I.Guruh: Dasrsimizning maqsadi e’lon qilinganida va o‘tgan darslarda Cho‘lponshe’riyatini o‘zbek xalqining orzu-armonlarini ifoda etishi aytilgan edi. Shunday ekan, “Go‘al” she’ridagi “Go‘zal” shunchaki oddiy shaxs obrazi emas, balki o‘zbek xalqi asrlar davomida intilib kelgan ozodlik va erk timsolidir. Fikrimizni sge’rning birinchi bandidagi botiniy g’oya bilan isbotlaymiz.
Qorong’u kechada ko‘kka ko‘z tikib,
Eng yorug’ yulduzdan seni so‘raymen,
Yl yulduz uyalib, boshini bukub,
Aytadir: men uni tushda ko‘ramen.
Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal,
Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da g’ozal!
Bizga tarixdan ma’lumki, O‘tra Osiyo birinchi marta arablar tomonidan bosib olinib, erki va ozodligidan ayrildi. Endilikda yurt hayotida qorong’u kunlar boshlandi. Shuning uchun lirik qahramonnning so‘rog’idan erk ramzi bo‘lgan go‘zalni tushida ko‘rayotgan yulduz uyalib, uni nihoyatfda bir g’ozl ekanligini aytadi. Bu misralardan ko‘rinadiki. O‘zbek xalqining erksizlik davri arab bosqinidan, yani VI asrdan boshlangan va bu ancha uzoq davom etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |