Oziq-ovqat mahsulotlari va inson salomatligi
Oziq modda odam organizmining normal hayoti uchun juda zarur. Insonning sihat-salomatligi va ish qobiliyatining yuqori darajada saqlanishi, shuningdek, bolalarning o'sishi va rivojlanishi uchun ham sifatli oziq-ovqat mahsulotlari kerak. Chunki ularda organizmning hayotiy faoliyati uchun zarur bo'lgan oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar mavjud.
O'z vaqtida to'yib sifatli ovqatlanmaslik yurak va tomir, oshqozon-ichak, shuningdek, modda almashinuvi bilan bog'liq kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Doimiy ravishda me'yoridan ortiq ovqatlanish esa, kishini qandli diabet va semirish xastaliklariga duchor qiladi.
Kishi o'z organizmiga har xil biologik ifloslantiruvchilar (kasallik chaqiruvchilar va parazitlar) kirib qolmasligi uchun ovqatlanish ta'sir ko'rsatishi ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, taraqqiy etgan mamlakatlardagi yirik shaharlarda aholining joylashish tartibi shaxsiy daromad hajmi bilan belgilanadi. Aholining kam daromadli qatlami atrof-muhit ifloslanishi xatarli oqibatlaridan deyarli himoyalanmaydilar. Havosi ko’proq ifloslangan tumanlarda kam daromadli aholi yashaydi.
Atrof-muhit turli manbalar orqali ifloslanadi. Ulardan biri kislotali yomg'iridir. Hozirgi zamonning «ko'rinmas qotillari» — kislota yomg'irlari nafaqat atrof-muhitni ifloslaydi va ishdan chiqaradi, balki odamlarda turli xil xatarli kasalliklar keltirib chiqaradi. Ko’pgina olimlarning xulosalariga ko'ra, kislota yomg'irlarining yuzaga kelishining asosiy sababi — havoning zaharli chiqindilar bilan ifloslanishidir.
Sanoat korxonalari, issiqlik elektr stansiyalari, qozonxonalar, zavodlar havoga juda ko’p miqdorda oltingugurt ikki oksidi, azot kislotasi chiqaradi. Azot oksidi esa qorakuya, zaharli metallar qoldirgan izlar bilan birga suv bug'lariga aralashib reaksiyaga kirishadi hamda azot va oltingugurt eritmalarini hosil qiladi (ba'zan ular juda kuchli bo'ladi). Bulut bamisoli, shimg'ich kabi azot va oltingugurt oksidlarini, radioaktiv moddalarni, og'ir metallar zarralarini yutadi. Ular esa yomg'ir, qor va boshqa yog'inlar bilan yerga tushib, o'simlik va hayvonot olamini zaharlaydi, inshootlarni ishdan chiqaradi, suv va tuproqning aynishiga sabab bo'ladi. Bu salbiy hodisalar faqat ifloslantiruvchi manba joylashgan mamlakatlardagina emas, undan juda uzoqdagi o'lkalarda ham kechishi mumkin.
Havo oqimlari «sezilmas o'lim» manbayini katta fazolarga tarqatadi va ko’plab mamlakatlarning xalqlari «aybsiz aybdor» bo'lib qoladilar. Markaziy Yevropada oksidlanish tufayli o'n minglab gektar yerlar zarar ko'rgan. Sanoat taraqqiy etgan Yevropa mamlakatlarida geliy, kadmiy, rux, qo'rg'oshin zarralari uglerod oksidi, boshqa zaharli aralashmalar, shu jumladan, kanserogenlar (abset changi, benzopiren) havoga chiqariladi. Tadqiqotlar natijasi ko'rsatmoqdaki, havo qatlami, daryolar, ko'llar va tuproqning ifloslanishi natijasida odamlar ko’pincha saraton (rak) kasaliga chalinadilar. Agar havo qatlami ifloslanishi ortib boraversa, xuddi ana shu tuman hududlarida o'pka raki bilan kasallangan kishilar soni ham proporsional ravishda ko’payadi. Zararli gazlar va kislota yomgcirlari oqibatida Germaniya, AQSH va boshqa mamlakatlardagi o'rmonlarning ma'lum qismi qurib qolganda va oziq-ovqat mahsulotlarni tayyorlashda sanitariya-gigiyenik qoidalariga amal qilishi, mahsulotlarni yaxshilab yuvishi yoki ularga termik ishlov berish lozim.
Hozirgi vaqtda yangi xatar — oziq-ovqat mahsulotlarning kimyoviy zararlanishi xavfi paydo bo'ldi. O'simliklar o'zida deyarli barcha zararli moddalarni to'plashga qodir. Shuning uchun yirik sanoat korxonalari va serqatnov yo'l yoqalarida yetishtiriladigan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini iste'mol qilish xavfli sanaladi.
Fan-texnika inqilobi davrida tobora ko’proq inson, uning ijtimoiy-biologik tabiati, farovonligi masalasi tadqiqot manbayiga aylanib bormoqda. Farovonlikning eng muhim sharti ruhiy va jismoniy salomatlikdir. Bugungi kunda insonning salomatligi jamiyat taraqqiyotiga bog'liq ekani hammaga ravshandir. Butun jamiyatning ijtimoiy ishlab chiqarish — iqtisodiyot tuzilmasini ilmiy tashkil qilish, mehnat, dam olish sharoitlarini, ma'naviy va jismoniy tarbiya sharoitlarini vujudga keltirish, hayot tarzi madaniyatini rivojlantirish — bularning hammasi sog'liqni muhofazalash va mustahkamlashning sharti va garovidir.
Bu muammolarni hal etish esa tabiiy sharoit holati bilan belgilanadi. Bu yerda gap tabiatni shunchaki muhofazalash to'g'risida emas, balki inson va tabiat o'rtasidagi muvofiqlikni yanada takomillashtirish uchun qulay ijtimoiy, ekologik sharoitlar yaratish maqsadida tabiatni asrab-avaylash va rivojlantirish haqida bormoqda. Tabiatni muhofaza qilishdan asosiy maqsad — inson va jamiyatni har tomonlama rivojlantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |