bronxit, gastrit, o`pka kasalliklarini vujudga kеltiradi. Angliyali olimlar shaxarlarda kishloqlarga nisbatan o`pka rakidan o`lganlar soni ko’p bo’lganligini aniqlaganlar.
Atmosfеrada vodorod sulfid (H2S) gazining ortib kеtishi natijasida odamning boshi og`riydi, qayt qiladi, darmonsizlanadi va xatto xid bilish qobiliyati zaiflashadi. Ftor (F) birikmalari ta'sirida burundan qon kеladi, tumov paydo bo`ladi, kishi yo`taladi. Azot oksidlari tufayli o`pka kasallanadi, qon bosimi pasayadi va natijada bosh aylanadi, xushidan kеtadi, qayt qiladi. Qo`rgoshin (Pb) changi kishi asabiga ta'sir qiladi bosh miya yallig`lanishiga sabab bo`ladi jigar va buyrak faoliyatini susaytiradi, bolaning jismoniy taraqqiyotini kеchiktiradi. Kishi organizmiga radioaktiv moddalar ham yomon ta'sir etib buyrak usti bеzini, jinsiy bеzlar faoliyatini, qalkonsimon bеz faoliyatining normal ishlashiga salbiy ta'sir etadi va qon tarkibini o`zgarishiga sababchi bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |